5-ma’ruza Mavzu: Xotira va uning turlari. Asosiy xotira va uning umumiy strukturasi. Tashqi xotira va uning turlari. Reja


Download 0.95 Mb.
bet1/11
Sana09.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1085708
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-ma\'ruza (1)


5-ma’ruza
Mavzu: Xotira va uning turlari.Asosiy xotira va uning umumiy strukturasi. Tashqi xotira va uning turlari.
Reja

  1. Xotira va unig turlari, texnologiyasi.

  2. Kesh xotira, uning ush faoliyatini takomillashtirish.

  3. Xotira iyerarxiyasi



Ma’ruza matni
Xotira har bir axborot so`zini saqlovchi joy xizmatini o`tovchi yacheykalar majmuasidir. Son yoki buyruq qiymatini saqlash uchun xotira yacheykasi ajratiladi. Xotiraga so`zni yozish uchun shu so`z saqlanishiga ajratilgan yacheyka adresi ko`rsatilishi lozim. Barcha komputerlarning tuzilishi Fon Neyman printsipiga asoslangan to`rt qismdan iborat va ularning bir qismi xotira deb aytiladi. Xotira ma`lumot va dasturlar saqlash uchun xizmat qiladi. Shaxsiy kompyuterlar xotiraning 4 ta ierarxik darajasiga ega:

  • mikroprotsessorli xotira (MPX);

  • registrli kesh-xotira;

  • asosiy xotira (AX);

  • tashqi xotira (TX).




Xotira turlarining ikki muhim tavsifi xotira sig’imi va uning tezkorligi.
Birinchi uchta turdagi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi ularga murojaat qilish vaqti (tmur) bilan o’lchanadi, tashqi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi esa ikkita parametr bilan: murojaat qilish vaqti (tkid) va o’qish tezligi (Vo’qish) bilan o’lchanadi.
Tmur - ma’lumotlarni qidirish, o’qish va yozish vaqtlari yig’indisi;
tkid - yig’uvchida (tashuvchi) ma’lumotni qidirish vaqti;
Vo’qish - axborotning yonma-yon baytlarini ketma-ket (transfer) o’qish tezligi.
Umumiy qabul qilingan qisqartirishlarni eslatib o’tamiz: sekund,
ms - millisekund, mks - mikrosekund; 1 s=103 ms=106 mks=109 ns.
Mikroprotsessorli xotira (MPX) - unchalik katta bo’lmagan, lekin o’ta tezkor xotiradir (MPX ga murojaat qilish vaqti, ya’ni bu xotiradan ma’lumotlarni o’qish, qidirish yoki yozish vaqti nanosekundlar -mikrosekundning rningdan bir ulushlari bilan o’lchanadi). U komputer ishlashining yaqin taktlarida hisoblashlarda qatnashadigan ma’lumotlar-ni qisqa vaqt saqlash, yozish yoki berish uchun mo’ljallangan. MPX komputerning yuqori tezkorliligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez harakat qiladigan mikroprotsessorni samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotlarni qidirish, o’qish va yozish
tezligini har doim ham ta’minlay olmaydi.
Mikroprotsessorli xotira razryadliligi mashina so’zidan kam
bo’lmagan tez harakat qiladigan registrlardan tashkil torgan.
Registrlarni soni va razryadliligi turli mikroprotsessorlarda turlicha: 8086 MP da 14 ta ikki baytli registrlardan to Pentium MP dagi turli uzunlikdagi bir nechta o’nlab registrlargachadir.
Mikroprotsessor registrlari umumiy vazifali va maxsus registrlarga bo’linadi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling