Ma’ruza. Mavzu. Aviamodellashtirish. Reja: Uchuvchi apparatlar haqida qisqacha ma'lumot
Download 0.76 Mb.
|
3-MA\'RUZA TKM2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Qanot shakllari
- Planerning tuklari
- 3-rasm.Tuklar
- 4-rasm. Dvigatelli qurilmalar
1-rasm. Sport samolyoti:
1-qanot; 2-eleron; 3-fyuzelyaj; 4- stabilizator; 5-balandlatish ruli; 6-kil; 7-boshqarish ruli; 8-shassining yordamchi tirgagi; 9- fyuzelyaja stringeri; 10-shpangout; 11-qanot nervyurasi; 12-qanot lonjeroni; 13-amortizatsiya tirgagi; 14-dvigatel; 15-vint. Qanot-uchish uchun ko‘tarish kuchini hosil qiluvchi planerni olib yuruvchi asosiy sirt. U butun bo‘lak yoki tarkibli bo‘lishi mumkin. Tarkibli qanot sentroplan-o‘rta qismli bo‘lib, fyuzelyaj bilan qattiq biriktirilgan va konsol-ikkita ajraladigan qismdan iboratdir. Qanot karkasi bo‘ylama va ko‘ndalang qattiq qismli elementlardan iborat. Bo‘ylama qismga asosiy yuklamani qanotda qabul qiladigan lojeronlar, stringerlar ko‘ndalang qismga nervyurlar, havo oqimini qabul qiladigan qanot kromkalari kiradi. Qanotning asosiy shakli 2-rasmda keltirilgan. Uchishda turg‘unlikni saqlash uchun qanot uchi o‘rtasiga nisbatan ko‘tariladi yoki tushiriladi. 2-rasm. Qanot shakllari: а-plan(reja)da; b-asosiy tasvirda; v-ko‘ndalang kesimda; g-fyuzelyajdagi qanot holati; 1-ellipssimon; 2-to‘g‘ri burchakli; 3-kombinatsiyalashga; 4-trapetsiyasimon; 5-strelosimon; 6-uchburchaksimon; 7-ko‘ndalang streloko‘rinish; 8-ijobiy streloko‘rinish; 9-salbiy streloko‘rinish; 10-kombinatsiyalashgan streloko‘rinish; 11-egri-bukri kshrinish; 12-yassi-bukri ko‘rinish; 13-simmetrik bo‘lmagan ikki-bukriko‘rinish; 14-Simmetrik ikkibukriko‘rinish; 15-delfin ko‘rinish; 16-parosol ko‘rinish; 17-yuqoriplan; 18-o‘rta plan;19- patkiplan. Qanotning muhim tafsilotlaridan biri profil deb nomlanadi va qanot shaklining ko‘ndalang kesimi hisoblanadi. Profilning dumi va uchini birlashtiradigan to‘g‘ri chiziq qanot xordasi deb ataladi. Qanot fyuzelyajga mahkamlanganda qanot xordasi bilan samolyotning bo‘ylama o‘qi orasida ma’lum bir o‘rnatilgan burchak ostida biriktiriladi. Agar qanot fyuzelyajga hech qanday qo‘shimcha burchak yoki cho‘zishlar ostida, qanot konstruksiyasini tashkil qiluvchi elementlar bilan mahkamlansa, erkin yo‘naltiruvchi deb nomlanadi. Qanotning muhim tafsilotlariga uni uzaytirish va xordaga nisbatan qanotning yoyilishi kiradi. Agar qanot to‘g‘ri burchak bo‘lmay, oval shaklda yoki boshqa murakkab shaklda bo‘lsa, uzunligini aniqlashda o‘rtachasi aerodinamik xordadan foydalaniladi. olinadi. Uni qanotning yoyilmasi bo‘yicha maydonini bo‘lish orqali aniqlaydi. Planerning tuklari (3-rasm) berilgan parvoz yo‘nalishini saqlashga xizmat qiladi. Tuklar pastki, o‘rta yoki yuqori stabilizator pozitsiyasiga ega bo‘lgan bitta, ikkita killi yoki killsiz bo‘lishi mumkin. Kil va stabilizator karkasi lonjeronlar, stringerlar va nervyurlar yig‘indisidan iborat. Kil simmetrik ikki bukrili profildan iborat. Stabilizator esa asosiy proyeksiyada to‘g‘ri va planda ham xuddi qanotdek shaklga ega. Stabilizatorlar qanot tafsilotidan tashqari aylantirib qo‘yilgan yassi bukri va ikkibukrili nosimmetrik profilga ega. 3-rasm.Tuklar: а-bir killi; b-ikki killi; v-kellsiz; 1-pastga joylashgan stabilizatorli; 2- o‘rtada joylashgan stabilizatorli; 3- yuqorida joylashgan stabilizatorli; 4- stabilizator oxirida shaybali; 5- stabilizator oxirida bo‘lmagan shaybali; 6-V stabilizatorli. Dvigatelli qurilmalar vintmotorli, reaktiv motorli va turbovintmotorli bo‘lib, tortish kuchi yaratish uchun mo‘ljallangan(4-rasm). 4-rasm. Dvigatelli qurilmalar: Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling