- IEEE 802.1Q – IEEE 802.1Q ochiq standart bo‘lib, u VLAN a’zoligi ma’lumotlarini uzatish uchun trafikni belgilash tartibini tavsiflaydi (GVRP).
- IEEE 802.1D – STP protokoli
- IEEE 802.3 – 10Base5, CSMA/CD
- IEEE 802 – Ethernet
- IEEE 802.4 – MAP (ARCnet)
- IEEE 802.5 - Token Ring (star)
- IEEE 802.11 – simsiz tarmoqlar (Wifi, WiMax)
- IEEE 802.3ad – Link aggregation (kanallarni birlashtirish)
- va boshqalar.
Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha faoliyatni boshqarish va ishlarni muvofiqlashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya bozori ishtirokchilari uchun litsenziyalar shartlarining bajarilishini nazorat qilish uchun aloqa va axborotlashtirish sohasida davlat nazorati amalga oshiriladi. Standartlashtirish tashkilotlari Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish uchun: «UNICON.UZ» • Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi qoshidagi Standartlashtirish tayanch tashkiloti (STT); • Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita; • O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Normativ hujjatlar bo‘yicha ekspert komissiyasi (normativ hujjatlar bo‘yicha ekspert komissiya); • xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi standartlashtirish xizmatlari (standartlashtirish bo‘yicha vakil) ish olib boradilar. Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish bo‘yicha faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston davlat standartlashtirish tizimining tarkibiy qismi hisoblangan tarmoq «Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish tizimi» yaratildi. Standartlashtirish tashkilotlari Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi standartlashtirish tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: - normativ hujjatlarning texnik, ijtimoiy zarurligi va maqbulligini hisobga olgan holda ularni ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi;
- standartlashtirishning o‘zaro bog‘langan obyektlarini standartlashtirish kompleksliligi, shu jumladan ushbu obyektlarga qo‘yiladigan kelishilgan talablarni ishlab chiqish va normativ hujjatlarni amalga kiritish muddatlarini muvofiqlashtirish asosida metrologik ta’minot;
- aloqa va axborotlashtirish sohasida ishlab chiqiladigan normativ hujjatlarning fan, texnikaning zamonaviy yutuqlariga, aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish tendensiyalari, ilg‘or tajriba, qonun hujjatlariga muvofiqligini ta’minlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |