5-Ma’ruza Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini, ijodkorligini rivojlanganlik darajasini aniqlash. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini rivojlantirish


Rasm chizish mashg‘ulotlari bolalarning estetik va badiiy didini, mazkur sohaga doir tushunchalari, tasavvur va xotiralarini o`stirishda muhim rol o`ynaydi


Download 25.58 Kb.
bet2/2
Sana03.12.2023
Hajmi25.58 Kb.
#1799750
1   2
Bog'liq
5-Ma\'ruza

Rasm chizish mashg‘ulotlari bolalarning estetik va badiiy didini, mazkur sohaga doir tushunchalari, tasavvur va xotiralarini o`stirishda muhim rol o`ynaydi.


Borliqni estetik idrok etish mashg‘ulotlari, odatda mavzuli kompozitsiyalarni bajarishdan oldin o`tkaziladi. Bunda mavzuning mazmunini, kompozitsiyasini boyituvchi tegishli muhim ob’ektlarni yaxshilab kuzatadilar.
Dasturda borliqni estetik idrok etish mashg‘uloti uchun maxsus oquv soatlari ajratilgan. Tarbiyachi o`z imkoniyati va sharoitidan kelib chiqib, mashg`ulotni suhbat tarzida yoki amaliy mashg‘ulot bilan qo`shib o`tkazishi mumkin.
Sayohat tarzida mashg‘ulotlar jarayonida bolalar ayrim ob’ektlarning xomaki rasmini oddiy qalamda yoki bo`yoqda ishlashlari mumkin. Mavzuli kompozitsiyalar esa ana shu xomaki rasmlar, ishlar asosida tuziladi.
Borliqni to`laqonli idrok etish, tevarak-atrofni, borliqni, hayotni bevosita kuzatish asosida olingan tassurotlar, tushunchalar hamda atrof-muhitga nisbatan faol munosabatda bo`lish singarilar bilan bog‘liqdir.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar o`simliklar, hayvonlar, qushlar, baliqlarni kuzatadilar, tabiatning turli fasllardagi ko`rinishlari, kayfiyati quvonchli, g`amgin, o`ychan va hokazo haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
Maktabgacha ta’lim muassasasida borliq haqida suhbatlar o`tkazish bolalarga hayotdagi ba’zi bir hodisalarni kengroq bilib olishlariga yordam beradi. Narsalarning shakli, tuzilishini ma’lum miqdorda tahlil qilish va umumlashtirish qobiliyatlarini o`stirish imkonini yaratadi.

Bog‘chada rasm ko‘rinishlari: predmetlarni tasvirlash, syujetli rasm, dekorativ rasm chizish turlari amalga oshiriladi. Bolalarni predmetlarni tasvirlashga o‘rgatib boriladi. Obrazni ifodali va sifatli tasvirlanishiga bo‘lgan talablar va asta-sekin ta’lim berishning vazifalarini murakkablashuvi tarbiyachining oldiga yangi talablarni qo`yadi. Rasm chizish texnikasiga o‘rgatish va tasviriy, ifodali vositalarni qo‘llash, syujetli rasm chizishga o‘rgatish o‘rta va katta guruhlarda ta’lim berishning tasviriy san’atning vazifalariga kiradi. Sekin-asta bir nechta predmetlarni tasvirlashga o‘tish, o‘zaro fazoviy bog‘langan, o‘zaro ta’sir etuvchi predmetlar guruhini tasvirlash, uzoq va yaqin ob’ektlarni realistik kompozitsion jipslashuvini elementar yetkaza bilish, rang va komponentni ifodalash va tasvirlash, shuningdek o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarini dekorativ rasm chizishga o‘rgatish tarbiyachidan yuksak mahoratni talab qiladi.


Estetik idrokini rivojlantirish va badiiy didlarini shakllantirishda dekorativ rasmning o‘rni benihoya katta. Bolalarni xalq dekorativ-amaliy san’ati bilan dekorativ rasm chizish mashg‘ulotlarida tanishtirish – asosi naqshlarni tuzilish usullariga o‘rgatish, turli yosh guruhlarda rasm chizishga o‘rgatishning metod va usullaridan samarali foydalanish yaxshi natija beradi. Kichik guruhda o`rgatishning o‘ziga xosligi, o‘rgatish usullari ko`rgazmalilikka asoslanadi, taqlidchanlik, o‘yin elementlaridan va umumlashtirilgan o‘yinlardan foydalanish, tematikaning obrazliligi va qiziqarliligi, ikkinchi kichik guruh bolalarini tasavvurlarini oshirish, o‘rgatishning o‘yin xarakteriga ega ekanligini mashg`ulotlarni kuzatish orqali tahlil qilish mumkin. Hamma ishlarning mazmunini katta va tayyorlov guruhlarda bolalar foydali obrazni yaratish uchun turli xil tasviriy vositalardan mustaqil foydalanishlariga qaratilgan. Bolalar tasavvurini boyitish ishlari, o‘qitishda naturada foydalanish, to‘liq va to‘liqsiz bo`lgan tasvirlash usullarini ko‘rsatib berish kerak.
Tekislikda tasvirni yaratishga imkoniyatlar haqidagi tasavvurlarini shakllantirish maqsadida rasmlar namoish qilinadi. Ijodiy vazifalarni xal qilishda va to`g`ridan-to`g`ri o`rganish uchun dekorativ rasm chizishda namunadan foydalaniladi. Rasmga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyatni yaratishda badiiy adabiyotdagi obrazlardan keng foydalaniladi.
Bolalar o‘z faoliyatlarini dastlabki davrasida tushunchalar emas, idrok, tasavvur va obrazlar orqali fikr yuritadilar. Ko‘rgazmali qurollardan unumli foydalanish uchun ularni guruhlarga bo‘lib olish va shu asosida fikr yuritish lozim. Birinchi guruhga, o‘ziga qarab chiziladigan, tevarak- atrofni o‘rab olgan predmetlar kiritiladi.

  1. Shartli ravishda hajmga ega bo‘lmagan predmetlar.

A) to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga predmetlar daftar, papka, kitob va boshqa;
B) kvadrat shaklidagi predmetlar: dastro‘mol shaxmat doskasi va boshqa;
V) uchburchak shakldagi predmetlar: chizg‘ich, bolalar bayroqchasi va boshqalar;
G) aylana, doira, shar shaklidagi predmetlar lagan, g‘ildirak, childirma va boshqalar;
D) tabiat mahsulotlari: daraxt, barglari, gullari;
E) aralash shakldagi narsalar: o‘yinchoq, baliq. Bolg‘a, belkurak, arra va boshqa;

  1. Hajmli predmetlar:

A) geometrik shakllar: kub, silindr, konus va boshqa;
B) geometrik shakldagi predmetlar: chelak, qozon va boshqa;
V) tabiat mahsulotlari: qovun, tarvuz va boshqa;
G) aralash shakldagi predmetlar: obdasta, vaza va boshqa;
Narsaning o‘ziga qarab rasm chizish mashg‘ulotlarida foydalanadigan ko‘rgazmalarni quyidagi turlarga ajratiladi:

  1. Turmushda va mehnatda qo`llaniladigan predmetlardan tuzilgan ko`rgazmali qurollar: Uy va mehnat qurollari; Tabiatdan olingan narsalar modellar, qog‘ozda tasvirlangan rasmlar;

Bolalar kichik hikoya, ertak asosida va bolalarni o‘rab turgan tevarak-atrofni, tabiatni chizishga harakat qiladilar. Syujetli-bu bir necha fonning ma’lum rangda tasvirlanishini tushuniladi. Bolalar bilan olib boriladigan bunday mashg‘ulotlar ularning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi. Bunda bolalarning aqliy qobiliyati rivojlanadi.
Katta guruh bolalariga rasm mashg‘ulotlari asosan yil boshidan o‘ta boshlanadi, sababi kichik guruh bolalariga qaraganda ular ma’lum mazmun asosida lo‘nda qilib rasm ishlay olish qobiliyatiga egadirlar. Bolalarda rasm chizish malakasini rivojlantirish maqsadida 2-3 predmetni ko‘rsatish mashqlari bilan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Rasm ishlash mazmuni quyidagilardir:
1. Mazmuni jihatdan bir-biriga o‘xshash 2-3 predmetli rasm chizdirish.
2. Bir necha predmetlarning joylanishini belgilash.
Katta guruhlarda rasm chizish orqali bolalarning og`zaki nutqini o`stirish bilan ularni o`rab turgan tevarak-atrof bilan ham tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Bu yoshdagi bolalar uchun quyidagi rasmlarni tavsiya qilish mumkin:
1. "Qizcha uy atrofida o‘ynayapti".
2. "Qish, bolalar qorbobo yasayaptilar".
3. "Bo‘g‘irsoq", "Chipor tovuq".
Katta guruhdagi bolalar rasm chizishni faqat bir yo`nalishda chizishlaridan tashqari bir varaqni to`ldirib chizish malakalarini ham rivojlantirib boradi. O`rta guruh bolalari applikatsiya yasashlari ham mumkin. Ma’lum narsani ko‘rib tasavvur qilgan holda rasm chizadi, uning aqliy qobiliyati rivojlanadi, o`sib boradi. Har bir mashg‘ulot bolalarning aqliy, estetik ruzda tarbiyalashga, jamoat ishlarini bajara olishiga asos bo‘ladi. Bog‘cha bolalarida rasm chizish ko‘nikmasi asosan og`zaki nutq orqali amalga oshiriladi. Masalan: bola bironta qiz, uy rasmlarini chizib, unga kichik ertak ham to‘qishi mumkin. Ma’lum maqsadli rasm bolaga ko‘rsatilayotganda aniq maqsadga ega bo‘lishi kerak. Bola ko‘rsatilayotgan rasmni aniq ko‘rib chiza oladi, lekin uni yon tomonini, ustini chizishni bilmasligi mumkin.
Masalan: predmetlarning proporsional, simmetrik joylanganligi uylar, daraxtlar, samolyotning parvoz qilayotganini chizdirish orqali bolalarda analiz-sintez usulidan foydalanish muhimdir.
Yuqorida qayd qilinganidek, quyidagilarga ahamiyat berish kerak:
1. Mavzuning mazmuni aniq bo‘lishiga;
2. Ob’ektlar orasidagi bog‘lanishga;
3.Ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan mavzu bo‘lishiga e’tibor berish kerak.
Bu yoshdagi bolalarga rangli qog‘ozlar berilib maqsad aytiladi. Masalan, bola ko‘k rangda-o‘tlarni, havo rangda-suv, sariq rangda-qum ko‘rinishida tasvirlay oladilar. Masalan, "Baliqlar suzyapti", "Jo‘jalar o‘t ustida o`ynayaptilar"ni ko`rsatish. Bolalarning aqliy qobiliyatlarini tekshirish maqsadida tarbiyachi bir predmet yoki jismni ko‘rsatib uning varaq ustida joylanishini so‘roqlar bergan holda suhbat orqali aniq maqsad asosida rasm chizdirish kerak. Bunda albatta tarbiyachining bilimdonligi katta mahorat talab qiladi.
Bolalarning bir yarim yilda chizishgan rasmlari o‘lchovlari asosan bir xil. To‘rt yoshli bolalarda rasm chizish ko‘nikmalari o‘sib boradi, ular kattalar chizgan rasmlarni tomosha qilgan holda taqlid qilib rasm chizishga urina boshlaydilar. Bola besh yoshdan boshlab ma’lum mavzudagi rasmlarni chiza olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. U tevarak-atrofni o`zgarishlarini tasavvur qila oladi va chizishga harakat qiladi.
Download 25.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling