Kompyuterni tashkillashtiri fanidan


Download 113.06 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi113.06 Kb.
#1391183
  1   2   3

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



KOMPYUTERNI TASHKILLASHTIRI FANIDAN

  1. AMALIY MASHG’UOLTI

MAVZU:SKAYNER QURILMASINING TAHLILI


BAJARDI:Jamoldinov Ravshavshanbek Fazliddin og’li

Skaner maqsadi
Reja:
1.Skaner qurilmasi vazifasi
2.Skaner turlari
3. Grafik axborotni SHKlarda tasvirlash formatlari
Skaner qurilmasi vazifasi
Skaner bu ma’lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita ЕHM ga kiritish qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin. Skaner nusxa ko’chirish apparatiga o’xshab qog’ozli hujjatning tasviri nusxasini qog’ozda еmas, balki еlektron ko’rinishda yaratadi — tasvirning еlektron nusxasi yaratiladi.
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash еlektron tizimining muxim bo’g’ini va istalgan «еlektron stol» ning kerakli еlementidir. O’z faoliyatining natijalarini fayllarga yozib va ma’lumotni kog’ozli hujjatlardan SHK ga obrazlarni avtomatik anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qog’ozsiz ish yuritish tizimini yaratishga amaliy qadam qo’yish mumkin.
Skanerlar juda xilma-xildir va ularni bir qator belgilari bo’yicha tasniflash mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli bo’ladi.
Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o’qishi mumkin. SHtrixli tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, qo’l rang darajalarini uzatmaydi. Nim rangli tasvirlar qo’l rangning 16, 64 yoki 256 darajalarini anglash va uzatish imkonini beradi.
Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nusholar (originallar) bilan ishlaydi. Birinchi holatda ular ham shtrixli, ham nim rangli tasvirlarni o’qish uchun ishlatilishi mumkin.
Rangli skanerlarda rangli RGB (Red-Green-Blue) modul ishlatiladi: skanerlanadigan tasvir aylanadigan RGB yorug’lik filtri yoki ketma-ket yondiriladigan uchta rangli chiroqlar orqali yoritiladi; har bir asosiy rangga mos signal alohida qayta ishlanadi.
Uzatiladigan ranglar soni 256 tadan 65536 tagacha (High Color standarti) va xatto 16,8 milliontagacha (True Color standarti) tebranishi mumkin.
Skanerlarning o’tkazish qobiliyati tasvirning bir dyuymdagi ajratiladigan nuqtalar miqdori bilan o’lchanadi va 75 dan 1600 dpi gacha (dot per inch) bo’ladi.
Konstruktiv jihatdan skanerlar dastaki va stolli bo’ladi.
Stolli skanerlar, o’z navbatida planshetli, rolikli va proekcion bo’ladi.
Shaffof tashuvchilardan tasvirni o’qiydigan slayd-skanerlar alohida ajralib turadi. 



Download 113.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling