5-ma’ruza mavzu: Ustyurt va Qizilqum ekologiyasi Reja


Download 13.47 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi13.47 Kb.
#1510306
Bog'liq
5-MA\'RUZA.USTYURT VA QIZIQUM EKOLOGIYASI


5-MA’RUZA
MAVZU:Ustyurt va Qizilqum ekologiyasi
Reja:

  1. Ustyurt ekologiyasi

  2. Qizil qum ekologiyasi

  3. Dengzning quriga tubidan ko’tarilgantuz va changing Ustyurt va Qizilqumga ta’siri

Ustyurtning umumiy maydoni 20 mln.ga, shundan 7 mln.ga yer maydoni Qoraqalpog'iston Respublikasiga tegishli. Bu hudud Orol dengizining janubiy-sharqiy qismidan Qo'ng'irotga va Sariqamish ko'llariga qadar yetadi. Sariqamish ko'llarining yarmi Turkmaniston Respublikasiga qolgan bo'lagi Qoraqalpog'iston Respublikasiga tegishli.
Ustyurt dengiz satxidan 100 -300 m balandlikda joylashgan Asaka-avdan va Qorabovir balandliklari joylashgan. Shuning bilan birga quruq ko'llar, taqır yerlar va tuzli Borsa-kelmas vodiylari o'ziga xos ekosistemaga ega.
Iqlimi bo'yicha Ustyurt keskin o'zgaruvchan bo'lib yoz oylari issiq, havosi quruq , qish oylari O'zbekistonning eng sovuq tumaniga kiradi. Ko'pchilik vaqtlari kuchli shamol esib turadi, ayrim vaqtlari shamolning tezligi 200 m/sek qa yetadi. Churuk va Qo'shlar buloq metereostantsiyaning ma'lumoti bo'yicha Ustyurtda o'rtacha yillik temperatura 8-120 C bo'lib, yanvarda eng sovuq kunlar 32-380 C ga yetadi, eng issiq oy iyula +40, +450 C bo'ladi, o'rtacha iliq kunlar shimoliy tomonida 155-165 kun, janubda 196 kunga yetadi. Bir yillik yog'in va qorning miqdori 90-100 mm bo'lib, asosan bahorda, kuzda va qish oylarida yog'adi.

Ustyurt va Qizilqum ekologiyasi

Ustyurt tabiiy geografik okrugiga tushadigan yillik yog'in miqdorini 100 foiz desak, uning 17 % ni qisqa, 34 % ni bahorga, 23 % ni yozga, 26 % ni kuzga to'g'ri keladi. Ustyurt O'zbekistonning eng shimoliy qisminida joylashganligi sababli, qishi quruq sovuq bo'ladi, sababi antisiklon ob-havoning uzoq vaqt turib qolishi sababli yog'in kam tushadi, aksincha, yozda O'zbekiston bo'yicha eng ko'p yog'in yog'adi. Bunga asosiy sabab temperaturaning qiyosiy pastligi, g'arb havo massalari va Kaspiy dengiziga yaqinligidir.


Ustyurt tabiiy geografik okrugida barqaror oqar suvlar yo'q. Bahorda chuqurcha-o'yiqchalar va pastlik yerlar yog'in va erigan qor suvlari bilan to'lib, kichik (efemer) ko'lchalarni paydo qiladi. Yozda bu ko'lchalardagi suvlar bug'lanib ketib, sho'rli -botqoq yerlarga aylanib qoladi. Yerosti suvlari bor bo'lib, ularning chuqurligi 20 -50 m atrofida, Biroq ko'pi sho'r, ichishga yaroqsiz. So'nggi paytlarda bu davr yotqiziqlari orasida ichimlikga yaroqli suvlar mavjudligi aniqlandi.
Asosiy tuprog'i sur -gungurt bo'lib, chirindi miqdori oz (0, 5-0, 8 foiz ), sho'rlangan.
Ustyurt o'ziga xos tuproq turlariga ega bo'lib, bir necha tumanlarga bo'linadi. Markaziy Ustyurtda va Sharq tomonida kul rangli tuproqlar joylashgan. Shimoliy Ustyurtda tuzli yerlar va Borsa-kelmas tuz koni joylashgan. Tuprog'ining mexanik tarkibi bo'yicha soz tuproq, o'rta va yengil sertuproq yerlarga bo'linadi. Yer tipi bo'yicha toshli, taqir, o'tloqli -taqir va qumli tuproqlarga bo'linadi.
Ushbu yerlarning xossasi bo'yicha tuzi kam yerlarga, yovshan, boyalich o'sadi, o'rtacha tuzli yerlarda buyurg'in, kam tuzlangan yerlarda keyruk o'sib rivojlanadi. Ustyurtda jayron, soyg'oq, bo'ri, tulki, yumronqoziq, qo'shoyoqlar, qushlardan to'rg'ay, xo'jasavdogar, quzg'un uchraydi.
Ustyurtda „Qizil kitob" ga kirgan shalpang quloq sichqon, qoplon (chita ), Ustyurt qo'ylari kabi hayvonlar yashaydı. Yo'qolib borayotgan soyg'oqlarni qo'riqlash maqsadida Ustyurt platosida „Saygachi" buyurtmaxonasi tashkiliy.
Ayni vaqtda Orol dengizining qurigan tubidan tuzli changlarning kelib tushishi o'simlik dunyosiga o'z ta'sirini tekkizib, o't-o'simliklar kamaymoqda bu o'z navbatida yovvoyi hayvonlarning o'sib-rivojlanish, taraqqiyotini kamaytirmoqda.
Qizilqum 3, 5 ml.ga maydonga ega bo'lib, shimoli-g'arbida Beltav va g'arbida Amudaryo quyilishi bilan chegaralangan. G'arbdan-sharqqa 100 km. dan oshiq cho'zilgan Beltav joylashgan bo'lib, balandligi dengiz sathidan 70-80 m yetadi.
Sharq tomonida Sulton -Uvays tog'i joylashib, uning uzunligi 45 km ga yetadi, eni 10-15 km maydonni egallaydi. Ayni vaqtda bu tog'dan har xil qurilish materiallari olingmoqda. Tog'ning pastki qisminida toshli va soz sertuproq yerlar joylashib, o'ziga xos o'simlik dunyosiga ega. Chabazg'an metereostantsiyasining ma'lumoti bo'yicha Qizilqumda o'rtacha yillik temperatura 10-120 S yetadi eng issiq kunlar +40-450 S, sovuq kunlar -22,-280 S bo'ladi. Bir yillik yog'in qorning miqdori 67-136 mm bo'lib, shundoqqina sharoitga moslshgan o'simliklar o'sib rivojlanadi. Qizilqum asosan chorvachilikda foydalaniladi. Amudaryo yoqasida to'qay landshafti va u yerdagi hayvonlarni qo'riqlash uchun Qizilqum qo'riqxonası tashkillashtirilgan.
Bu hududda ham Orol ekologik muammosiga aloqador ob-havo o'zgarib, tuzli chang kelib tushishi bilan ekologik o'zgarishlar paydo bo'lmoqda. Binobarin tuzli changni uushlab qolish uchun dengizning qurigan tubida to'qaychilikka aylantirishni jadallashtirish ma'qul bo'ladi.

Savollar va topshiriqlar


1. Ustyurtga dengiz tubidan ko'tarilgan tuzli changning ta'sirini o'rganing.
2. Qizilqum ekologiyasiga ta'rif bering.
3. Ustyurt va Qizilqum yaylovlar sharoiti qanday bo'lmoqda?

Download 13.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling