Perifraza lingvistikada stilistik vosita sifatida
Download 18.63 Kb.
|
maqola 1
PERIFRAZA LINGVISTIKADA STILISTIK VOSITA SIFATIDAChirchiq davlat pedagogika universiteti magistranti Abdullayeva Zarina Filalogiya fanlari nomzodi Samigova Xushnuda Anotatsiya:Ushbu maqolada perifrazani linvistikada stilistik vosita sifatida qo’llanishi va ahamiyati haqida malumot beradi. Key words: perifrazis, publitsistik, frazeologizm, evfemizm, metafora, metonimiya, sinekdoxa, kinoya, sifatlash, epitet, kichraytirish, litota, mubolog‘a, giperbola. Bugungi kunga qadar perifraza nafaqat o'zbek tilida, balki jahon tilshunosligida ham olimlarning e’tibor markazida bo’lgan. Garchi perifraza og'zaki va yozma nutqda badiiy ifoda vositasi sifatida faol qo'llanilarkan, ular tilimizning boyligi va uning semantik kengligini ko'rsatadigan omillardan biri hisoblanadi. Perifraza nutqni samarali, aniq, mantiqiy va noyob qilishga yordam beradi. Ifoda vositalaridan biri bo'lgan perifrazis tilning boyligini nafaqat xususiy tilshunoslikda balki umumiy tilshunoslikda ham ko’rsatib beradi. “Perifraza” - bu odamlarning ismlarini yoki boshqa narsalarni turli so'zlar bilan tavsiflash jarayoni yoki ularni to'g'ridan-to'g'ri aytmasdan iboralar orqali ifodalash. Bu atama perifraziya deb ham ataladi Professor A. Xodjievning "lingvistik atamalarning izohli lug'ati" da bu atama “Perifraziya” shakli va "Narsa" - bu uning nomi bilan emas, balki ifodalangan stilistik qurilma muayyan kontekstga ko'ra ifodalanadi deyilgan. Misol: dala malikasi - makkajo'xori, inqilob beshigi –Leningrad [5]. Perifraza, perifraz (yunoncha periphrasis — tasviriy ibora; kinoya, istiora) — borliqdagi narsa va voqealarning nomini toʻgʻridan-toʻgʻri atamasdan, ularni bilvosita, yaʼni turli xil soʻz yoki tasviriy iboralar bilan ifodalashdir. Majoziy ifodalardan biri masalan, "sher" oʻrnida "hayvonlar shohi"; "paxta" oʻrnida "oq oltin", Alisher Navoiy oʻrnida "oʻzbek adabiy tilining asoschisi" iboralarining qoʻllanishi [6]. Perifrazada tasvirlanayotgan tushunchaning ayni matn va vaziyat uchun eng muhim sifati, belgisi, xususiyati birinchi oʻringa qoʻyiladi. Perifrazaning asosiy vazifasi matnning ifodaviyligini, bayonning taʼsirchanligini oshirishdir. Asosan, perifraza badiiy adabiyot tilida, publitsistik va ogʻzaki nutqda uchray-di, ilmiy nutkda esa tasviriylikdan xoli boʻladi va termin sifatida qoʻllaniladi. Funksional jihatdan perifrazaning 2 turi farqlanadi: hamma tomonidan qabul qilingan, hamma tushunadigan perifraza (frazeologizmlar, hikmatli iboralar) va vaziyatga bogʻliq boʻlgan, mazmuni, maʼnosi muayyan matngagina aloqador bo’lgan individual perifraza (bularning baʼzilari izchil qoʻllanish natijasida 1-turdagi perifrazalar qatoriga oʻtadi). Shu bilan birga badiiy, obrazli perifrazalar (oq oltin — paxta, zangori olov — gaz, poʻlat qush — samolyot kabi) va manti-qiy perifrazalar (mas, evfemizmlar, tabular) oʻzaro farqlanadi. Aksariyat perifrazalar otli birikmalar boʻlib, metafora, metonimiya, sinekdoxa singari koʻchimlar asosida yuzaga keladi [7]. Umumfilologiyada yagona nom bilan atalishi xususida H. Shamsiddinov ham o‘z mulohazalarida nufuzli lug‘atlar sharhiga tayangan holda perifraza atamasini qo‘llashni ma’qul deb topadi. Antik davr mualliflari tomonidan muqaddas kitoblarda istifoda etilayotgan perifrastik birliklar qadimgi til va uslubiyat nazariyotchilari Aristotel, Kvintilian tomonidan qayd etilganligi, bundan tashqari, mahalliy va sharqiy slavyan tilshunosligining ham diqqat markazida bo‘lganligi, ilm-fan to‘la rivojlanmagan davrlardan boshlab ushbu atama talqin qilinganligi manbalarda qayd etiladi [8]. XX asrning 50-yillarida perifrazalar dunyo tilshunosligida, ayniqsa, rus tilshunosligida I.Z.Ilina (1954) , V.P.Utkina (1959)lar tomonidan lingvistik jarayon sifatida boshqa hodisa yoki vositalar (metafora, metonimiya, sinekdoxa, majoz (allegoriya), kinoya, sifatlash (epitet), kichraytirish (litota), mubolog‘a (giperbola)) bilan bog‘liq holda tasvirlangan. Perifrazalar emotsional ekspressivlik ma’nolarini o‘zida mujassamlashtirgan, so‘zlovchining xarakter xususiyatini ochib beruvchi, tasviriy obrazlar orqali ifodalangan erkin ibora yoki butun jumla shaklida ma’noga ega bo‘lgan tilning uslubiy vositalaridan biri sifatida talqin qilinib kelingan. Perifraza hodisasi jahon tilshunosligida atroflicha tadqiq etilganligi va unga turlicha ta’riflar berilganligiga e’tibor qaratar ekanmiz, tilshunoslikda XX asrning 70- yillaridan boshlab perifrazalarning xususiyatlarini o‘rganishga qiziqish bir qadar oshganligini kuzatamiz. Perifraza lingvistik muammo sifatida birinchilardan bo‘lib V. P. Grigorev tadqiqotlarida so‘z-obraz-denotat munosabatlari nuqtai nazaridan o‘rganildi. Olim uni «poetik nutq hosil qilishning eng yorqin, qiziqarli va istiqbolli usullaridan biri», deb tavsifladi [9]. Perifrazalarning ekspressiv xususiyatlari, uslubiy figuralar va troplar tizimidagi o‘rni S.Ya.Makarova kuzatishlarida perifrazalarning fe’l birikmali tiplari asosida atroflicha o‘rganildi [10]. Bu davrda Yu. D. Apresyanning perifraziya mohiyatini ochib berishga qaratilgan qiziqarli talqinlari tilshunoslar e’tiboriga tushdi. Olim insonning o‘zi lingvistik perifrazatsiyalash qobiliyatiga ega ekanligini, ya’ni insoniyat voqelikni xohlagan narsa, tushuncha, tasavvur kabilarni, keng ma’noda butun borliqni tafakkurida obrazli ifodalay olishi mumkinligini misollar asosida dalillab bergan, bu soha mutaxassislarining perifrazalar tadqiqiga alohida qiziqishini uyg‘otdi [11]. Bundan tashqari, I. R. Galperin perifrazaga «bir predmetning ma’lum bir xususiyatini ko‘rsatish uchun uni boshka nom bilan atashdir» deya ta’rif berib, perifrazalarni til perifrazali va nutq perifrazali kabi turlar orqali izohlaydi. Til perifrazalarining ko‘p qo‘llanilishi va kontekstdan tashqarida xam tushunarli bo‘lishini ta’kidlaydi. U nutqiy perifrazani mantiqiy va metaforik perifrazaga ajratadi. Metaforik perifraza metafora yoki metonimiyaga, mantiqiy perifraza esa predmetning o‘ziga xos biror-bir xususiyatiga asoslangan bo‘lishi haqidagi izoh bilan to‘ldiradi [12]. I.V.Arnold ham shu fikrga hamohang tarzda perifrazani predmet nomining o‘rnida uning asosiy xususiyatlarini ifodalovchi birikma yoki so‘zning ta’rifini ifodalash uchun keltirilgan bo‘yoqdor so‘z birikmasi sifatida talqin etadi [13]. Yana bir tilshunos olim A.N.Kojin perifrazani «hodisaning ikkinchi nomi» deb ataydi va perifrazalar nutqning ekspressivligini oshirish vositasi ekanligiga ko‘proq e’tibor qaratadi. U perifraza masalasiga publisistik nutqning stilistik birligi sifatida yondashish kerak, deb hisoblaydi [14]. Mazkur tadqiqotlar asosida perifrazalar haqidagi fikrlar oliy o‘rta maxsus ta’lim darsliklariga kiritildi va ularda perifraza publisistik nutqning ta’sirchanligini oshiruvchi vosita, stilistik birlik sifatida talqin etildi. XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmidan boshlab perifrazalar tadqiqiga qiziqish yanada kuchaydi va bunda perifrazalarning hosil bo‘lish yo‘llari, mavzuviy guruhlari, semantik-struktur turlari, periferik birikmalarning tipologik tadqiqi, muayyan ijodkor asarlarida qo‘llanilgan perifrazalar, diniy matnlarda perifrazalangan birikmalar tadqiqiga alohida urg‘u berildi. Ketrin Fuks perifrazalarning turli darajada bo‘lishni ishlab chiqdi: – a) lokutiv (axborot berish); b) pragmatik (ya’ni maqsad va muayyan vaziyatda tinglovchiga ta’siriga qarab); v) ramziy (badiiy matnlarda hodisalarni tavsiflash xususiyatiga ko‘ra) usullarini ishlab chiqdi [15]. Fransuz tilshunosi Sh. Balli perifrazalarga nisbatan «fikr (jumla)ni takrorlashning kengaytirilgan shakli» sifatida baho berishi [16] munozaralarga sabab bo‘ldi. Yana qator manbalarda perifraza sodda tushunchani murakkab usullar orqali ta’riflash (I.V.Arnold), bir tushunchani bir necha so‘zlar orqali atash (M.V.Lomonosov), fenomenning mantiqiy ifodasini hissiy ifodaga almashtirish (A.A.Potebnya), obrazli sinonim (A.I.Efimov), oddiy so‘zni tavsiflovchi birikma bilan almashtirish (O.S.Axmanova), so‘zni kengroq ifoda etish (O.Aytbayli) sifatida tushuntiriladi. Download 18.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling