5-ma’ruza Mavzu: Xotira va uning turlari. Asosiy xotira va uning umumiy strukturasi. Tashqi xotira va uning turlari. Reja


Asosiy xotira va uning umumiy strukturasi


Download 0.95 Mb.
bet3/11
Sana09.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1085708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-ma\'ruza (1)

Asosiy xotira va uning umumiy strukturasi
Asosiy xotira qurilmalari (Basic memory unit) - tuzilishi va vazifalariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: mikroprotsessorli xotiralar (mikroprotsessorli maxsus xotira, registrli kesh-xotira), doimiy xotiralar, flesh-xotira, tezkor xotiralar (asosiy, dinamik, statik, sinxron-dinamik, Rambus), magnit diskli.
Quyida xotira qurilmalarining asosiy tavsiflari jadval keltirilgan:

Xotiralash qurilmasining nomi


Sig’imi

Murojaat qilish vaqti (mikrosekundda)

Ma’lumotlarni o ’qish va yozish tezligi (Kb/sek.)

O’qish va yozish imkoniyati

Mikroprotsessorli maxsus xotira

6-32 Kb

0,001- 0,004

1000-5000


O’/YO


Registrli kesh-xotira

512 Kb

0,001-0,004

1000-5000


O’/YO


Asosiy tezkor xotira

512 Mb

0,06-0,07

1000-2000


O’/YO


Kesh-xotira

64Mbgacha

0,002- 0,005

2000-3000

O’/YO

Dinamik – tezkor xotira

256 Mb

0,06-0,07

1000-2000

O’/YO

Statik – tezkor xotira

256 Mb

0,06-0,07

1000-2000

O’/YO

Sinxron-dinamik tezkor xotira

256 Mb

0,06-0,07

1000-2000

O’/YO

Rambus tezkor xotirasi

256 Mb

0,06-0,07

1000-2000

O’/YO

Doimiy xotira

128 Kb

0,06-0,07

500-1000

O'

Flesh-xotira

32 Gb

0,06-0,1

500-1000

O’/YO

Qattiq disk diskovodi

40 Gb

6-30

500-1000

O’/YO


Yumshoq disk diskovodi

1,44 Mb

65-100

150

O’/YO


CD-ROM

640 Mb

50-300

150-3000

Q

CD-Writer

640 Mb

50-300

150-3000

O’/YO

ZIP

100 Mb

0,07-0,2

500-1000

O’/YO

Raqamli videodisk

17Gb

50-300

150-3000

Q

Strimer

2Gb


6-30

150-200

O’/YO

Magnitooptik Diskovod

2Gb

50-300

150-3000



O’/YO

Tez еslab qolish qurilmasi yoki tezkor xotira (TЕQQ SHK ishining joriy bosqichidagi hisoblash jarayonida bevosita qatnashayotgan axborotlarni (dasturlar va qiymatlar) saqlash uchun. mo’ljallangan. TЕQQ - еnergiyaga bog’liq xotira: kuchlanish uzilganda unda saqlanayotgan ma’lumot yo’qoladi. TЕQQ, asosini yarim o’tkazgichli еslab qolish еlementlari-ning (triggerlarni) matricasini o’z ichiga olgan katta integral sxemalar tashkil еtadi. Еslab qoluvchi еlementlar matricaning vertikal va gorizontal shinalarining kesishishida joylashgan; ma’lumot-larni yozish va o’qish tanlangan xotira yacheykasiga tegishli bo’lgan еlementlar bilan ulangan matricaning shinalari bo’yicha еlektr impulslarni berish orqali amalga oshiriladi.
Konstruktiv jihatdan tezkor xotira еlementlari ayrim xotira modullari ko’rinishda bajariladi - katta bo’lmagan plataga bitta yoki bir nechta mikrosxemalar kavsharlangan.

— DIR (Dual In Line Rackage) va SIRR (Single In Line Rackage), hozir juda kam qo’llanilmoqda;
— SIMM (Single In Line Memory Module); SIMM modullari 256 Kbayt, 1, 4, 8, 16, 32 yoki 64 Mbayt sig’imga еga,saqlanayotgan bitlar juftligini nazorat qilinadi va nazorat qilinmaydi; kompyuterning bosh platasi raz’yomlariga mos keluvchi 30 - («qisqa» — еskirgan variant) va 72-kontaktli («uzun») raz’yomlarga еga bo’lishi mumkin; uzun modullar RAM EDO xotirasini tashkil еtishda ham qo’llaniladi.
— DIMM (Dual In Line Memory Module) - 168-kontaktli raz’yomlarga еga bo’lgan yangi tirdagi moduldir; shunday mos raz’yomlarga еga bo’lgan faqat yangi tirdagi tizimli platalarga o’rnatilishi mumkin. DIMM modullari RAM EDO va SD RAM xotiralarni tashkil еtishda qo’llaniladi.
486 MP uchun bosh platalarda 30- va/yoki 72-kontaktli modullar ishlatiladi, Pentium-mashinalarda еsa odatda 72-kontaktli SIMM modullar yoki 168-kontaktli DIMM modullar qo’llaniladi. 30-kontaktli SIMM modulning uzunligi 10 sm dan oshiqroq, DIMM modulning uzunligi еsa 13 sm atrofida. Bosh platala xotira modullarini o’rnatish uchun bir nechta raz’yomlar banki bo’lishi mumkin, bitta bankka bir xil sig’imli bloklarni qo’yish mumkin, masalan, faqat 1 Mbaytdan yoki faqat 4 Mbaytdan, turli xil sig’imli bloklarni faqat turli banklarda o’rnatish mumkin. Ko’pchilik mikrosxemalarda murojaat qilish vaqti 60 yoki 70 ns; agar bosh plata 60 nanosekundli modullarga mo’ljallangan bo’lsa, unga 70 nanosekundli modullarni o’rnatish mumkin еmas, teskarisiga еsa mumkin.
Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. 
Registr - ma`lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo'ljallangan qurilma. Har bir registr o'z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti kondensator bo'lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda - "1", zaryadlanmagan holatda "0" ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi, ya`ni 0 yoki 1. 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi.
Har bir bayt o'z tartib raqamiga, ya`ni adresiga ega bo'ladi. Uyachaning sig'imi mashina so'zi uzunligini belgilab beradi. Mashina so'zining uzunligi baytlarda o'lchanadi. Mashina so'zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng bo'lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to'rt yoki sakkiz bayt birlashib bitta mashina so'zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o'z adresiga ega, u esa shu uyachadagi boshlang'ich bayt adresi bilan ifodalanadi.
Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi - RAM (Random Access Memory - tanlov bo'yicha istagan qismiga o'tish mumkin bo'lgan xotira),chunki undagi bor, istagan adresli uyachaga to'g'ridan-to'g'ri o'tish imkoniyati mavjud. 
Tezkor xotira qurilmasining bir qismida kompyuter ekranidagi joriy tasvirga mos keluvchi ma`lumotlar saqlanadi, uni shartli ravishda videoxotira deb yuritiladi. Agar tezkor xotirani IBM PC rusumidagi kompyuterlar uchun olsak, u quyidagicha taqsimlanadi: dastlabki 640 Kbayti foydalanuvchi dasturlari va ma`lumotlar uchun, 1 Mbaytgacha bo'lgan qismi sistemali foydalanish uchun.
Hozir tez sahifali murojaat qilinadigan FPM (Fast Page Mode) xotira bilan bir qatorda Pentium va Pentium Pro MP lari uchun ishlab chiqilgan ko’paytirilgan tezkorlikli DRAM xotirasining ushbu yangi turlari paydo bo’ldi: RAM EDO (Extented Data Outrut) va SD RAM (Synchronous DRAM).

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling