5-Ma’ruza: Kesim mustaxkamligini qiya kesim bo‘yicha egiluvchi moment tasirida hisoblash
Download 0.69 Mb.
|
5.-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo‘yicha bilimlarni mustaxkamlash uchun blits-so‘rov savollari
5-Ma’ruza: Kesim mustaxkamligini qiya kesim bo‘yicha egiluvchi moment tasirida hisoblash Reja:
Qiya kesimlarga eguvchi momentlar ta’siri. Qiya kesimlarda egiluvchi momentlarga tasir qiluvchi faktrlar. Egiladigan elementlarning qiya yoriq paydo bo‘lgan kesimi mustahkamligini ta’minlash uchun xavfli qiya kesim bo‘yicha eguvchi moment ta’siriga hisoblash ko‘yidagi shartdan tekshiriladi: M Ms+Msw+Ms,inc . (4.18). buerdaM – qaralayotganqiyakesimdanbirtomondajoylashganhammatashqiyuklarta’siridansiqilganzonadagizo‘riqishlartengta’siretuvchisiqo‘yilgannuqtaganisbatanolinganeguvchimomentqiymati. Ms, MswvaMs,inc momentlar, mosravishda, cho‘zilganbo‘ylamaAs , ko‘ndalangAswvabukilganAs,inc armaturalardahosilbo‘ladiganzo‘riqishlarningsiqilganzonadagicho‘riqishlartengta’siretuvchisiqo‘yilgannuqtaganisbatanolinganeguvchimomentlarqiymatlari. Qiyakesimnieguvchimomentta’sirigahisoblashko‘yidagiholatlardabajariladi: Armaturani tejash maqsadida elemen tuzunligi bo‘yicha bo‘ylama armatura qirqilgan joylarda; – bo‘ylama armatura element siqilgan zonasiga bukib o‘tkazilgan joylarda; – to‘sinlarning tayanchlarga yaqin joylarida; – konsol balkalarning erkin uchlarida; – element uzunligi bo‘yicha ko‘ndalang kesimi keskin o‘zgargan joylarda. Elementlarning tayanchlarga yaqin joylarida qiya yoriqni kesib o‘tadigan bo‘ylama armatura qabul qiladigan moment quyidagi formuladan aniqlanadi: M= RsAszs, (4.19) bu erda As– qiya kesimni kesib o‘tadigan bo‘ylama armatura kesim yuzasi; zs – bo‘ylama armatura og‘irlik markazidan siqilgan zonadagi zo‘riqishlar teng ta’sir etuvchisi qo‘yilgan nuqtagacha bo‘lgan masofa. Bo‘ylama armaturaning ankerlanishi etarli bo‘lmaganda armaturaning cho‘zilishdagi hisobiy qarshiligi Rs qiya kesim bilan kesishgan joyda γs5 koeffitsient yordamida kamaytiriladi. Element bo‘ylama o‘qiga normal joylashgan xomutlar orasidagi masofa bir xil bo‘lganda qaralayotgan kiya kesim cho‘zilgan zonasi chegarasida xomutlar qabul qiladigan moment quyidagi formuladan aniqlanadi: (4.20) bu erda qsw– birlik uzunlikda xomutlar qabul qiladigan zo‘riqish; c – xavfli qiya kesimning element bo‘ylama o‘qiga proeksiyasi. Ma’lum bir konstruktiv talablar bajarilganda elementning qiya kesim bo‘yicha mustahkamligi eguvchi momentlar ta’siriga hisoblanmasligi mumkin. Elementning normal kesim bo‘yicha mustahkamligini ta’minlash shartidan eng kata eguvchi moment bo‘yicha hisoblangan bo‘ylama armatura kesim yuzasi tayanchlargacha uzilmasdan etkazilsa va ishonchli mahkamlansa (ankerlansa) element qiya kesimining moment bo‘yicha mustahkamligi ixtiyoriy qiya kesimda ta’minlanadi. Bu holatda qiya kesimning eguvchi moment bo‘yicha mustahkamligini hisoblashga ehtiyoj qolmaydi. Bo‘ylama armatura sterjenlarining betonga ankerlanishi ta’minlanishi shart. Ankerlash zonasining uzunligini lan qo‘yidagi formuladan aniqlanadi: , (4.21). bu erda an, anva an koeffitsientlarning qiymatlari [1] adabiyotning 36 jadvalida keltirilgan. Agar, bo‘ylama sterjenlar etarli darajada betonga ankerlanmagan bo‘lsa, maxsus konstruktiv tadbirlar amalga oshiriladi. Ankerlanish zonasi qiya armatura bilan jihozlanadi, sterjenlar uchlariga shaybalar, plastinalar, burchakli temir parchalari payvandlanadi. Egiladigan elementlarda metallni tejash maqsadida maksimal moment bo‘yicha tanlangan bo‘ylama armaturaning ma’lum bir (50 dan ko‘p bo‘lmagan) qismi tayanchlargacha olib borilmasdan ravoqda uzilishi mumkin. Bo‘ylama armaturalarning uzilish joylari hisob bo‘yicha aniqlanadi. Bu uzilish joylari nazariy uzilish joylari deb ataladi. Uziladigan bo‘ylama armaturalarning uchlari nazariy uzilish joylaridan W masofaga o‘tkazilib kesib tashlanadi. W qiymati qiya kesimni eguvchi moment ta’siriga hisoblashdan anqlanadi: (4.22) bu erda Q1 – sterjenning nazariy uzilish nuqtasidagi ko‘ndalang kuch; d – uziladigan sterjen diametri. qsw quyidagi formuladan aniqlanadi: . (4.23) Sterjenning nazariy uzilish joyi quyidagicha aniqlanadi. Tashqi yuklar ta’siridan aniqlangan moment epyurasi ustiga uzilmasdan tayanchlargacha etkaziladigan armatura sterjenlari qabul qila oladigan moment ordinatasi quyiladi va gorizontal chiziq chiziladi (28–rasm). 26–расм. Материаллар эпюраси. а – арматурани оралиқда анкерлаш билан таъминлаш.б, в – стерженнингназарий узилиш жойини аниқлаш. I– бўйлама стерженларнинг назарий узилиш жойи. II – бўйлама стерженларнинг хақиқий узилиш жойи. III–III – қия қисм. 1 ва 2 –арматуранинг бўйлама стержени 27–rasm. Egiluvchi elementlardagi doimiy balandlikka ega bo‘lgan jamlangan kuch ta’siridan kundalang armaturani xisoblash blok–sxemasi Bu moment ordinatasi quyidagi formuladan aniqlanadi: M1=RsAs1z1, bu erda As1 – uzilmasdan tayanchlargacha etkaziladigan armatura sterjenlari yuzasi; z1 – uzilmasdan tayanchlargacha etkaziladigan armatura sterjenlari yuzasi og‘irlik markazidan siqilgan zonadagi teng ta’sir etuvchi zo‘riqish qo‘yilgan nuqtagacha bo‘lgan masofa. Gorizontal chiziq bilan tashqi yuklar ta’siridan aniqlangan moment epyurasi kesishgan nuqtalar nazariy uzilish nuqtalari yoki joylari deyiladi. Sterjenlarning haqiqiy uzilish joylari nazariy uzilish joylaridan W masofada joylashadi. 28–rasm. Doimiy balandlikdagi egiluvchan elementlar qiya kesim bo‘yicha mustahkamligiga ko‘ndalang kuch ta’sirini aniqlash (jamlangan kuch ta’sirida va ko‘ndalang armatura bo‘lganda) blok–sxemasi. Mavzu bo‘yicha bilimlarni mustaxkamlash uchun blits-so‘rov savollari: 1. Eguvchi moment buyicha qiya kesim mustahkamligini qanaqa konstruktiv talablar ta’minlaydi ? 2. Egiladigan elementlarda bo‘lama armatura sterjenlarining uzilish joylari qanday aniqlanadi? 3. Materiallar epyurasi qanday quriladi? Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling