Siqish usullari
|
Sharxlari
|
Shennon – Fano kodlash usuli
|
Yuqori ishonchli simvollar qisqa kodli so‘zlar bilan almashtiriladi
|
Xaffman kodlash usuli
|
Yuqori ishonchli simvollar qisqa kodli so‘zlar bilan almashtiriladi
|
LZW usuli
|
Yagona kodli belgilar satriga almashtiriladi. Matn taxlil qilinmaydi. Uning o‘rniga har bir yangi simvollar satri jadval satriga qo‘shiladi
|
Unix – siqish usuli
|
O‘sib borayotgan lug‘atdagi LZW kodlar ishlatiladi. Boshlang‘ich lug‘at 512 ta elementni o‘z ichiga oladi
|
2.4-jadval
Ovozni siqish usullari
Ovoz kodeklari
|
Foydalanish
|
Tezlik (Kbit/s)
|
Kod – impulsli modulyatsiya (G.711)
|
Tor polosali nutq (300…3300 Gs)
|
64
|
GSM
|
Tor polosali nutq (300…3300 Gs)
|
13
|
CS-ACELP (G.729)
|
>>
|
8
|
G.723.3
|
>>
|
6,4 va 5,3
|
Adaptiv differensial impuls – kodli modulyatsiya (G.726)
|
>>
|
32
|
SBC
|
Keng polosali nutq (50…7000 Gs)
|
48/56/64
|
MPEG layer III (MP3)
|
CD sifatdagi keng polosali ovoz (10…22 KGs)
|
128…112
|
2.5-jadval
Videoni siqish usullari
Siqish sxemasi
|
Sharxlar
|
MPEG-1
|
CD-ROM ga yozishda VSR NTSC (352 x 240) formatda siqish uchun ishlatiladi va uzatish tezligi 1,2 Mbit/s
|
2.5-jadval davomi
MPEG-II
|
Audio va videoni kodlash uchun umumiy standart. Uzatish rejimida xatoliklardan himoya qilishni ta’minlaydi. DVB uzatish va High Definion television (HDTV) sifatiga teng miqdorda siqishni ta’minlaydi. MPEG-2 to‘rt variantdagi o‘lchamni qo‘llab quvvatlaydi: kichik (low) (352x240), asosiy (main) (720x480), yuqori-1440 (high-1440) (1440x1152) va yuqori (high) (192x1080). Ma’lumot uzatish tezligi 3…100 Mbit/s ga teng
|
|
MPEG-IV
|
Kam o‘tkazuvchan sig‘imli tarmoq (64 Kbit/s) uchun siqishni qo‘llab quvvatlaydi. Bu barcha multimedia komponentlarida yagona yaxshi siqiluvchi format
|
N.261
|
Bir necha 64 Kbit/s tezlikdagi ISDN bo‘yicha videotasvirni uzatishni ta’minlaydi. Sxema ramka ichida va ular orasidagi o‘xshash siqishga asoslangan
|
N.263
|
Sxema juda kichik o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan simsiz tarmoq bo‘ylab video tasvirlarni uzatishga mo‘ljallangan
|
Quyidagi 2.4-rasmda ma’lumotlarni siqish tizimining shartli strukturasi keltirilgan:
2.4-rasm. Ma’lumotlarni siqish tizimining shartli strukturasi
Ma’lumotlarni siqish tizimi koder va dekoder manbalaridan iborat. Koder manba ma’lumotlarini siqilgan ma’lumotlarga aylantirib beradi, dekoder esa siqilgan ma’lumotlardan manba ma’lumotlariga qayta tiklash uchun mo‘ljallangan. Dekoderdan chiqqan qayta tiklangan ma’lumotlar manba ma’lumotlari bilan aniq mos kelishi yoki ozgina farq qilishi mumkin.
Ma’lumot siqish usullari ko‘p, lekin ular barcha ma’lumotlar ortiqchaligini kamaytirish uchun uchta nazariy usullarga asoslangan:
ma’lumotlarning tuzilishini o‘zgartirish;
ma’lumotlarni mazmunini o‘zgartirish;
bir vaqtning o‘zida ham tuzilishini ham mazmunini o‘zgartirish.
Ikki turdagi ma’lumotlarni siqish tizimlari mavjud:
axborotni yo‘qotishlarsiz siqish tizimlari (siqishni buzmaydiganlar);
axborotni yo‘qotishlar bilan siqish tizimlari (siqishni buzadiganlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |