55 balldan past – she’r aytishda talaffuzda uzilish, ifodalilikka e‘tibor qaratmaslik, she’r mazmuni haqida ma’lumotga ega emasligi;
Sahna ko‘rinishini baholash mezoni:
“5” ball – asar sahna ko‘rinishi to‘liq, kamchiliklarsiz, qahramonlar rollarni xatosiz ijro eta olsa, asarning tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi, sahna dekoratsiyalarga boyligi;
“4” baho - asar sahna ko‘rinishi to‘liq ijro etilgan, voqealar ketma-ketligida uzilish bo‘lganda, sahna dekoratsiyalaridagi kamchiliklar bo‘lsa; asarning tarbiyaviy ahamiyati yoritilishi;
“3” baho – asar to‘laqonli sahnalashtirilmagan , qahramonlar ijrosida keskin kamchiliklar bo‘lishi, sahna dekoratsiyalaridagi kamchiliklar bo‘lsa, tarbiyaviy ahamiyati to‘liq yoritilmagan;
“2” baho – asar to‘laqonli sahnalashtirilmagan, asarning tarbiyaviy ahamiyati mavhumligi, sahna dekoratsiyalari mavjud emasligi;
Yakunlovchi qoidalar
Tanlovda ishtirok etgan, komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan “Eng yaxshi she’r ijrosi” va “Eng yaxshi sahna ko‘rinishi ijrosi” uchun 1-2-3-o‘rinlarni olgan o‘quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan maqtov yorliq va estalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Ushbu nizom 10-maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun amal qiladi.
Buxoro viloyati Buxoro tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli
10-umumta’lim maktabi
BUYRUQ (ko‘chirma )
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan boshlang‘ich sinflarda shoirning serqirra ijodidagi vatanparvarlik, sadoqat, do‘stlik kabi insoniylik fazilatlarini o‘quvchilar ongiga singdirish maqsadida
BUYURAMAN
Boshlang’ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy saviyasi, og‘zaki nutqi, she’rni ifodali aytish texnikasini o‘stirish maqsadida shoir Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligiga bag‘ishlangan “Muhammad Yusuf – el ardog‘idagi shoir” she’rxonlik tanlovini o‘tkazish nizomi va tartibi ishlab chiqilsin.
Tanlovni yuqori saviyada tashkil qilish ishlari boshlang‘ich sinf uslub birlashma rahbari va a’zolari zimmasiga yuklatilsin.
Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.U.Yodgorovaga yuklatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |