Buxoro tuman 10-umumta’lim maktabi
direktorining 2022-yil 5-martdagi
buyrug‘iga ilova
10- umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida
“Husnixat ham bir san’at” tanlovini o‘tkazish to‘g’risida
NIZOM
Mazkur nizom umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarda Davlat ta’lim standartlari dasturi asosida boshlang’ich sinf o‘quvchilarining og’zaki va yozma nutqini shakllantirish va iqtidorli o‘quvchilarni saralash tartibini belgilaydi.
Umumiy qoidalar
Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish.
“Husnixat ham bir san’at” tanlovi maktab boshlang’ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Tanlov umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflar Davlat ta’lim standartlari dasturi asosida o‘tkaziladi.
Tanlovning maqsadi
Tanlovning asosiy maqsadi boshlang’ich sinf o‘quvchilarining imloviy savodxonligini oshirish, og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, o‘z fikrini yozma bayon eta olish malakalarini shakllantirishdan iborat.
Tanlovning vazifasi
Boshlang’ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning zaxirasini shakllantirish, 4 – sinf o‘quvchilarini keyingi ta’limga yo‘naltirish, iqtidorli o‘quvchilarni fan olimpiadalari va tanlovlarga tayyorlab borish.
Tanlovni o‘tkazish vaqti va tartibi
1-4- sinf o‘quvchilarining tanlovga ishtirok etishi ixtiyoriy. Tanlov umumta’lim maktabida 2022-yil 10-martda o‘tkaziladi.
Tanlovning shartlari
Har bir sinf uchun alohida matn tanlanadi. Tanlangan matn mazmuni o‘quvchilar yoshi va saviyasiga to‘g’ri kelishi, o‘quvchilarda axloqiy- tarbiyaviy sifatlarni shakllantirishiga e’tibor qaratilishi kerak.
Diktant matni lotin yozuvida 1-2-sinflar uchun ikki chiziqli , 3-4-sinflar uchun bir chiziqli qo‘sh varaqda yoziladi.
Tanlovda taqdim etilgan ishlarni baholash maktab ona tili fani va boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilaridan tashkil topgan 3-5 nafardan iborat komissiyaga taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |