5-ma’ruza. Ma’lumotlar bazasida foydalanishni cheklashning rolli modeli Reja
Download 85.15 Kb.
|
5 ma'ruza
3. Ma’muriy rollar iyerarxiyasining namunaviy strukturasi 5.4-rasm “a” va “b” da keltirilgan. 5.4-rasm. Ma’muriy rollar iyerarxiyasining namunaviy strukturasi. Iyerarxiyadagi eng kichik rol – xizmatchi (Ye), loyihalarni ishlab chiqarish rollari iyerarxiyasidagi eng katta rol – direktor (DIR), eng kichik rol – muxandis (ED). Boshqarishda ikkita loyiha bo‘yicha ishlar bajariladi. Har bir loyihada eng katta rol – loyiha rahbari (PL1, PL2), eng kichik rol – loyiha muxandisi (Ye1, Ye2) va o‘zaro taqqoslab bo‘lmaydigan rollar – ishlab chiqarish bo‘yicha muxandis (RYe1, RYe2) va nazoratlash bo‘yicha muxandis (QYe1, QYe2) aniqlangan. Ma’muriy rollar iyerarxiyasi to‘rtta roldan iborat bo‘lib, eng katta rol – xavfsizlik ma’muri (SS). FChRMni administratsiyalashtirish modelida ko‘rib chiqiladigan rollar iyerarxiyasini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan administratsiyalashtirish qoidalarini belgilash eng murakkab masala. Bu masalani yechish uchun foydalanuvchilarni ko‘pchilik avtorizatsiyalashtirilgan rollarini va rollarga kirish xuquqini administratsiyalashtirishdagi qoidalarini belgilashda qo‘llanilgan usullardan foydalaniladi. Uchta iyerarxiya belgilaniladi. Ularni elementlari quyidagilardan iborat:
imkoniyatlar - kirish xuquqlari to‘plami va boshqa imkoniyatlar; guruxlar - foydalanuvchilarni to‘plami va boshqa guruxlar to‘plami; birlashuvlar - foydalanuvchilarni, kirish xuquqlari, guruxlari, imkoniyatlari va birlashuvlarni to‘plami. Birlashuvlar iyerarxiyasi barchasi uchun umumiy xisoblanadi va tarkibiga imkoniyatlar va guruxlar iyerarxiyasini kiritishi mumkin. Imkoniyatlar va guruxlarni belgilanishi modeldagi rollarni administaratsiyalashtirish qoidalarini va amaliyotda foydalaniladigan informatsiyaga ishlov berish texnalogiyasini va tashkilotlarni administratsiv strukturasini yaratilishini bir biriga mutonosibligini taminlash uchun talab kilinadi. Imkoniyatlar, guruxlar, birlashuvlar iyerarxiya asosida rollar iyerarxiyasi belgilanadi. Rollar iyerarxiyasi elementlari bu rollar-imkoniyatlar, rollar – guruxlar, rollar- birlashuvlar: Rollar- imkoniyatlar- mos keladigan imkoniyatlarda belgilangan kirish xukuklarga ega bo‘lgan rollar. Rollar- guruxlar bir vaqt o‘zida mos keladigan guruxni barcha foydalanuvchilar avtorizatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan rollar. Rollar- birlashuvlar – imkoniyatlarga, kirish xuquqlariga ega bo‘lgan va ularga foydalanuvchilar guruxi va alohida foydalanuvchilar avtorizatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan rollar. Download 85.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling