5-Ma’ruza. Latexda hujjatlarni tayyorlash tizimi va undan foydalanish.
Sana
Sanani ham kiritish majburiy emas. Bu yerdagi sana Hujjat chiqarilgan sanani bildiradi.Kiritilmagan taqdirda Aniqlangan sinfga qarab avtomatik tarzda joriy sana olinadi.Sana ko’rinishi quyidagicha:”YIL/OY/KUN”
Masalan: \documentclass[a4paper,12pt]{article}[2012/03/27].
Paketlar
Siz hujjat yozayotgan paytda Latexning turli imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin. Jumladan grafik,rangli yozuv va hokazolar. \documentclass tugagandan so’ng hujjat ko’rinishida Latex imkoniyatlarini kengaytirish uchun paketlardan foydalanamiz. Bunday hollarda turli xil paketlardan foydalanishingiz mumkin.
Paketlar \usepackage[xususiyatlar]{paket}[sana] buyrug’i orqali aktivlashtiriladi.
Bu yerda paket paket nomi, xususiyatlar esa kalit so’zlar ro’yhati va paketning maxsus xususiyatlarini o’rnatish. Latex paketlari sty kengaytmali fayllarda saqlanadi. Latex paketni o’qiyotganda paket.sty ko’rinishda o’qiydi. Shu sabali paket nomini to’g’ri yozish(kengaytmasiz) maqsadga muvofiq.\usepackage da ham xuddi \documentclass ga o’xshab bir vaqtni o’zida bir necha xususiyat va paketlarni chaqirish mumkin.
Masalan: \usepackage[dvips]{graphics,color}
Latexdagi qatorlar bilan bog’liq buyruqlar bilan tanishamiz.
\\ yoki \newline - yangi qatorga o’tish \newpage – yangi sahifadan boshlash.
5-Ma’ruza. Latexda hujjatlarni tayyorlash tizimi va undan foydalanish.
Matematik formulalarni
$ va & belgilarini \$ va \&
kiritish ko’rinishda
uchun foydalaniladigan kiritish mumkin. Bundan tashqari
matn yozish jarayonida matematik belgilardan ham foydalanish mumkin.
Masalan: Men + Sen =$\heartsuit$
Shuningdek Latexda belgilarni belgining kodi orqali ham kiritish uchun maxsus \symbol buyrug’idan foydalaniladi. Bunda bu
mumkin. Buning buyruq argumentiga
belgi kodi yoziladi. Odatiy lotin harflarini ASCII-kodlar
jadvalidagi kodi bilan kiritish mumkin.
Masalan:
Latexda belgilarni nafaqat o’nlik kodlari orqali balki sakkizlik va o’n oltilik kodlari orqali ham kiritish mumkin. Bunda agar kod sakkkizlikda yozilgan bo’lsa kod oldiga ‘ belgisi, o’n oltilikda yozilgan bo’lsa kod oldiga “ belgisi qo’yib yoziladi. Masalan \symbol{122} , \symbol{'172} va \symbol{"7A} yozuvlarining uchchalasi ham z harfini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |