I. Umumiy qoidalar
1.Tanlovni tashkil etish va o’tkazish.
“Kichik matematika olimpiadasi” tanlovi maktab boshlang’ich sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkazilishini taminlaydi.
2.Tanlov umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflar Davlat ta’lim standartlari dasturi asosida o’tkaziladi.
II. Tanlovning maqsadi
Tanlovning asosiy maqsadi boshlang’ich sinf o’quvchilarini matematika faniga qiziqishlarini rivojlantirish, mantiqiy tafakkur va fikrlash qobiliyati va nutqini o’stirish, matematik tasavvurlarni kengaytirish, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish.
III.Tanlovning vazifasi
Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’rtasida iqtidorli o’quvchilarni aniqlash, ularning zaxirasini shakllantirish, 1-4 sinf o’quvchilarini keyingi bo‘ladigan matematika olimpiadalariga tayyorlab borish.
IV.Tanlovni o’tkazish vaqti va tartibi
1-4 sinf o’quvchilarining tanlovga ishtirok etishi o‘z xohishlariga ko‘ra ixtiyoriy. Tanlov umumta’lim maktabida 2022-yil 19-20-aprel kunlarida o’tkaziladi.
V. Tanlovning shartlari
1. Olimpiada materiallari har bir sinf davlat ta’lim standartlaridan kelib chiqqan holda qiyinchilik darajasi inobatga olingan 5 ta shart asosida beriladi. Yozma ish materiallari quyidagi shartlar asosida tuziladi:
1) Masala.
2) Amallarni bajaring.
3) Tenglamani yeching.
4) Geometrik mazmundagi topshiriq.
5) Mantiqiy topshiriq.
2. Yozma ish materiallarini bajarish talablari:
1) Masala matnini o‘qib tushunish, tasavvur hosil qilish. Masala qisqa shartini tuzish, yechimni topa olish – 20 ball
2) Amallarni bajarish tartibini bilish, yechimni ketma- ketlikda bajara olish va oxirgi natijani toppish – 20 ball
3) Tenlama yechimini aniqlay olish – 20 ball
4) Geometrik masalani tushunish, chizmani chizish, yechimni topish – 20 ball
5) Mantiqiy topshiriq shartini o‘qib tushunish, tasavvur hosil qilish va bajarish – 20 ball.
Har bir shart 20 ball bilan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |