Buxoro viloyati Buxoro tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 38-umumta’lim maktabi direktorining buyrug‘I (ko‘chirma) Boshlang‘ich sinflarda ta’lim tizimini tubdan yaxshilash Davlat ta’lim standartlarini bajarilishini nazorat qilish


Download 41.47 Kb.
bet1/14
Sana18.06.2023
Hajmi41.47 Kb.
#1594214
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Boshlang`ich tanlov ustama



Buxoro viloyati Buxoro tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 38-umumta’lim maktabi direktorining
BUYRUG‘I (ko‘chirma)
Boshlang‘ich sinflarda ta’lim tizimini tubdan yaxshilash Davlat ta’lim standartlarini bajarilishini nazorat qilish, matematika fanini o‘qitish tizimini yaxshilash va shu fanga qiziquvchi o‘quvchilar zaxirasini yaratish, ularni fan olimpiadalariga tayyorlash maqsadida tadbirlarni tashkil qilish yuzasidan

BUYURAMAN
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi doirasida matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish, 1-4– sinf o‘quvchilarining matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish, ularning mantiqiy tafakkurlarini kengaytirish yuzasidan maktab miqyosida “Kichik matematika olimpiadasi” tanlovi tashkil qilinsin.
Tanlovni o‘tkazish nizomi va tartibi ishlab chiqilsin.
Tanlovni yuqori saviyada tashkil qilish ishlari boshlang‘ich sinf uslub birlashma rahbari, a’zolari va maktab matematika fani o‘qituvchisi zimmasiga yuklatilsin.
Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.U.Yodgorovaga yuklatilsin.

Maktab direktori : ______________ I. A. Muxammadiyev



2022-yil 14-aprel
___-sonli

Buxoro viloyati Buxoro tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 38-umumta’lim maktabi direktorining
BUYRUG‘I (ko‘chirma)
Umumta’lim maktablarida o‘quvchi yoshlarni Vatanga sadoqatli, jismonan yetuk va axloqan barkamol qilib tarbiyalash, ularning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni sport turlariga qiziqtirish maqsadida sport musobaqalarini tashkil qilish yuzasidan

BUYURAMAN
Umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasida sportning “Shaxmat va shashka musobaqasi” ning maktab miqyosidagi bosqichi tashkil qilinsin.
Tanlovni o‘tkazish nizomi va tartibi ishlab chiqilsin.
Tanlovni yuqori saviyada tashkil qilish ishlari boshlang‘ich sinf uslub birlashma rahbari, a’zolari va maktab jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.
Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Z. Sohibovaga yuklatilsin.

Maktab direktori : ______________ S.T.Safarova




Download 41.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling