5-ma’ruza. Lokomotivlarning asosiy mexanik qismlari va ularning vazifalari
VL 80 elektrovozi aravachsi ramasi
Download 1.37 Mb.
|
5-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Payvandlangan ramalar
- 5. Ressor osmasi.
- Listli ressora E’tiboringiz uchun rahmat!
VL 80 elektrovozi aravachsi ramasi
Quyma ramalar. Ular quyishga qo`yilgan talablarga to`liq rioya qilingan xolda loyihalashtiriladi va ishlab chiqariladi. Rama barcha zaruriy kronshteynlar va teshiklar bilan birgalikda quyish yo`li bilan tayyorlanadi. Qo`shimcha qayta ishlov talab etilmaydi. Brusli ramalarga nisbatan engilroq. Yon va ko`ndalang balkalar kovakli kesimga ega. Ressorlarni o`rnatish joylarida yon balkada maxsus teshiklar, shuningdek pastki qismida prujinalar orqali g`ildirak juftligiga yuklama uzatilishini ta’minlash uchun ham teshiklar ko`zda tutilgan. Kamchiligi: quyish formalarini tayyorlash uchun katta mehnat sarfi va quyish bo`yicha yuqori sifat talab etiladi. Ressor osmasi o`rnatilishi uchun buksalar ustida yon bruslarning kesimi ochiqligi buralishga yomon ishlaydi va katta kuchlanish to`planishiga olib keladi. Bundan tashqari ramani qismlarga ajratish mumkin emasligi ta’mirlashga yaroqsizlikni keltirib chiqaradi. Payvandlangan ramalar. Hozirgi vaqtda lokomotiv- va vagonsozlikda aravachalarning berk yupqa devorli profillardan tayyorlangan payvandlangan ramalari keng qo`llanilmoqda [3, 8, 9]. Payvandlangan ramalarning kichik og`irlikka egaligi harakatlanishning katta tezliklarida muhim ahamiyat kasb etadi. Payvandlangan ramalar ressor usti qurilmalari tebranishlari va g`ildiraklarni relsli yo`l notekisliklaridan o`tishdagi tebranishlar yuzaga keltiruvchi o`zgaruvchan yuklamalar ta’siri ostida ishlaganligi sababli ular uchun charchoq mustahkamligi bo`yicha payvandlash choklarida kuchlanishlar konsentratsiyasi ayniqsa havfli hisoblanadi. 5. Ressor osmasi. Buksa buksali ressor osmasining birinchi pog‘onasi qismi hisoblanadi. Osmaning birinchi pog‘onasi aravacha ramasi va g‘ildirak juftligi orasidagi oraliq elastik bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi: uning vazifasi – yo‘lning notekisliklari sababli yuzaga keluvchi va elektrovoz kuzoviga uzatiluvchi zarblarni kamaytirish, kuzov va aravachalar og‘irliklarini alohida g‘ildirak juftliklariga uzatish va g‘ildirak juftliklariga tushuvchi yuklamalarni tenglashtirish, shuningdek elektrovozlarni yo‘lga ta’sirini kamaytirishdan iborat. Osma mustaqil va balanslangan bo‘lishi mumkin. Agar aravacha ramasi yuklamasi har bir buksaga boshqa g‘ildirak juftliklari elastik elementlari bilan bog‘lanmagan alohida elastik elementlar orqali uzatilayotgan bo‘lsa, bunday osma mustaqil osma hisoblanadi. mustaqil osmada g‘ildirakni relsga bosimi ressor usti qurilmalarining tebranishlari, osmaning to‘g‘ri bajarilganligi, osma elementlarining xolati va boshqa mezonlarga bog‘liq. YUklamalarni bir aravachaning g‘ildirak juftliklari aro bir xil taqsimlanishi uchun osmaning elastik elementlari o‘zaro muvozanatlagich (balansir) lar yordamida biriktiriladi (VL60PK). Ish sharoiti yaxshi bo‘lishi uchun tizim minimal ishqalanish va inersiyaga ega bo‘lishi kerak. Osmaning ustki, ostki va oraliq tizimlari farqlanadi. Birinchi xolda elastik elementlar g‘ildirak juftliklari buksalarining ustqi qismlarida, ikkinchi xolda – buksalarning ostki qismlarida joylashadi. Oraliq tizim elastik elementlarning buksalarning yon tomonlarida, bir xil yoki turli balandliklarda joylashuvi bilan tavsiflanadi. YUk elektrovozlarida ressor osmasining buksa pog‘onasi konstruksiyasi unifikatsiyalangan. Ressor osmasi tizimi elementlarini ikki asosiy guruhga birlashtirish mumkin: dissipativ va qayishqoq. Birinchi guruhga listli ressorlar, gidravlik va friksion tebranish so‘ndirgichlari kiradi, bunday elementlarda tebranishlarni so‘ndirish imkonini beruvchi ishqalanish (dissipatsiya) kuchlari yuzaga keladi. Ikkinchi guruhga silindrik ressorlar (prujinalar) ta’alluqli. Listli ressorlar – vertikal tebranishlarni ressorlar egilishida ular orasida yuzaga keluvchi ishqalanish kuchlari hisobiga so‘ndirish qobiliyatiga ega bo‘lgan qayishqoq elementlardir. Listli ressorlar (3.13-rasm) GOST 1425-91 ga muvofiq 55S2 va 60S2 turlaridagi ressorlar va prujinalar uchun mo‘ljallangan kremniyli po‘latdan tayyorlanadi. Konstruktiv jihatdan ressor alohida listlardan yig‘iladi. Ressor listining qalinligi 7 - 16 mm ni, kengligi esa 63 - 120 mm ni tashkil etadi. Listli ressora E’tiboringiz uchun rahmat!Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling