5-ma’ruza ishlash obyekti va usuli
Download 419.21 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq5-Ma\'ruza
5-MA’RUZA Ishlash obyekti va usuli Neft va neft-gaz koni yer po‘stining yakka tektonik strukturasida mujassamlashgan neft va gaz uyumlari majmui. Konlarga kiruvchi uglevodorod uyumlari, odatda yer ostida turli tarqalganlikka ega bo‘lgan, ko‘p hollarda turli geologik-fizik xossali, qatlam yoki tog‘ jinslari massivida joylashgan bo‘ladi. Ko‘p holatlarda ayrim neft-gazli qatlamlar katta qalinlikdagi o‘tkazuvchanmas jinslar bilan ajralgan yoki konning ayrim qismlarida joylashgan bo‘ladi. Bunday ajralgan yoki xossalari farq qiluvchi qatlamlar turli ishlatish quduqlari guruhi bilan ishlatiladi, ayrim hollarda turli texnologiyalardan foydalaniladi. Konni ishlash obyekti tushunchasini kiritamiz. Ishlash obyekti–ishlashdagi kon chegarasi ichida sun’iy ajratilgan geologik tuzilma (qatlam, massiv, tuzilma, qatlamlar majmui), sanoat miqyosidagi uglevodorodlar zaxirasiga ega, ularni yer ostidan olish muayyan burg‘i quduqlari guruhi yoki boshqa tog‘-texnik qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Konni ishlatuvchi mutaxassislar orasida keng tarqalgan atamaga ko‘ra, har bir obyekt “o‘zining burg‘i quduqlari to‘ri” bilan ishlashda bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, tabiatning o‘zi ishlash obyektini yaratmaydi – ularni konlarni ishlatuvchi mutaxassislar ajratadi. Ishlash obyektiga bir, bir necha yoki konni hamma qatlamlari kiritilishi mumkin. Ishlash obyektining asosiy xususiyati – unda sanoat miqyosidagi neft zaxiralarining borligi, ushbu obyektga taaluqli va ular yordamida ishlatiladigan burg‘i quduqlari guruhidir. Ishlash obyekti tushunchasini yaxshi o‘zlashtirib olish uchun quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Kesimi III.1-rasmda keltirilgan kon berilgan bu kon qalinligi, to‘yingan uglevodorodlarni tarqalganlik maydoni va fizik xossalari bilan farq qiluvchi uchta qatlamdan iborat. Download 419.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling