Simfonik ijodi, fortepiano ijodi. Rekviem.
Motsartning “Sehrli fleyta” degan so’nggi zingshpili dahosining eng buyuk asarlar jumlasiga kiradi. Bu asar premyerasi 1791-yilning sentabr oyida bo’lib o’tadi. “Sehrli fleyta” bilan bir paytda Motsart o’zining so’nggi asari Rekviem ustida ham ishlab boradi. Xarakteri jihatidan olganda bulardan ko’ra xilma-xilroq bo’lgan asarlami tasavvur qilish qiyin: bir tomondan, xushchaqchaq, sho’x ertak bo’lsa, ikkinchi tomondan, fojiaviy motam messadir. Rekviem genial kompozitoming eng ulug’vor asari va Baxning “Passion”, “Ehtiros”lari bilan bir qatorda XVI asr musiqa san’atidagi eng ajoyib tragediyalaming biri bo’lib hisoblanadi. Rekviyem musiqasi kompozitorga xos polifonik mahoratning yuksak yutug’idir.
Rekviyem Motsart ijodining yakunigina emas, bu - messa, kantata, oratoriya janrlaridagi, jumladan, Bax oratoriyalariga mansub bo’lgan, lekin yangi tarixiy sharoitlarda yaratilgan eng hayotiy va zo’r an’analar umumlashmasidir. Motsart qo’lidan qalamni ajal juda erta yulib oldi. Biroq Motsartning musiqa san’ati tarixiga qo’shgan hissasi uni jahon madaniyatining oimas daholari yotadigan sahnadagi eng faxrli joylardan birini olishga muyassar qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |