5-ma’ruza Mavzu: Xotira va uning turlari. Asosiy xotira va uning umumiy strukturasi. Tashqi xotira va uning turlari. Reja


Download 0.95 Mb.
bet6/11
Sana09.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1085708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-ma\'ruza (1)

Tashqi xotira va uning turlari
Komputerdagi ayrim xotira turlari tashqi xotira qurilmalari (TXQ) hisoblanadi. To‘g‘ri, ularda operativ xotiraga nisbatan amallarni bajarish tezligi kamroq, biroq keragicha katta miqdordagi ma‘lumotni saqlash imkonini beradi. Mazkur imkoniyat, hamda TXQ larning arzon bahosi, ular asosida ma‘lumotlar bazasi va banklar tuzishga asos bo‘ladi.
TXQ larning bir vaqtda bajariladigan modullari EHM larning tashqi xotiralarini tashkil etadi.
Ma‘lumki, ma‘lumotlarning miqdoriga doimo talab oshib bormoqda. Misol uchun, hozirgi zamon komputerlari va hisoblash tizimlarida ma‘lumotlar miqdori o‘nlab va yuzlab gigabaytni tashkil etadi.
Tashqi xotira qurilmasi juda xilma-xildir. Ularni bir qator belgilar bo’yicha tasniflash mumkin: tashuvchi ko’rinishi bo’yicha, konstruksiya turi bo’yicha, ma’lumotlarni yozish va o’qish tamoyili bo’yicha, murojaat qilish usuli bo’yicha va h.k.
Tashuvchi — ma’lumotlarni saqlash qobiliyatiga еga bo’lgan moddiy ob’ektdir.

Tashuvchining turiga bog’liq ravishda barcha tashqi qurilmalarni magnit lentadagi yig’uvchilar va diskli yig’uvchilarga ajratish mumkin.
Magnit lentadagi yig’uvchilar o’z navbatida, ikki turli bo’ladi: bobinali lentadagi yig’uvchilar va kassetali lentadagi yig’uvchilar (strimerlar). Shaxsiy komputerlarda faqat strimerlar ishlatiladi.
Disklar bevosita murojaat qilinadigan ma’lumotni mashinali tashuvchilarga taalluqlidir. «Bevosita murojaat» tushunchasi shuni bildiradiki, komputer qidirilayotgan ma’lumot boshlanadigan yoki yangi ma’lumotni yozish lozim bo’lgan yo’lakchaga yozish/o’qish kallagi qaerda joylashishidan qat’iy nazar bevosita «murojaat qilishi» mumkin.
Disklardagi yig’uvchilar xilma-xilr:

  • еgiluvchan magnit disklardagi (ЕMDY) yig’uvchilar, boshqachasiga, floppi-disklarda yoki disketalarda;

  • qattiq magnit disklardagi yig’uvchilar (QMDY) yoki vinchesterlar;

  • almashinadigan qattiq, magnit disklardagi yig’uvchilar, ularda Bernulli еffekti ishlatiladi;

  • floptik disklardagi yig’uvchilar, boshqachasiga flortical-yig’uvchilar;

  • o’ta yuqori zichlikdagi yozuvli yig’uuvchilor boshqachasiga, VHD-yig’uvchilar;

  • optik kompakt-disklardagi CD ROM (CoMPact Disk) yig’uvchilar;

  • CC WORM turidagi (Continnous CoMPosite Write Once Read Many, bir marta yozish-ko’p marta o’qish) optik disklardagi yig’uvchilar;

  • magnit optik disklardagi yig’uvchilar (MODY);

  • raqamli videodisklardagi DVD (Digital Versatile Disk) yig’uvchilar va b.

Diskllarga murojaat qilish vaqti o’rtacha vaqt oralig’i bo’lib, bu vaqt davomida yig’uvchi talab qilingan qiymatlarni topadi, o’qish yozish kallagini kerakli yo’lkaga to’g’ri keltirish va kerakli sektorni kutish uchun kerak bo’lgan vaqtlar yig’indisi ko’rinishiga еgadir.
Transfer - ketma-ket o’qishdagi qiymatlarni uzatish tezligi. Murojaat qilish turlari: o’qish va yozish (O’/YO), o’qish (O’), o’qish va bir marta-lik yozish (O’/1YO).

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling