6-Ma’ruza: Nomarkaziy siqiluvchi elementlarni mustahkamligini hisoblash.
Download 1.1 Mb.
|
1 2
Bog'liqkorxona ma\'r-7 28.0200
6-Ma’ruza: Nomarkaziy siqiluvchi elementlarni mustahkamligini hisoblash. (Tasodifiy va hisobiy ekssentrisitetli siqiluvchi elementlarni mustahkamligini hisoblash) Reja:
Tasodifiy ekssentrisitetli siqiluvchi elementlarni mustahkamligini hisoblash. Hisobiy ekssentrisitetli siqiluvchi elementlarni mustahkamligini hisoblash. Nomarkaziy siqiluvchi elementlarni mustahkamligini hisoblash. Ekssentrisitetning miqdoriga bog‘liq xolda bo‘ylama kuch N ta’sirida bo‘lgan nomarkaziy siqilgan elementlarning buzilishi ikki ko‘rinishda bo‘ladi. Ekssentrisitetning miqdori katta bo‘lganda buzilish cho‘zilgan armatura tomonidan betonda yoriqlarning paydo bo‘lishidan boshlanadi. Keyinchalik yuk miqdori ortib borgan sari armaturadagi kuchlanishlar oquvchanlik chegarasiga etib keladi, so‘ngra siqilgan betonning buzilishi boshlanadi. (1–holat). Bunday buzilish nisbiy balandlik chegaraviy nisbiy balandlikdan kam bo‘lganda, ya’ni bo‘lganda ro‘y beradi. Kichik ekssentrisitet bilan siqiladigan elementlarda kuchlanganlik holatining ikki varianti uchraydi. Kuchlanganlik xolatining birinchi variantida element ko‘ndalang kesimi to‘liq siqilsa (34, v – rasmning 1–epyurasi), ikkinchi variantda kesimning bir qismi siqilib, boshqa bir qism esa cho‘ziladi (34,v –rasmning 2–epyurasi). Elementning buzilishi ikkala variantda ham element ko‘ndalang kesimi siqilgan zonasidagi beton va siqilgan armatura chegaraviy qarshiliklargi etishi natijasida boshlanadi. Hamma hisoblash holatlarida siquvchi kuchlanishning xaqiqiy egri chiziqli epyurasi hisoblashni osonlashtirish uchun ordinatani Rb ga teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak bilan almashtiriladi. Вариант 1 Вариант 2 34–rasm. Siqilgan temirbeton elementlarida hisobiy kuchlanish sxemasi: bo‘lganda; bo‘lganda Elementlar buzilishining birinchi xolatida cho‘zilgan armaturadagi kuchlanish Rs ga teng deb qabul qilinadi, ikkinchi holatdagi buzilishda armatura cho‘zilgan xolda σs Element mustahkamligining etarli sharti tashqi yuklardan M=N∙e va ichki zo‘riqishlardan cho‘zilgan armatura og‘irlik markazi S ga nisbatan olingan momentlarni taqqoslash bilan aniqlanadi: (5.5) Siqilgan zona balandligi kesimdagi yuklar muvozanati shartidan aniqlanadi (Σx=0): 1–holat uchun: N =Nb+ N's–Ns= Rbbx + RscA's– RsAs (5.6) 2–holat uchun: N = Rbbx+RscA's – sAs (5.7) bu erda s – sinfi V30 bo‘lgan beton va zo‘riqtirilmagan sinflari A–I…A–III bo‘lgan armatura uchun quyidagi formuladan aniqlanadi: (5.8) Siqiluvchan elementlarni loyihalashda ikki xil masala uchrashi mumkin: 1) berilgan miqdorlar bo‘yicha element mustahkamligini ta’minlash uchun talab etiladigan armatura kesim yuzalarini aniqlash; 2) berilgan miqdorlar bo‘yicha element mustahkamligini tekshirish. 2 masala. Berilgan kesim o‘lchamlari, beton va armatura sinflari va armaturalar kesim yuzalari berilganda 5.6 formuladan siqilgan zona balandligi x aniqlanadi: (5.9) Agar x xR (R ) shart bajarilsa nomarkaziy siqilishning birinchi xolatiga ega bo‘lamiz va kesim mustahkamligini (5.5) formula bilan tekshiramiz. Agar x >xR (>R ) bo‘lsa, element nomarkaziy siqilishning 2–holatga mansub bo‘ladi. Bu holda siqilgan zona balandligi x (5.7) formuladan aniqlanadi: (5.9) Armaturadagi σs kuchlanish (5.8) formuladan aniqlanadi. Elementning mustahkamligi (5.5) shartdan tekshiriladi. Kesim mustahkamligini hisoblash tartibi 35– rasmda keltirilgan blok–sxemada ko‘rsatilgan. Bu blok–sxemani nomarkaziy siqilgan to‘g‘riburchakli V30 sinf betonli elementni, simmetrik armaturalangan armatura A–I, A–II, A–III sinfi hisobi uchun qo‘llash mumkin. Blok–sxema bo‘yicha hisoblanganda 14 punktga chiqish, kesim mustahkamligi ta’minlanganligini bildiradi, 14 punktiga chiqish esa dastlabki berilgan ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun o‘zgartirish zarurligini bildiradi: (bxh)– kesim o‘lchovlarini oshirish, (B) beton sinfini yoki armaturani (↑Rs) – oshirish yoki armatura yuzasini (↑As)oshirish. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling