Oq saroy memoriy Astinkina memoriy majmuasi. Oqsaroy


haqiqat bilan hukmronlik qil, kuchli va kuchsizni adolat sitamida barobar tut, hamisha jabr-u zulm bayrog‘ini sindir


Download 389.19 Kb.
bet2/3
Sana25.04.2023
Hajmi389.19 Kb.
#1398764
1   2   3
Bog'liq
Oq saroy memoriy Astinkina memoriy majmuasi

haqiqat bilan hukmronlik qil, kuchli va kuchsizni adolat sitamida barobar tut, hamisha jabr-u zulm bayrog‘ini sindir», degan gaplari Hofiz Tanish ibn Mir Muhammad Buxoriyning «Abdullanoma» asarida keltiriladi.
1567 yilning dekabrida Samarqand hokimi Abulxayr Sulton Shahrisabzni egallab oladi. Hofiz Tanish Buxoriyning hikoya qilishicha, Abulxayr Sulton qal'aga kirib olgan vaqtda bir guruh navkarlari Abdullaxonga «xandoq suvidan suzib o‘tib, qal'aning burj va devorlarini yiqitamiz», deganda Abdullaxon bunga rozi bo‘lmaydi va «Umid shulki, oqibatni o‘ylamovchilar oxiri o‘z qilganlaridan pushaymon bo‘ladilar», deydi. Yana ushbu asarga ko‘ra, 1568 yil Samarqanddan kelgan shayboniyzodalar Gadoyxon, Abulxayr Sulton, Xudoyberdi Sulton Abdullaxon va u qo‘ygan hokim Xusrav Sultonga qarshi otlanadi. Ushbu janglarda Xusrav Sulton halok bo‘ladi va bir muddat Shahrisabz qo‘ldan chiqadi. 1569 yil Abdullaxon Shahrisabzni qaytarish uchun otlanadi va Faqir Sultonni chekinishga majbur qiladi. Muarrix bu haqda «Ul hazrat, Shahrisabz tomon yuzlandi. Qal'a atrofiga qo‘ngandan so‘ng, uning buzilgan qal'asini tuzatishga buyurdi», deb yozadi .
Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilsak ham Abdullaxon buzuvchi emas, aksincha, tiklovchi, bunyodkor inson bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Shahrisabz qal'a devorining buzilishi Abulxayr sultonning talonchiligi natijasida bo‘lib, Oq saroyning esa ayrim joylari, sirli koshinlari ko‘chgani ehtimol.
Lekin nima uchun bu ishlar Abdullaxonga nisbat berildi, degan savolga kelsak, bizningcha Amir Temur singari «sohibqiron» deb atalgan, o‘z davrining va qolaversa shayboniy hukmdorlar ichida ham yetuk siyosatdon, lashkarboshi, ma'rifatli, bunyodkor shaxsi Abdullaxonni qoralash va uning xaqiqiy siyratini xalqdan to‘sishga intilish bo‘lgani, bu orqali barchamiz bilgan o‘zligimizni anglashdan sobiq sho‘ro hukumatining qanchalik qo‘rqqanini ko‘rishimiz mumkin.
Lekin Oq saroy shunchalik mustahkamligidan unga o‘sha davr qurollari bilan katta talafot yetkazish ham qiyin bo‘lgan. Buni keyinchalik kimlar amalga oshirganini bilish uchun yana manbalarga yuzlanamiz.
Ashtarxoniylar davrida Oq saroy Shahrisabz kenagas beklari uchun ham qarorgoh vazifasini o‘tab keldi. Buxoro taxti mang‘it amirlari qo‘liga o‘tgach Shahrisabz va Kitob beklarining mustaqillikka intilishi Amir Haydar, Amir Nasrullo va Amir Muzaffar davrida bekliklarga qo‘shin tortishiga sabab bo‘ladi. Bunday o‘zaro urushlar shahar devorlariga, imoratlariga bezarar bo‘lgan deb bo‘lmaydi, albatta.
Liya Mankovskaya tarixiy ma'lumotlarga tayanib yozishicha, 1707 yil Oqsaroy peshtoqi tagida Buxoro xoni Ubaydullaxonning toj kiyib, taxtga o‘tirgani haqidagi ma'lumot peshtoqning hali butunligidan dalolat beradi.
Muhammad Hakimxon To‘raning «Muntaxab at tavorix» asarida 1840 yil Doniyol otaliq vafotidan so‘ng, Oq saroy imorati ostida Xo‘jaqulibiy parvonachi Shahrisabz amiri mansabiga o‘tqazilgani yoziladi. Shunga ko‘ra, Rossiya imperiyasining tajovuzi Buxoro xonligi chegaralariga qadar kelguncha, Oq saroy Shahrisabz kenagas beklarining ma'muriy-boshqaruv binosi sifatida qad ko‘tarib turgan, deyishimiz mumkin bo‘ladi.
Muarrix Abdulazim Somiy rus qo‘shinlarining Shahrisabz va Kitob bekliklariga hujumini 1873 yil deb ko‘rsatsa, Rossiya imperiyasi harbiylarining hujjatlarida 1870 yil kuzida bo‘lgani qayd etiladi. Shahrisabz va Kitob bekliklarini bosib olishda «jonbozlik» ko‘rsatgan vayronkor general-mayor Abramov edi. Abramov 1870 yil 31 avgustda yozgan 591-raqamli raportida shaharni qirg‘inbarot qilgani haqida aytmasdan «
Download 389.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling