5-ma’ruza mashg’uloti. V. A. Motsart ijodi. Reja
Motsartning opera estetikasi, uning Glyuk opera estetikasidan farqi. Opera janrlarining o’zaro ta’siri
Download 32.25 Kb.
|
5-MA\'RUZA
Motsartning opera estetikasi, uning Glyuk opera estetikasidan farqi. Opera janrlarining o’zaro ta’siri.
Jahon musiqa madaniyatining eng buyuk bir dahosi Motsart (1756-1791) ham xuddi Gaydn singari, Vena klassik maktabiga mansub edi. Motsart ijodi hayron qolarli darajada universal va ko’p qirralidir. Qisqa umri davomida yaratgan asarlari o’sha zamon musiqa san’atida mavjud bo’lgan musiqa janrlari va shakllarining hech istisnosiz barchasini o’z ichiga oladi. Ayni vaqtda u barcha janrlarda ham chinakam shohona asarlar yaratgan. Motsart badiiy qiyofasining eng muhim xususiyati milliy-madaniy aloqalarining kengligidir. Motsart ijodi avstriyacha milliy zaminda dunyoga kelib gullab yashnadi. Biroq, umrida Avstriyadan tashqariga chiqmagan (2 marta Londonga safarini hisoblamaganda) Gaydndan farq qilib, Motsart yosh bolaligidan Yevropa bo’ylab sayohat qilgan; uning Italiya, Fransiya, Germaniya davlatlariga borib bergan konsertlari ijodida sezilarli iz qoldirgan. U avstriyalik kompozitor boigani holda boshqa mamlakatlarda eshitgan, ko’rgan, kuzatgan narsalaridan ijodiy foydalangan. Chunonchi, Motsart kuylarida italyancha ta’sir ko’p, nozik rishtalar bilan fransuz musiqasiga bog’langanligi ham sezilib turadi. Motsart musiqa san’ati sohasida g’oyat katta ahamiyatga molik boigan hodisalar boiib o’tgan chog’da Yevropaning musiqa hayotiga kirib keldi. Opera teatri endi katta-katta yutuqlarni qoiga kirita boshlagan payt edi. Bu davrda yo’nalishlar kurashida istiqboli zo’r boigan hammadan progressiv oqimlar g’alaba qozondi (Italiyada - “opera buffa”, Fransiyada - hajviy opera, Germaniya va Avstriyada - zingshpil). Motsartning o’zidan yoshi ulug’roq zamondoshi - Glyukning opera islohoti sezilarli natijalar bergan edi. O‘z zamonidagi opera san’atining progressiv yutuqlarini yakunlab, Motsart opera islohotini yaratdi va o’zining ilg’or opera estetikasini kashf etdi.O‘zidan oldingi an’analar bilan mahkam bogiangan novator Motsart o’z o’tmishdoshlarini ham, o’z zamondoshlarini ham 0’zidan ancha orqada qoldirib ketdi va Betxoven bilan XIX asr romantiklarining san’ati vujudga kelishi uchun zamin tayyorlab berdi. 80-yillarda yaratilgan Motsart musiqasi obrazlari mazmunining kengligi va teranligi, fikrlarining olijanobligi, badihada fantaziyaga erk berilganligi - mana shulaming hammasi I.S.Bax fugalari, tokkatalari va fantaziyalarini o’rganib chiqishga shak shubhasiz bogiiq boigan. Qadimgi nemis musiqa an’analarini Motsart Vena musiqa hayotining madaniyati bilan hamda endi to’la-to’kis etilib boigan o’z ijodiy vazifalari bilan payvasta qilib, birga qo’shib bordi. D-moll va c-moll fortepiano konserti, c-moll fortepiano sonatasi va fantaziyasi, d-moll kvarteti (Gaydnga bagishlanganlardan) singari asarlarda garmoniya murakkablashib boradi, polifonik rivojlov usullari katta rol o’ynaydi, shakl jihatidan erkin, boy va xilma-xil namoyon boiadi. Motsart italyancha tekstlarga (“Figaroning uylanishi”, “Don-Juan”, “Hamma shunday qiladi”) operalar yaratar ekan, jonajon musiqa madaniyati va musiqali teatr madaniyati bilan mahkam bogiangan milliy kompozitor boiib qoladi. Bu operada qatnashuvchilaming xarakteristikalarini, ularning psixologik holatlarini aniq qilib individuallashtirishda: Avstriya xalq teatrlariga yaqinlikda; nihoyat, Vena cholg’u musiqasi an’analariga aloqador simfonik rivojlov elementlari joriy etishda seziladi. Motsartning librettochi Lorensoda Ponte bilan uchrashuvi va birbiri bilan hamkorlik qilishi genial kompozitorniing eng ulug’vor operalari paydo boiishiga olib keldi - “Figaroning uylanishi”, “Don-Juan”, “Hamma shunday qiladi” shular jumlasidandir. Sahnalarining holi bir qolipda boiadigan, qayta-qayta takrorlanadigan hajviy operalaming syujetlati Motsartni endi qiziqtirmay qo’ydi. U Bomarshe trilogiyasining ikkinchi qismiga - “Be’mani kun, yohud Figaroning uylanishi”ga (1784-yil Parijda qo’yilgan) - senzura tomonidan bu asar ta’qiq qilinganiga qaramasdan, murojaat qildi. “Figaroning uylanishi” premyerasi 1786-yil 1-may kuni Venada boiib o’tdi. “Figaroning uylanishi” italyan opera buffasi tariqasida yozilgan edi. Bundan keyin yaratilgan opera - “Don-Juan” esa xoh shakliga xos belgilari jihatidan, xoh mohiyati jihatidan o’sha paytlarda ma’lum opera janrlarining birontasi qatoriga ham kiritilishi mumkin emas.Motsart ijodining so’nggi davri (1787-1791) “Don-Juan” operasi bilan ochildi. Bu asar Praga opera teatrining buyurtmasiga muvofiq yaratilgan. Premyerasi 1887-yil 29-oktabr kuni kompozitor hozirligida bo’lib o’tgan. 1788-yilning yozi davomida Motsart o’zining simfonik musiqa sohasidagi eng ulug’vor asarlari bo’lmish so’nggi 3 ta simfoniyasini, raqs janrlari asosida dramatik ta’sirchanlik yuksak darajaga yetkazib berilgan Es-dur 39-simfoniyasini; shu uchala simfoniya ichida eng lirik va juda dilkash chiqqan g-moll 40-simfoniyani; “Yupiter” deb nom olgan monumental C-dur 41-simfoniyasini yozdi.1790-yil Venada Motsartning da Ponte librettosiga yozilgan “Hamma shunday qiladi” (“Cosi fan tutte”) nomli yangi “opera buffa”si qo’yildi. “Tit sahovati” degan keyingi operani (Metastazio lebrettosi) Motsartning so’nggi yillardagi ijodida bir lavha deb hisoblash mumkin. Leopold II ning Chexiya qiroli tojini kiyishi munosabati bilan 1791-yilda yozilgan va Pragada qo’yilgan bu opera musiqaviy tomondan har qancha afzalliklarga ega boisa-da, teatrlar repertuaridan mustahkam o’rin olmay qoldi. Motsartning “Sehrli fleyta” degan so’nggi zingshpili dahosining eng buyuk asarlar jumlasiga kiradi. Bu asar premyerasi 1791-yilning sentabr oyida bo’lib o’tadi. Download 32.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling