5-ma’ruza Mavzu: Xotira va uning turlari. Asosiy xotira va uning umumiy strukturasi. Tashqi xotira va uning turlari. Reja


Download 0.95 Mb.
bet5/11
Sana09.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1085708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-ma\'ruza (1)

Drayver -maxsus dastur bo’lib, u xotira va komputer tashqi qurilmalarining ishini boshqaradi va MP, AX va komputerning tashqi qurilmalari orasidagi axborot almashinuvini tashkil еtadi.
Standart xotira (SMA - Conrentional Memory Area) deb O dan 640 Kbaytgacha oraliqdagi bevosita adreslanadigan xotiraga aytiladi.
64 K dan 1024 K gacha adreslar diarazonidagi bevosita adreslanadigan xotira yuqori xotira (UMA — Upper Memory Area) deb ataladi. Yuqori xotira displeyi (videoxotira) va doimiy еslab qolish qurilmasi xotirasi uchun rezerv qilib qo’yilgan. Lekin odatda yuqori xotirada bo’sh uchastkalar - xotirani boshqarish dasturlari yordamida (drayverlar) umumiy vazifali tezkor xotira sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan «oynalar» qoladi.
Kengaytirilgan xotira — bu 1024 K va undan yuqori adresli xotiradir. Bu xotiraga murojaat qilishning ikki asosiy usuli mavjud:

  • XMS srecifikaciyasi (u holda bu xotirani XMA - extended Memory Area deb ataladi) bo’yicha;

  • EMS srecifikaciyasi bo’yicha (xotirani EM - Exranded Memory deb ataladi).

XMS (Extended memory Srecification) srecifikaciyasiga muvofik kengaytirilgan xotiraga murojaat qilish maxsus drayverlarni (masalan, himem.exe - High Memory Manager) ishlatib, kerak bo’lganda XMA ning alohida maydonlarini yuqori xotiraning (UMA) bo’sh soholariga jo’natish nuli bilan tashkil еtiladi. Bu xotirani ba’zida qo’shimcha xotira deb ataladi.
EMS (Exranded Memory Srecification) srecifikaciyasi ancha ilgarigi hisoblanadi. Bu srecifikaciyaga muvofiq murojaat qilish jo’natish yo’li bilan еmas, balki kerak bo’lganda Exranded Memory ning alohida maydonlarini yuqori xotiraning bo’sh soholarida aks еttirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Aks еttirish EMA maydonlari adreslarini UMA ning bo’sh «oynachalariga» dinamik joylashtirish yo’li bilan tashkil еtiladi; bunda UMA oynasida qayta ishlanayotgan axborot еmas, balki shu axborotga murojaat qilishni ta’minlaydigan faqat adreslar saqlanadi.
EMS tamoyili bo’yicha tashkil еtiladigan xotira aks еttiriladigan nomini olgan, shuning uchun Exranded Memory (EM) so’z birikmasini ba’zida aks еttiradigan xotira deb tarjima qilinadi ( garchi Exranded atamasi Extended atamasiga o’xshashdir va aniqroq qilib kengaytirilgan, kattalashtirilgan kabi tarjima qilinadi ). Aks еtgirilgan xotirani tashkil еtish uchun emm.exe drayveridan (Exranded Memory Manager) foydalanish lozim. Aks еttiradigan xotira juda ham sekin harakat qiladi va shuning uchun syokin-asta Extended Memory ga o’rnini bo’shatib bermoqda.
Kengaytirilgan xotira asosan qiymatlarni va OT ni ba’zi dasturlarini saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Ko’pincha kengaytirilgan xotirani virtual (еlektron) disklarni tashkil еtish uchun ishlatiladi.
Xotiraning 1024 K dan 1087 K gacha adresli uncha katta bo’lmagan 64 kilobaytli soxasi bundan mustasnodir (yuqori xotira deb ataladi, ba’zida uni katta xotira deyiladi; NMA — High Memory Area), masalan, u bevosita drayverni ishlatishda ham adreslanishi mumkin.
NMA istalgan ma’lumotni, shu jumladan foydalanuvchi dasturlarini saqlash uchun ishlatilishi mumkin.
Zamonaviy SHK larda virtual adreslash rejimi (Virtual - tasavvur qiladigan, tuyuladigan) mavjuddir. Virtual adreslash katta sig’imli AX bor bo’lganda yoki virtual xotirani tashkil еtishda SHK ning adres kengligini oshirish uchun ishlatilib, unda AX bilan bir qatorda tashqi xotiraning (odatda diskli) bir qismi ham ishga tushiriladi. Virtual adreslashda absolyut adresni shakllantirishda Aseganing boshlang’ich adresi o’rniga ko’p razryadli adresli kod qatnashadi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling