O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh
Download 34 Kb.
|
KIRISH
KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida Toshkent sh, 2022-yil 28-yanvar, PF-60-sondagi Farmoniga asosan1 2022-2026 yillarda yangi O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Harakatlar strategiyasining IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari (4.4.Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish)da keltirilishicha: uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish; ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko‘rish; Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish; umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, Texnologik ta’lim, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish; bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudligini rekonstruksiya qilish; kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish; ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish; ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish2 belgilab qo‘yildi. Bugun O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil bormoqda va shuning uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilinib davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topdi. Rivojlangan davlatlar safidan o‘rin olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan mustaqil O‘zbekistonimiz, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari kabi ta’lim sohasida ham ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va shu orqali ta’lim tizimini jahon andozalari darajasiga olib chiqishga harakat qilmoqda. Yangi, murakkab texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, yuksak malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash zarurati ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan o‘ta qat’iy hamda murakkab talablarni qo‘ymoqda. Zamonaviy pedagog tomonidan har bir o‘quv mashg‘uloti jarayonlariga ijodkorona yondashish, o‘quv fanlar mazmunini innovatsion texnologiyalar va xorij tajribalari asosida boyitish, talabaga fan doirasidagi bilimlarni yuksak mahorat va intellektual bilimlarga tayanib berish orqali ta’lim jarayonlarining samaradorlik darajasini ko‘tarishga erishishini ta’minlovchi omilllardan biri bu ta’lim jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etishdir. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022 yil 28 yanvar “Yangi O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni 2 Download 34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling