5-ma’ruza Mavzu


Download 175.65 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi175.65 Kb.
#1156442
Bog'liq
5- maruza


5-ma’ruza
Mavzu: Kompleks birikmalar izomeriyasi.

Reja:
1. Fazoviy izomeriya


a) sis-trans izomeriya
2. Optik izomeriya


Fazoviy izomeriya
Geometrik izomeriya

Koordinatsion birikmalarda geometrik izomeriya hodisasi markaziy atom bilan har xil ligandlar birikanda vujudga keladi. Tekis-kvadrat va oktaedrik kompleks birikmalar uchun geometrik izomeriya xosdir.


MA2B2

Sis-(C2) trans-(D2h)
Demak sis- va trans-izomerlarda A va B ligandlar markaziy ion atrofida bir-biriga nisbatan 2 xil joylashadi.
[Pt(NH3)2Cl2] kompleks birikmasini o’rgangan A. Verner ularning ikki xil izomer shaklida bo’lishini aniqlaydi va ularning ichki sferasi tekis-kavadrat tuzilishga ega deb tushuntiradi. Ular rangi, eruvchanligi va ayrim reagentlarga munosabati bilan keskin farq qiladi.
Bu izomerlarda simmetriya elementlari turlicha bo’ladi: C2-bitta C2-simmetriya o’qi va -ikkita simmetriya tekisligi bor, D2h-uchta o’zaro perpendikulyar C2-simmetriya o’qi, ikkita - va bitta h-simmetriya tekisligiga hamda simmetriya markaziga ega.

Qovoq(to’q-sariq) rang och sariq rang
>0 (Peyrone tuzi) =0 (Reyze tuzi)
Sis-DDP H2SO4 bilan ko’k rangli eritma hosil qiladi, trans-izomer H2SO4 bilan xususiyatli rang bermaydi.
Peyrone tuzi tiomochevina bilan, Reyze tuziga nisbatan boshqacha reaksiyaga kirishadi:
[Pt(NH3)2Cl2] + 4 SC(NH2)2 ↔ [Pt(Thio)4]Cl2 + 2 NH3
Peyrone tuzi Thio
[Pt(NH3)2Cl2] + 2 SC(NH2)2 → [Pt(NH3)2(Thio)2]Cl2
Reyze tuzi
Platinadan tashqari Pd(II), Ni(II), Cu(II), Au(III), Ag(III), Ag(II) ionlari ham tekis-kvadrat tuzilishdagi kompleks birikmalar hosil qiladi, ammo faqat Pt(II) va Pd(II) hosilalari sis-trans izomeriyani namoyon qiladi.
Tetraedrik kompleks birikmalar uchun ssi-trans izomeriya bo’lmaydi, bu o’z-o’zidan tushunarli, chunki barcha ligandlar orasidagi masofa o’zaro teng bo’ladi.
Agar markaziy ion qurshovidagi ligandlar har xil bo’lsa, unda izomerlar soni yanada ortadi.
[Pt(NH3)PyClBr]0 kompleks birkmasining uchta izomeri mavjud:

Tekis-kvadrat kompleks birikmalarning sis-izomeri trans-izomerga nisbatan yoki tetraedrik kompleks birikmalarga nisbatan kuchli qutblangan bo’lib, uning dipol momenti 0 bo’ladi. Shuning uchun ham qutli erituvchilarda sis-izomer, qutbsiz erituvchilarda trans-izomer va tetraedrik konfiguratsiya barqarorlashadi.
Koordinatsion soni 4 ga teng bo’lgan tekis-kvadrat tuzilishli kompleks birikmalar bidentat ligandlar bilan bog’langanda ligand tabiatiga qarab sis-trans izomeriya bo’lishi mumkin.
Masalan, etilendiamin, etilenglikolli kompleks birikmalarda sis-trans-izomeriya bo’lmaydi, ammo bidentat ligandning donor atomlari farq qilsa (masalan, -aminokislotalar, -diketon oksimi, imini, gidrazonlari va hokazo), sis-trans-izomeriya kuzatiladi:

Sis-trans-izomeriya trans-izomer sis-izomer


uchramaydi
Sis-trans-izomeriya dimer kompleks birikmalarda ham uchraydi:

sis-izomer (C2) trans-izomer(C2h)
MA6 yoki MA5B tarkibli koordinatsion soni 6 ga teng bo’lgan kompleks birikmalar geometrik izomeriyaga ega emas.
Agar MA5B dagi yana bir yoki ikki A ligand B ligandga yoki boshqa xil ligandlarga almashtirilsa, oktaedrik tuzilishli kompleks birikmalar uchun ham geometrik izomeriya paydo bo’ladi. A. Verner 6 ta ligandni joylashtirishda kompleks hosil qiluvchi ion atrofida ularni joylashtirib, barcha nazariy jihatdan ehtimolligi mumkin izomerlarning konfiguratsiyasi faqat bir xil, ya’ni oktaedrik bo’lishi mumkinligini isbotladi.
MA4B2

Sis-izomerlar trans-izomerlar
Dastlab sis-trans-izomeriya Co(III) ioni kompleks birikmalari uchun, keyinchalik Pt(IV), Cr(III), Rh(III), Ru(IV), Ir(III) markaziy ion kompleks birikmalari uchun ham bu hodisa aniqlandi.
Tritiosionatotriamminxromat(III)
(SCN)3
Cr
(NH3)3



Sis trans


Tetratiosionatodiamminxromat(III)
(SCN)4
Cr
(NH3)2



Sis trans


MA3B3 terkibli kompleks birikmalar uchun ham sis-trans-izomeriya mavjud, masalan, kaliy trinitrotrigidroksokobalt(III) K3[Co(OH)3(NO2)3] kompleks birikmasining ichki sferasi quyidagicha yozilishi mumkin:

Sis-yuza(fatsial)-izomer trans-medional-izomer
Bu xildagi koordinatsion birikmalarda har xil tarkibli ligandlarning soni ortib borishi bilan izomerlar soni ham oshib boradi. Platina kompleks birikmalarini o’rgangan I.I. Chernyayev [Pt(NH3)2(NO2)2Cl2]-dixlorodinitrodiamminplatina(IV) kompleks birikmasi uchun 5 ta izomer bo’lishi mumkinligini nazariy hisobladi va so’ngra ular amalda sintez qilindi.
Xelat hosil qiluvchi halqali bidentat ligandlar kompleks birikmada doimo ikkita qo’shni joyni egallaydi. Bundan maqsadli sintez uchun unumli foydalanadilar, masalan, [Co(NH3)4CO3]+ kompleks ioni faqat birgina tuzilishga ega. Unga xlorid kislota ta’sir etilganda, sis-konfiguratsiyali kompleks ion hosil bo’ladi va so’ngra asta-sekin trans-izomerga aylanadi:
[Co(NH3)4CO3]+ + 2 HCl → [Co(NH3)4Cl2] + H2O + CO2

Tekis-kvadrat tuzilishli kompleks birikmalar oksidlanganda, odatda oktaedrik poliedrli kompleks birikmaga aylanadi, ammo sis- yoki trans-izomer o’z shaklini o’zgartirmaydi:
[Pt(NH3)2Cl2] + Cl2 → [Pt(NH3)2Cl4]

Oktaedrik tuzilishli [Pt(NH3)Py(NO2)ClBrI] tarkibli kompleks birkmani o’rgangan rus olimlari A.D. Gelman va L.N. Essen bir qancha izomerlarni sintez qilishga erishdilar. Nazariy fikrlar bu xil birikma uchun 15 ta izomer ko’rinishlar bo’lishi mumkinligini ko’rsatdi.
Download 175.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling