Bayoni №3 Sirdaryo tumani Uslub birlashma yig’ilishida 3 nafar o’qituvchilar qatnashdi. Uslub birlashma raisi : Ibrohimov Jasurbek Kotiba: Xudoynazarova Zamira ko’riladigan masalalar


Download 26.4 Kb.
bet1/2
Sana25.02.2023
Hajmi26.4 Kb.
#1228385
  1   2
Bog'liq
Bayonnoma Ro\'zimurod akaga


Sirdaryo tumanidagi 40-IDUM ning
“Ona tili va adabiyot” uslub birlashma yig’ilish bayonnomasi
10.01.2022-yil Bayoni № 3 Sirdaryo tumani
Uslub birlashma yig’ilishida 3 nafar o’qituvchilar qatnashdi.
Uslub birlashma raisi : Ibrohimov Jasurbek
Kotiba: Xudoynazarova Zamira
KO’RILADIGAN MASALALAR

  1. “Uzluksiz va uzviy” metodik tavsiyalarni o’rganib chiqish va tavsiyalar asosida ta’limiy faoliyatni tashkil etish.

  2. Metodbirlashma a’zolari tomonidan tashkil etilgan ochiq darslarning “Dars muqaddas” tavsiyasida berilgan darslarning tahlili turlariga ko’ra tahlil etilishi va qayd etilgan yutuq va kamchiliklar to’g’risida.

  3. Metodbirlashmada “O’rgan, o’rgat” tadbirlari bo’yicha amalga oshirilgan ishlar va ularning tahlili.

  4. 2-chorak uchun olingan ichki monitoring natijalarini 1-chorak natijalari bilan solishtirish va o’quvchilardagi o’zgarishlarni muhokama qilish.

  5. 3-сhorakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar va ochiq darslar rejasini tuzish va tasdiqlash (ochiq darslar maktabda faoliyat yuritayotgan har bir ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilariga qo’yilishi shart.


ESHITILDI:
Birinchi masala yuzasidan uslub birlashma rahbari Ibrohimov Jasur Mirzaaxmadovich so’zga chiqib har bir pedagog uchun mavzuni tushuntirishda turli metodlardan foydalanishi o’quvchilarning fanni chuqurroq tushunishida, fanga qiziqishining ortishida alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tdi.
Metdbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma a’zolariga yangi ta’lim texnologiyalari haqida tushunchalar berib o’tildi. Xususan darslarni tashkil qilishda va tushuntirish jarayonida steam ta’lim texnologiyasidan foydalanish alohida ahamiyatga egaligi ta’kidlab o’tildi.
ESHITILDI:
Ikkinchi masala yuzasidan ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Xudoynazarova Zamira so’zga chiqib metodbirlashma a’zolari tomonidan II-chorak davomida o’tkazilgan ochiq darslar va ularning tahlili to’g’risida so’z yuritib o’tdi.
Xususan II-chorakda:
Metodbirlashma rahbari ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Ibrohimov Jasur tomonidan
9-B sinf o’quvchilariga “Ko’rsatish olmoshili ergashgan qo’shma gaplar” mavzusida, 9-A sinf o’quvchilariga “Oybek hayoti va ijodi” va 9-A sinf o’quvchilariga “Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat” mavzularida ochiq darslar tashkil qilindi.
Ona tili va adabiyoti o’qituvchisi Xudoynazarova Zamira tomonidan 8-A sinf o’quvchilariga “Sodda gap.Gap bo’lakalari”, 7-A sinf o’quvchilariga “E.Xemingueyning ”Chol va dengiz” asari ”, 7-A sinf o’quvchilariga “Bog’lovchilar. Topshiriqlar ustida ishlash” mavzularida ochiq darslar tashkil qilindi.
Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Abdumo’minov Azamat tomonidan 5-A sinf o’quvchilariga “ O’tkir Hoshimov hayoti va ijodi ”mavzusida, 6-F sinf o’quvchilariga “Kelishiklar” mavzusida, 5-A sinf o’quvchilariga “Fonetik hodisalar” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.
Metodbirlashma a’zolari tomonidan tashkil qilingan ochiq darslarda to’liq AKT vositalaridan foydalanildi. Shu bilan birga o’qituvchilar AKT dan to’liq foydalana olishida xato va kamchiliklarga yo’l qo’yilmadi.
Xususan metodbirlashma a’zolari 1-yarim yillik davomida o’quvchilar va ota-onalar bilan ishlashda namunali xulq atvori, muomalasi, pedagogik mahorati va pedagogik psixologik holati na’munali ekanligi ta’kidlab o’tildi. Metodbirlashma a’zolari ustidan o’quvchilar va ota-onalar tomonidan hech qanday shikoyatlar tushmadi.

Download 26.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling