5-Ma’ruza Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini, ijodkorligini rivojlanganlik darajasini aniqlash. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini rivojlantirish
Download 25.58 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-Ma\'ruza
5-Ma’ruza Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini, ijodkorligini rivojlanganlik darajasini aniqlash. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini rivojlantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini, ijodkorligini rivojlanganlik darajasini aniqlash usullari. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodkorlikini rivojlanganlik darajasini aniqlovchi testlar. O‘zbekiston tasviriy san’at pedagogikasi nafaqat ta’lim taraqqiyoti bilan, balki Vatanimiz tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy voqealari bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Tasviriy san’at orqali O‘zbekistonda shakllangan bugungi zamonaviy ilg‘or an’analar hayotimizga allaqachon kirib kelgan bo‘lib, u keng ko‘lamda taraqqiy etmoqda. Busiz odamlarning ehtiyojini, ayniqsa, yoshlarning san’at va ma’naviyatga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqlarini qondirib bo‘lmaydi. Shunday ekan, badiiy ta’lim va tarbiyani shakllantirishda yana bir qator vazifalar dolzarbligini ham ko‘ramiz. Insonning komillik darajasiga yetishishida, ijodiy fikrlay oladigan, barkamol shaxs bo‘lib shakllanishida tasviriy san’at fanining o‘rni, o‘ziga xos roli mavjud. Bugun tasviriy san’at fani yosh avlodni estetik tarbiyalash bilan birga, Vatanimizga muhabbat, ma’naviy, madaniy merosimizdan faxrlanish, mutaqilligimizni turli tahdidlardan asrash va mustahkamlash, milliy an’analar, qadriyatlar ruhida tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash, ma’naviyat tarbiyasini o‘z ichiga oladi va tasviriy san’at ta’limi vositasida oliy tuyg‘ularni bolalar ongiga singdiradi. Shu sababli ham maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg`ulotlari estetik tarbiyaning asosiy vositalaridan hisoblanib bolalarni milliy va g`oyaviy tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Farzandlarimizning kelajakda qanday inson bo‘lib voyaga yetishi bugun Maktabgacha ta`lim muassasalarida berilayotgan ta’lim-tarbiyaga bog`liq. Mamlakatimizda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, o‘g‘il-qizlarning barkamol insonlar bo`lib ulg`ayishini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 yil 26 sentyabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g‘risida”gi PQ-3289-sonli Qarori, shuningdek, 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2707-sonli qarori, 2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3261-sonli qaroridagi zamonaviy talablar asosida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari vazifalarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni nazarda tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori ijrosini ta’minlashda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalarining moddiy texnika bazasini, Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish sharoitlarini yaratish, davlat va xususiy sektor sherikligi shartlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi shakllarini joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Maktabgacha ta’limning vazifasi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy ahloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlashdan iborat. Asosiy maqsadlardan yana biri zamonaviy tasviriy san’at orqali bolalardagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni aniqlab, ularni to‘g‘ri shakllantirish va yuzaga chiqarishdir. Bolalarimizning barkamol shaxs bo‘lib yetishishlarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining ahamiyati kattadir. Chunki tasviriy faoliyat mashg`ulotlari bolalarda estetik dunyoqarashni, g`oyaviy e’tiqodni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. U fikrlash qobiliyatini ko`rish xotirasini ijodiy tasavvurini, badiiy didni, estetik hissiyotni ustiradi. Rasm chizish, loydan va plastilindan turli buyumlar yasash, qirqib yopishtirish kabi mashg‘ulotlar maktabgacha yoshdagi bolalarning eng sevimli faoliyatlaridan biri hisoblanadi. U kichkintoyning tevarak-atrofdagi voqea va hodisalar haqidagi taassurotlarini turli obrazlar orqali tasvirlashga va ularga nisbatan o‘z shaxsiy munosabatini shakllantirishga keng imkon yaratadi. Kurs ishimning dolzarbligi shundan iboratki, bu mavzuda tasviriy faoliyat orqali bolalarda estetik didni uyg‘otish, ularni mashg‘ulotlar va o‘yin jarayonida tasavvurini shakllantirish va go‘zallik ruhini ularning qalbiga singdirish orqali ijodkor yoshlarni tarbiyalash mumkinligidir. O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risidagi Qonuni» va «Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi» asosida Maktabgacha ta`lim muassasasida ijodiy mehnat tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, bolalarni qo`l mehnati faoliyatiga rahbarlik qilishdan iboratdir. Bolalar ijodiyoti va uning o`ziga xos tomonlarini tushunish pedagoglardan ko‘pgina bilimlarga ega bo‘lishni talab etadi. Pedagog san’atda bu faoliyat qanday xarakterga ega, rassom badiiy obrazni yaratishi uchun qanday vositalardan foydalanayapti, uning ijodiy faoliyatining bosqichlari qanday degan savollarga javob bera olishi kerak. Bolalar atrof-olam bilan tanisha borish jarayonida ularni o`z faoliyatlarida ya’ni o‘yinlarida, chizgan rasmlarida, loy ishlarida, hikoyalarda va hokazolarda aks ettiradilar. Bolalar tasviriy faoliyatda atrof-olamdan olgan taassurotlarini, tasavvurlaridagi timsollarni turli-tuman materiallardan va aniq shakllar yordamida tasvirlashga harakat qiladilar. Bolalar ijodiyotida ijodiy faoliyatning boshlang‘ich bosqichida o‘ziga xos xarakter xususiyatlari mavjud. Bularga avval o‘zlashtirilgan ish usullarini yangicha mazmunda qo‘llashda, oldinda turgan vazifalarni yangi usullar orqali echishni, o‘z his-tuyg‘ularini turli vositalar yordamida ifoda etishlarida faol va mustaqil ishtirok etishlari kiradi. Ijodiy faoliyatga o‘rgatishning vazifasi bolalarda ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishida tasviriy faoliyat turkumiga kiruvchi mashg‘ulotlarning o`rni beqiyos ekanligini e’tirof etgan holda bunday mashg‘ulotlar ularda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirilishiga ham tamal toshini qo`yishi shubhasizir. Bolalar rasm, appalikatsiya, loy ishi, qirqib yelimlash mashg‘ulotlari davomida nafaqat biror ish bilan ma’lum muddat band bo‘ladilar, balki yuqorida aytib o‘tganlarimizga qo‘shimcha ravishda ularda quyidagilar rivojlanadi va shakllanadi: -tasviriy san’at sohasiga doir qobiliyatlari aniqlanadi va shakllantiriladi; -qalam, mo`yqalamni ushlash, loy, plastilin bilan ishlash, qaychida ayrim narsalarni qirqib -yelimlash orqali mayda qo`l mushaklari rivojlanadi; -bola yozuv texnikasini egallashga tayyorlanadi; -bola tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari orqali diqqatini bir joyga taqsimlay olishni va ishini oxiriga qadar bajarishni, o‘tira olishni o‘rganadi; -tabiatni, atrof-olamni kuzatishni, uni asrab-avaylashni ardoqlashni, unga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni o‘rganadi; -jamoa bo‘lib mehnat qilish, ishni rejalashtira olish, o‘rtoqlarini eshita olish va o‘zaro fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda ishlash malakalari shakllanadi; -xalqimizning boy madaniy-ma’naviy merosi haqida tushuncha va tasavvurga ega bo‘ladi va ularni o‘z ishlarida ifodalashga o‘rganadi Download 25.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling