Ilmiy rahbar: To ‘rayev Og‘abek Allanazarov Ollanazar Urganch-2023 mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 46.66 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi46.66 Kb.
#1524182
  1   2   3   4
Bog'liq
O`RUNBOYEVA SOTIMA


O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
“ IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“XALQARO TURIZM NAZARIYASI VA AMALIYOT” fanidan
MAVZU:ISROIL TURIZMINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
KURS ISHI
Bajardi: guruh talabasi
O‘runboyeva Sotima
Ilmiy rahbar: To ‘rayev Og‘abek
Allanazarov Ollanazar


Urganch-2023
MUNDARIJA:
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM:
1-BOB. Turizmning kelib chiqishi va rivojlanishi
1.1 Xalqaro turizmning rivojlanish omillari
1.2 Isroil madaniyati
1.3 Isroil me’moriy obidalari
2- BOB. Isroil turizmining o ‘ziga xos xususiyatlari
2.1 Isroil davlatining diqqatga sazovor joylari
2.2 O ‘zbekiston-Isroil : Ikki tomonlama turizmni rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar
III. XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kirish
Turizm bugungi zamon iqtisodiyotida katta o`rin tutadi, qolaversa, kun sayin takomillashib, yangilanib bormoqda. Hozirga kelib inson o‘zining qiziqishi sohalarini ko ‘rib ulgurish, qoniqish, o ‘rganish, tanlash xususiyatlari va imkoniyat darajalaridan to‘g’ri foydalanish uchun ishlab chiqarish sohalarini, tabiiy biologik resurslarni, insonlarning yashash tarzlarini alohida-alohida turizm sohasiga aylantirdi. Hozirgi Rossiyalik mutaxassislarning yozishlaricha jahonda turizmning asosiy turlari 20-22 yo‘nalishdan iborat. Ishlab chiqarish sohalarining yoki insonlar guruhining mo‘jizakor, mukammal va hayratomuz ko‘rinishga ega bo‘lgan mahsulotlari, inshootlari insonlar oqimini o‘ziga jalb qilishi turizm sohasini keltirib chiqardi, sohadagi turlarning ko ‘payib borayotganligi ham ana shu omillarga bog’liq.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirishning istiqboldagi maqsadi – respublikaning milliy-madaniy tiklanishi, milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridan biri sifatida turizmni rivojlantirish borasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va xo ‘jalik masalalarini hal qilishdir. Prezidentimizning farmonlarida «Mamlakatimizda turistik resurslarni tadqiq qilish, ishga tushirish, bu resurslardan ichki va xalqaro turizmni rivojlantirishda muntazam foydalanishni yo ‘lga qo ‘yish» - talablarini amalda bajarish hisoblanadi. O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 12 noyabrdagi «2006- 2010 yillarda O ‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasi va servisni jadal rivojlantirish haqida» gi qarorilarining qabul qilinishi respublika hukumatida ushbu sohaga katta e‟tibor qaratilayotganligini ko ‘rsatadi. O ‘zbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega. O ‘zbekistonni sharq va g’arbni bog’lab turuvchi «Buyuk Ipak yo ‘li» dagi belbog’ sifatida yaxshi bilamiz. Turizm sohasi oldida turgan asosiy vazifa – O ‘zbekistonning tabiiy iqlimiy, rekreatsion, ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy madaniy salohiyatini hisobga olgan holda 4 ichki va xalqaro turizm ehtiyojini qondirishga yo ‘naltirilgan yuqori rentabelli turistlik tarmoqni yaratishdan iborat. Yurtimizda “Turizm” sohasini takomillashtirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan bo ‘lsa-da, bu borada qilinishi lozim bo ‘lgan ishlar dolzarb muammo bo ‘lib turibdi.

Download 46.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling