5-ma’ruza. Iqtisodiy muammolarni hal qilishni tashkil etish va avtomatlashgan buxgalteriya hisob jarayonlarini o’rganish. Reja


Download 116.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana25.10.2023
Hajmi116.07 Kb.
#1719604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
M5

EXISTS operatoridan foydalanish. 
EXISTS - bu “TRUE” yoki “FALSE” qaytaruvchi operatordir. Bu shuni bildiradiki, u predikatda 
avtonom yoki mantiqiy operatorlar AND, OR, va NOT yordamida tuzilgan mantiqiy ifodalar 
bilan kombinatsiya qilingan xolda ishlatilishi mumkin. U ostki so‘rovni “TRUE” deb baxolaydi 
agar u ixtiyoriy natija xosil qilsa va “FALSE” deb baxolaydi xech qanday natija xosil qilmasa. 
Misol: Agar buyurtmachilardan ju da bo‘lmasa bittasi San Jose shaxrida yashasa, buyurtmachilar 
jadvalidagi ma’lumotlarni chiqaring. 
SELECT CNum, CName, City FROM Customers 
WHERE EXISTS 
( SELECT * FROM Customers 
WHERE City = 'San Jose' ); 
EXISTS ni faqat sodda ostki so‘rov bilan emas mutanosib so‘rov bilan ishlatish mumkin. Bu 
holda EXISTS ichki ostki so‘rovni tashqining xar bir satri uchun tekshiradi. 
ALL, ANY, SOMEoperatorlaridan foydalanish. 
ANY, ALL, va SOME ostki so‘rovlarni argument sifatida qabul qiluvchi EXISTS operatorni 
eslatadi, lekin relyasion operatorlar bilan birga ishlatilishi bilan farq qiladi. Bu tomondan ular 
ostki so‘rovlarga qo‘llaniluvchi IN operatorini eslatadi, lekin undan farqli faqat ostki so‘rovlar 
bilan ishlashadi. SOME va ANY operatorlari o‘zaro almashinuvchan.
Misol: bir shaxarda joylashgan sotuvchilar bilan buyurtmachilarni topish uchun ANY 
operatoridan foydalanish. 
SELECT * FROM Salepeople 


WHERE City = ANY ( SELECT City FROM Customers ); 
Operator ANY ostkiso‘rov chiqargan xamma qiymatlarni oladi, (bu misol uchun – 
Buyurtmachilar jadvalidagi xamma City qiymatlari), i va rost deb baxolaydi agar ularning 
ixtiyoriysi (ANY) tashqi so‘rov satridagi shaxar qiymatiga tengbo‘lsa. ANY operatori o‘rniga IN 
yoki EXISTS ishlatish mumkin, lekin ANY “= “ operatordan boshqa relyasionn operatorlarni 
ishlatishi mumkin. Misol: Xamma sotuvchilarni alfavit bo‘yicha kelgan buyurtmachilari bilan 
birga topish. 

Download 116.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling