5-ma’ruza Mavzu


Download 1.32 Mb.
bet6/9
Sana15.03.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1269509
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-ma\'ruza

Internet
Abonent tizimlarining hududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlari (KT) ni 3 turkumga ajratish mumkin:
Lokal tarmoqlar (LAN - Local Area Network) - bir xonadagi, binodagi, uncha katta bo'lmagan hududdagi kompyuter tarmoqlari (2,5 km gacha bo'lgan masofada birlashtirilgan kompyuterlar);
mintaqaviy kompyuter tarmog'i - bir-biridan ancha uzoqda joy­ lashgan kompyuterlar va lokal tarmoqlami o'zaro bog’laydi. U katta shahar, iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonent-lami o'z ichiga olishi mumkin;
global tarmoqlar turli mamlakatlar yoki qit'alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi.
Global, mintaqaviy va lokal kompyuter tarmoqlarining birlashuvi ko’ptarmoqli iyerarxiyani tashkil etib, umumjahon axborot resurslarini birlashtirish va ulardan kollektiv ravishda foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Hozirgi kunda dunyoda ko'plab kompyuter tarmoqlari ishlab turibdi. Dastlabki kompyuter tarmog'i -ARPANET (Advenced Researsh Projects Agency Network) - AQSHning mudofaa vazirligi tomoni­ dan 1969-yili ishlab chiqilgan. U keyinchalik boshqa KTlar bilan birlashtirilib, INTERNETning bir qismi sifatida ishlatila boshlandi. INTERNET - international network - yagona standart asosida faoliyat ko'rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog'i. Internet xiz-mati «internet provayderlari» yordamida aloqa kanallari - telefon tarmog'i, kabelli kanallar, radio va kosmos aloqa tizimlaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Hozir Intemetga dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlaridagi milhonlab kompyuterlar ulangan. Har oyda tarmoq miqdori 7-10% ga ortib bormoqda. Intemetdan foydalanuvchilaming soni 2002-yil sentabriga kelib 605,6 mln.ga yetdi. Eng ko'p foydalanuvchilar Yevropada - 190,91 mln.kishi. Lekin so‘nggi paytda Osiyo - Tinch okean regioni mamlakatlarida foydalanuvchilar soni tez o‘sib bormoqda. Hozir ular 187,24 mln. kishini tashkil qiladi. Bugungi kunda Internet 50000 dan ortiq alohida tarmoqlami bog'laydi.
Intranet - internet texnologiyasi, dasturiy ta’minoti va protokol-lari asosida tashkil etilgan hamda ma’lumotlar bazasi va elektron hujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini beruvchi, korxona yoki konsem miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog'i. Internet xizmatlari deganda tarmoqdagi xizmatlar tushuniladi. Ular quyidagilardan iborat:
WWW - grafik, audio va video materiallarni o'z ichiga olgan gipermatnli hujjatlarni ko'rish va topish;
telnet - kompyuterga uzoqdan bog'lanish; ftp - fayllarni uzatish;
e-mail - xabarlami uzatish;
usenet - elektron e’lonlar taxtasi, telekonferensiyalar; gopher - matnli hujjatlarni ko'rish va topish.
WWW - Intemetning eng ommabop xizmat turi. Unga ulamsh uchun kompyuter bilan modem yetarlidir. Shu tufayli Butun dunyo tarmog'i butun olam axborotlar ombori - kutubxonaga aylanib qoldi va u dunyoga yoyildi. WWW da ma’lumotlar sahifalarda joylanadi. WWW sahifalari soni so'nggi 3 yilda yuz milliondan oshib ketdi. Bu sahifalar egasi kim? Ular yirik korporatsiyalar yoki kichik korxonalar, universitet va maktablar, tashkilotlar, jumal va ro‘znomalar yoki oddiy shaxslardir. Bu sahifalarda turli-tuman ma’lumotlar joylanadi. Hozirgi kunda WWW axborot olishning va tarqatishning eng qulay usulidir.
World Wide Web xizmati (WWW). Bu xizmatni, odatda, Internet bilan tenglashtiradilar. Aslida WWW xizmati - bu Intemetning ko‘p tarmoqli xizmatlaridan biridir.
World Wide Web - Web-serverlarda saqlanayotgan va o‘zaro bog‘langan millionlab elektron hujjatlaming yagona ma’lumotlar fazosi. Web-fazolar (пространство Web) ning alohida olingan hujjatlari Web-sahifalar (Web-страницы) deb yuritiladi. Web-sahifalaming ma’lum mavzuga birlashtirilgan'guruhlarini Web-tugunlar (Web-узел) yoki Web-sayt yoxud oddiy sayt deb yuritiladi. Bitta Web-server yetarli darajada ko'p saytlami o‘zida mujassamlashtirishi mumkin. Ulaming har biriga, odatda, serveming qattiq diskida alohida katalog ajratiladi. Terminalli rejim. Tarixan kompyutemi masofadan turib boshqa­ rish xizmati Telnet bilan bog'liq. Masofadagi kompyuter ishini kerakli protokol xizmati orqali boshqarish «konsolli» yoki «terminalli» boshqarish deb yuritiladi. Intemetda Telnet dan texnik obyektlami, masalan, «teleskop», «videokamera», sanoatdagi robotlami masofadan turib boshqarishda foydalaniladi.
Elektron pochta (E-mail). Bu xizmat turi ham dastlabki elektron xizmatlardan hisoblanadi. Internetda uni ta’minlash uchun maxsus pochtali serverlar ishlatiladi. Shu narsaga e’tibomi qaratmoq kerakki, «server» deganda maxsus ajratilgan kompyuter tushunilmaydi. Bu yerda va bundan keyin «server» sifatida dasturiy ta’minot ham tushunilishi mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, Internetda bitta kompyuter bir nechta server va har xil xizmatlar vazifasini bajarishi mumkin. Telekonferensiya xizmati elektron pochta xizmatining har tomonga tarqatish xizmatiga o'xshab ketadi. Telekonferensiya xizmatida xabar bitta muxbirga yuborilmay, balki bir guruh muxbirlarga uzatiladi (bunday guruhlar telekonferensiyalar yoki yangiliklar guruhi deb ataladi). Yangiliklar guruhi uzatilayotgan serverdan boshqa hamma serverlarga jo'natiladi. Bu jarayon vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadi. Har bir serverga tushgan xabar chegaralangan vaqt mobaynida (odatda, bir hafta) saqlanadi. Ushbu davr mobaynida xohlovchilar xabarlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bir sutka ichida hamma tomonga tarqatilgan xabarlar butun yer shariga tarqaladi. Keyinchalik bu xabarlar asta-sekin o'chiriladi, chunki serverga ushbu xabarlar qaytajo'natilmaydi. Har kuni dunyo miqyosida millionga yaqin xabarlar tarqatiladi. Ularning orasidan kerakli xabarlarni topib olish amaliy jihatdan mumkin emas. Shuning uchun, telekonferensiya tizimi mavzular guruhiga bo'lingan.
Fayllarni uzatish xizmati (FTP). Internet xizmatlari orasida fayllami qabul qilish va uzatish ancha katta foizni tashkil etadi. Dastur fayllarini, katta hajmdagi hujjatlarni (masalan, kitoblami) hamda arxiv ma’lu-motlarini fayllar ko'rinishida uzatishga zaruriyat tug'iladi. FTP xizmati dunyo tarmog'ida o'z serverlariga ega bo'lib, unda arxiv ko'rinishidagi ma’lumotlar saqlanadi. FTP protokoli server va mijozlar o'rtasidagi ikkita TCP qo'shilmalar (соединения) bilan bir vaqtda ishlaydi. Birinchi qo'shilma bilan ma’lumotlar uzatiladi. Ikkinchi qo'shilmadan ma’lumotlami boshqarishda foydalaniladi. FTP protokol serverga murojaat qilgan mijozning qayd etish vositasini ham taklif qiladi. Bu usul bilan, odatda, kommersiyali serverlar va chegaralangan serverlar o'zlarida qayd etilgan kliyentlarga foydalanuvchining ismini va u bilan bogiiq parolni kiritishni talab qiladi. Ammo o'n minglab FTP serverlar mavjudki, ular anonim ko'rinishda o'zlarining xizmatini taklif etadi. Bu holda foydalanuvchilar ism sifatida anonymous so'zini va parol sifatida elektron aloqa xizmatini kiritishlari kifoya. Ko'p holatlarda FTP xizmati buni avtomatik ravishda bajaradi. IRC xizmati (Internet Relay Chat). Bu xizmat real vaqt mobay­ nida bir nechta kishilami o'zaro to'g'ridan to'g'ri muloqot qilish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Ayrim hollarda IRC xizmatini chat-konferensiya yoki oddiy chat deb ham aytadilar. Telekoferensiyalardan farqli o'laroq, chat-konferensiyalarda muloqot bitta aloqa kanali doirasida amalga oshirilib, unda bir nechta odam ishtirok etishi mumkin. IRC xizmatini qoilab-quwatlaydigan serverlar va tarmoqlar bilan ishlay­ digan bir qancha imtiyozli mijozli dasturlar mavjud. Ulardan eng imtiyozlilaridan biri - mIRC.exe dasturidir. ICQ xizmati. Bu xizmat intemetga (ayni vaqtda) ulangan kishi­ ning IP-tarmoqdagi adresini izlab topishga mo'ljallangan. Ko'pgina foydalanuvchilar doimiy IP-adresga ega emaslar. Shuning uchun ushbu xizmatga zaruriyat tug'ilgan. Bu xizmatdan foydalanish uchun uning markaziy serverida qayd qilinish (http://www.icq.com) va shaxsiy nomer UIN (Universal Internet Number) olish kerak. Bu nomemi hamkorga uzatish mumkin. Bu holda ICQ xizmat Intemet-peyjer ko'rinishidagi xizmat turini bajaradi. UIN nomemi bilgan holda uning IP-adresini bilmasangiz ham, uning markaziy server xizmati orqali hamkor bilan ulanish uchun xohish borligi haqidagi xabami jo'na-tish mumkin. Internet - butun jahon o'rgimchak to'ri deb nomlanishiga sabab, uni tuzilish strukturasi o'rgimchak to'rinikiga o'xshab ketadi. Undan tashqari uni kosmosdagi yulduzlar va gallaktikalar joylashuviga ham o'xshatish mumkin. Internerga birinchi martta AQSh da DARPA tashkiloti tomonidan asos solingan. Umuman olganda internet oddiy bir kompyuterlarni bir-biriga ulagan tarmoqga o'xshaydi. Faqatgina uning miqyosi butun dunyo bo'yicha tarqalgan. Demak, tarmoq hosil qilingandan so'ng undagi kompyuterlar bir-biri bilan bog'lanishi uchun ularga nom berib chiqish kerak. Buni bizga IP lar amalga oshirib beradi. IP bo'yicha biror kompyuterga ma`lumot uzatishda maxsus qoida bo'lishi kerak, axir butun jahon kompyuter tarmog'i bo'lganidan keyin unda har xil operatsion tizimli, turli xil kompyuterlar joylashadida. Ular bir birlari bilan maxsus belgilangan qoida asosida bog'lanadilar.
Bu qoidani TCP/IP protokoli (yani qoidalar majmuasi) amalga oshirib beradi. Endi, kompyuterlar bir-biri bilan nima uchun bog'lanadilar? - albatta biror ma`lumot olish uchun, axir DARPA tashkil qilgan ARPANET ni ham maqsadi shu ediku. Ma`lumotni foydalanuvchiga berish uchun, internetda mahsus Serverlar tashkil qilinadi. Ma`lumot turi esa biror ko'rinishdagi fayl bo'lishi mumkin, yoki pochta xabari, yoki web sayt va hokazo...shularga mos tarzda fayl serverlari, pochta serverlari, web serverlar va boshqalar tuziladi. fayl serveriga murojaat FTP protokoli orqali, pochta serveriga murojaat SMTP va boshqa pochta protokollari orqali, Web serveriga murojaat esa HTTP protokoli orqali amalga oshirilishi mumkin.Bilamizki, fayl serverida har xil fayllar (masalan rasm, musiqa, kino va hokazo...) turadi, pochta serverida kelgan, jo'natilgan va boshqa pochta xatlari turadi. WEb serverdachi? - web serverda turli xil web saytlar turadi. Xo'sh, agar internetda barcha kompyuterlar, s erverlar bir birini IP adres orqali tanisa, qanday qilib bizni brauzer adres qatorida yozgan oddiy harflardan iborat so'zimiz bizni kompyuterimizni qaysidir joyda turgan web server bilan bog'ladi? - buning uchun mahsus DNS serverlar yordamga keladi. u yerda saytlarni adreslari va ular uchun mahsus berilgan IP adreslar turadi, xuddi quyidagicha:
www.mail.ru 217.69.141.22, www.google.ru 173.194.35.151 va hokazo... Siz qachonki brauzer adres qatoriga mail.ru yozganizda bu so'rov DNS serveriga borib, u yerdan mail.ru ga mos turgan ip adresli serverga yo'naladi. Hohlasangiz mail.ru yozmasdan yuqorida keltirilgan joydagi mail.ru ni to'g'risidagi ip adresni brauzer adres qatoriga yozing, sizga mail.ru saytini ochib beradi. Ma`lumki brauzer HTTP so'rovini yuboradi, shu sabab bu so'rovni web server o'ziga qabul qiladi. bu huddi ko'p eshikli binoni biror eshigi bo'yicha kirishga o'xshaydi. Masalan, siz HTTP yo'lagi bo'yicha borsangiz sizni web server kutib oladi. Buni ilmiy tilda "web server 8080- portni(eshikni) tinglab turadi" deyiladi, bu eshikga esa HTTP yo'lagi bo'yicha boriladi deb tushunish ham mumkin :) . Demak web server sizni so'rovingizni qabul qiladi va sizga javob beradi. Web serverda nimalar turadi, u sizga qanday qilib javob beradi va shunga o'xshash boshqa narsalarni keyingi maqolalarimda yozib borishlikga harakat qilaman, bu maqolamni esa mandan web sayt yasash uchun nimalar qilish kerak? - deb so'raganliklari uchun yozishni boshlagandim...Endi internetdagi kompyuterlarni fizik bog'lanishiga keladigan bo'lsak, siz uyingizdagi kompyuterga internet ulash uchun avval modem o'rnatasiz, so'ng biror provayderni kartochkasini registratsiya qilib, so'ng ulanasiz. Demak, sizga internetni provayder ta`minlab berdi. Provayderga ulanish yo'llari har xil bo'lishi mumkin, masalan telefon liniasi orqali, usb modem orqali, yoki EVO, SOHO kabilarga besprovodnoy set - radiosignal orqali ulanish mumkin. provayder ham o'z navbatida internetni o'zidan katta biror provayderdan oladi, u katta provayder ham, o'zidan katta boshqa provayderdan oladi, eng yirik provayderlarni esa yirik magistral kanali bog'lab turadi. har bir provayder ma`lum darajada chegaralangan IP adreslar to'plamiga ega bo'ladi va o'ziga ulangan mijozlarga shu IP adreslarni taqsimlab beraveradi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling