5-Ma’ruza Mavzu: Uglevodorodlar


Alohida vakillari va ularning ishlatilishi


Download 343.87 Kb.
bet3/5
Sana07.04.2023
Hajmi343.87 Kb.
#1339558
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Ma\'ruz

Alohida vakillari va ularning ishlatilishi. Metilxlorid –CH3CI rangsiz gaz, suvda erimaydi, lekin organic erituvchilarda (spirtlar) yaxshi eriydi. Uni asosan sanoatda metanga xlor ta’sir ettirib yoki Undan tashqari, qand lavlagi turpini 3000C da quruq haydaganda ajralib chiqadigan trimetilaminga xlorid kislota ta’sir ettirib olish mumkin:

Metilxlorid kimyo laboratoriyalarida boshqa birikmalarga metil guruhini kiritishda (metillashda), tish jarrohligida og’riqni qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Etilxlorid - C2H5CI o’ziga xos hidga ega bo’lgan suyuqlik bo’lib, asosan tetraetilqo’rg’oshin olishga sarf bo’ladi:


Tetraetilqo’rg’oshin benzinning oktan sonini oshirish uchun ishlatiladi. Etil xloriddan tabobatda og’riqni qoldiruvchi vosita sifatida ham foydalaniladi.


Etilbromid-C2H5Br 380C da qaynaydigan suyuqlik bo’lib, uni oddiy sharoitda etilsulfat kislotaga kaliy yoki natriy bromid ta’sir ettirib olish mumkin:

Etilbromid organik moddalarga etil guruhini kiritishda ishlatiladi. Bundan tashqari etilbromid benzinning oktan sonini oshiruvchi etil suyuqligi (tetraetilqo’rg’oshin bilan etilbromid aralashmasi)ni tayyorlashda asosiy komponent bo’lib xizmat qiladi. Etilbromid yana tish og’rig’ini to’tatishda, mahalliy narkoz sifatida hm ishlatiladi.
Etilyodid –C2H5J 72°C da qaynaydigan o’ziga xos hidli og’ir suyuqlik. Uni etil spirtiga yod bilan fosfor ta’sir ettirib olinadi.
2P+3J2→2PJ3
3C2H5OH+PJ3→3C2H5J+P(OH)3
To’yingan uglevodorodlarning ikki va ko’p galogenli hosilalari
Nomlanishi va izomeriyasi. Agar ikki yoki undan ortiq galogen bitta uglerod atomida joylashgan bo’lsa ularni geminal ko’p galogenli birikma, yonma-yon uglerod atomlarida joylashgan bo’lsa, vitsinal ko’p galogenli birikma deyiladi. Ko’p galogenli hosilalar quyidagicha nomlanadi:


Olinish usullari. To’yingan uglevodorodlarning ikki va ko’p galogenli hosilalari parafinlarni galogenlash mahsulotlari orasidan ajratib olinishi mumkin.




Geminal ikki galogenli hosilalar aldegid va ketonlarga PCl5 ta’sir ettirib olinadi:


Vitsinal ikki galogenli hosilalar etilen uglevodorodlariga galogenlar ta’sir ettirib olinadi:


Ikki va ko’p galogenli hosilalarni ko’p atomli spirtlardan olish mumkin:

Sanoatda xloroform etil spirtiga yuqori haroratda xlor ta’sir ettirib olinadi. Bunda dastlab xloral hosil bo’ladi:






Hosil bo’lgan xloralni ishqor bilan qizdirilganda xloroform va chumoli kislotani tuziga parchalanadi:

To’yingan uglevodorodlarning ko’p galogenli hosilalari orasida bir vaqtning o’zida xlor hamda ftor saqlovchi birikmalarning ahamiyati kattadir. Ularni freonlar deb ataladi.


CF2Cl2 – freon-12, F-12
CHFCl – freon-22, F-22
CClF2 – CF2Cl – freon-114, F-114


Freon-12 ni CCl4 ga HF ta’sir ettirib olinadi:
Freonlar sovutuvchi vosita sifatida, ayrimlari narkoz sifatida zaharli ximikatlar olishda ishlatiladi.

Download 343.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling