O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Davlat Madhiyasining qabul qilinganiga 28 yil bo'lgani


Download 23.42 Kb.
bet1/3
Sana29.12.2021
Hajmi23.42 Kb.
#183605
  1   2   3
Bog'liq
Ssenariy (11.12.2020)



"O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Davlat Madhiyasining qabul qilinganiga 28 yil bo'lgani" munosabati bilan o’tkazilayotgan tadbir ssenariysi


  1. boshlovchi: Assalomu alaykum, dаvrаmizgа fаyz qo’shib turgаn hurmаtli ustоzlаr, aziz mehmonlar va tаdbirimizdа ishtirоk etаyotgаn talabalar!


"O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Davlat Madhiyasining qabul qilinganiga 28 yil bo'lgani" munosabati bilan o'tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsiz. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabr kuni Respublika Oliy Majlisi XII - chaqiriq XI - sessiyasida qabul qilingan. Konstitutsiyamiz 6 ta bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo‘lib, ularning barchasida adolat ustuvordir, ya’ni - Respublikamiz fuqarolarining huquq va burchlari aniq belgilab berilgan.


  1. boshlovchi: 1992 yil 10-dekabrda esa «O’zbekistоn Respublikаsi Madhiyasi» qаbul qilingаn edi. Qisqа vаqt ichidа O’zbekistоn Respublikаsi Madhiyasi dunyodа eng хаqchil, аdоlаtli so’zlаr mаjmuаsi sifаtidа tаn оlindi. Bоlаlаrgа kichik yoshlаridаn bоshlаb ulаrni o’rgаtib bоrish bugungi kunning аsоsiy tаlаblаridаn hisоblаnаdi. Chunki o’z hаq-huquqini, erkinlik vа burchlаrini yaхshi bilgаn hаr bir yosh hur fikrli, irоdаli vа mаs’uliyatli bo’lib ulg’аyadi.




  1. boshlovchi: Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,

Ma’noga, mazmunga to’liq kunlarga.

Farovon, nurafshon ulug; kunlarga,

Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!


  1. boshlovchi: Yangi davr keldi,

o’zgardi zamon,

Zamon zayli bilan o’zgardi inson.

O’zgardi jamiyat, o’zgardi hayot,

O’zgardi qo’shig’-u o’zgardi davlat!




1-boshlovchi: Hozirgi navbatni Talabalarimizga beramiz. Diqqatingizni Videoga qarating!

(Ekranda 5 nafar talabalar chiqadilar. Konstitutsiya va Madhiyaga bag‘ishlangan she’rlar o‘qiydilar, ma’lumotlar keltiradilar.)


  1. o‘quvchi:

Qomusimni bugun bilmoq istadim,

Har moddasin dilga solmoq istadim.

Qomus erur qonunlarning to‘plami,

Qonunlarni dildan tuymoq istadim.

Qomus berdi huquqimni, burchimni,

Shon-shuhrati oshsin doim yurtimning.

Qonunlarni agar yaxshi o‘rgansam,

Albat yetar, qayga cho‘zsam qo‘limni.




  1. o‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi erkin va ozod shaxsni, barkamol insonni istiqlol g‘oyasi asosida kamol toptirishning, huquqiy demokratik davlat qurishning, jamiyat va shaxs, ular orasidagi uyg‘unlik, mutanosiblikni ta’minlashning huquqiy asosidir. Va O’z. Res. Konst.ning 41-moddada: “Har kim bilim olish huquqiga egadir”deyilgan




  1. o‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquqiy me’yorlarga tayangan qonunlar majmuasi bolib, unda muqaddas ona tilimiz, Vatanimiz sarhadlari, madaniyati, mustaqil

yurtimiz olib borayotgan odilona davlat siyosati, har bir diyorimiz fuqarosining huquq va burchlari o‘z aksini topgan. Va O’z. Res. Konst.ning 49-moddasida: “Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy, madaniy merosini avaylab-asrashga majburdirlar. Chunki Madaniy yodgorliklar davlat muhofazasidadir” deyilgan.

2-boshlovchi:

Dunyoda bor turli ma`lumot,

Samolarda izlardi hayot.

Ming taxminu, ming bir gumonlar,

Berolmasdi biror ma`lumot.

Ne donolar quyoshga shoshdi,

Yulduzlarchi insondan qochdi.

Galileydan oldin Ulug`bek,

Falakiyot sirini ochdi.

Shundan tiniq, toza osmonim,

Ona yurtim – O`zbekistonim.


Download 23.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling