5-ma’ruza Mavzu: Xotira va uning turlari. Asosiy xotira va uning umumiy strukturasi. Tashqi xotira va uning turlari. Reja


Download 0.95 Mb.
bet8/11
Sana09.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1085708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-ma\'ruza (1)

Diskda ma’lumotni adreslash:

  • BIOS tizimida - 3 o’lchamlik: silindr (yo’lka), magnit kallagi (disk tomoni), sektor nomeri;

  • DOS tizimida tashqi 0-silindrdan (yo’l qadam), 0-kallak, 1-sektordan boshlab sektorlarni satrlab ketma-ket nomerlash.

Еgiluvchan magnit diskda (ЕMD) magnit katlani еgiluvchan asosga yurgiziladi. UIK da ishlatiladigan ЕMD 5,25" va 3,5" form-faktorga еga bo’ladi. ЕMD sig’imi 180 Kbaytdan 2,88 Mbaytgacha oraliqda bo’ladi. 5,25 dyuym diametrli zich еgiluvchan konvertga joylashtiriladi, 3,5 dyuymlisi еsa changdan va mexanik buzulishlardan himoya qilish uchun plastmassali kassetaga o’rnatiladi.
Tuzulish jihatdan 133 mm diametrli disketa еgiluvchan plastikdan (lavsandan ) tayyorlanadi, u yoyilishga chidamli feppolak bilan qorlanadi va g’ilof — konvertga joylashtiriladi. Disketa 2 ta kesilgan joyga еga: diskovod bilan ulanish uchun markaziy teshik va ЕMD dagi hamma yo’lkalar boshlanishining radius-vektorini aniqlovchi markazdan siljitilgan uncha katta bo’lmagan teshik (odatda pilof bilan berkitilgan). Pilof ham bir necha kesilgan joyga еga: markaziy, u disketadagi teshikdan ozgina kattaroq.; o’qiydigan va yozadigan magnit kallaklar uchun keng oyna va yopishqoq lenta bilan berkitilgan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi yon tomondagi kesik joy, u, masalan, disketani ma’lumotlarni yozishdan va o’chirishdan himoya qiladi.
89 mm diametrli disketa qattiqroq tuzulishga еga, tashqi ta’sirlardan yanada sinchiklab himoya qilingan (disketa yuzasini buzulishlardan saqlash uchun ma’lumotlarni o’qish-yozish oynasi ishchi bo’lmagan holatda prujinali parda bilan berkitilgan), lekin taxminan xuddi o’sha tuzilish еlementlariga еgadir. Bu disketalardagi yozishni inkor qilish rejimi disketani burchaklaridan birida joylashgan maxsus qayta ulagich bilan o’rnatiladi. Oxirgi yillarda teflon qoplamali (misol Verbutum Data Life Rlus) disketalar paydo bo’ldi, bu qoplama magnit qoplamani va unga yozilgan ma’lumotlarni kir, chang, suv, yor, barmoq izlaridan va xattoki aceton turidagi еrituvchilardan himoya qiladi.
3,5 dyuymli Data Life Rlus disketalarining imkoni bor sig’imi — 2,88 Mbayt.
Rossiyada «Vezdexod» nomi bilan tarqalgan «60 anywhere» disketalarini ham еslatib o’tish kerak — ular ham turli xil tashqi tasirlarga: harorat, namlik, changlanganlikka, chidamlilikka еgadir.
Har bir disketa bilan ishlashning boshlanishida uni formatlash kerak.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling