5-ma’ruza Mavzu


Lokal va global tarmoqlarning xususiyatlari. World Wide Web - global axborot tizimi


Download 1.32 Mb.
bet5/9
Sana15.03.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1269509
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-ma\'ruza

Lokal va global tarmoqlarning xususiyatlari. World Wide Web - global axborot tizimi
Global tarmoqlar, ma’lumki, yirik shaharlar, mamla-kat, qit’alami qamrab oladi. Lokal tarmoqlar esa birmun-cha kichik maydonni o'z ichiga oladi. Ular 10, 100, 1000 metr chamasi radiusda 1000 nafarga yetar-yetmas mijozlarga xizmat qilishga mo'ljallanadi. Bunday hajm LKT 10 Mbayt/s va undan ortiq tezlanishda ishlash imkonini beradi. Odatda, LKT ishchistansiyalar (IS) va maxsus kompyuterlami (fayl, print serverlari va boshqalar) o'zaro kabel bilan bog'lashdan iborat. Ular, o'z navba-tida, tarmoq adapterlari (tarmoq kartalari) yordamida maxsus platalar orqali kompyuteming sistemali platalarini kengaytiradi.
Alohida tugunlami tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. Odatda, uchta topologiya qo'llaniladi:
1. Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig'iga parallel bog'lanadi. Bunday shinalami boshqarish ham alohida, ham markazlashgan bo'lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuter-hakam ulanadi, uning va­ zifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumot­ lami uzatish kanalini boshqaradi.
2. Halqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq halqasimon, ketma-ket bog'lanadi. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan kompyuterga uzatiladi. Xabami uzatgan kompyuter yana o'sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.
3. Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tu-gunga (kommutator yoki konsentratorga) ega. Mazkur markaziy tugunga qolgan barcha kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so'ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi.
Bog'lash uchun qo'llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi. Masalan:
- koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o'xshash;
- juftli o'ram (tvisted pair) telefon simini eslatadi;
- optik tolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi.
Tarmoqda kompyuterlami ulash uchun qalin (INTERNET yo'g'on simi - global tarmoqlar uchun) yoki ingichka koaksial simlar (ETHERNET - lokal tarmoqlar uchun), o'ralgan juftlik (toking ring - vitaya para) va optik tola (dastlab shishadan, hozir esa plastik tola) simlari ishlatilishi mumkin.
Lokal tarmoqlarning qo'llanish sohasi juda keng. Bunga ofis ish-larini avtomatlashtirish, korxona boshqaruv sistemalari, loyihalarni avtomatlashtirish texnologik jarayonlari va robototexnika kompleksla-ri, bank va axborot sistemalari, elektron pochtsistemalarini boshqarish kiradi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling