5-ma’ruza. Mineral oziqlanish fiziologiyasi Reja


Download 20.4 Kb.
bet5/6
Sana11.11.2023
Hajmi20.4 Kb.
#1767291
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-ma’ruza. Mineral oziqlanish fiziologiyasi Reja-fayllar.org

Organik azot. Bu tuproqdagi organik moddalar tarkibidagi azot bo‘lib, u keyinchalik parchalanib mineral formaga o‘tadi. Bunda amm onifikatsiya va nitrifikatsiya jarayonlari muhim o ‘rin tutadi. Shuni aytib o‘tish lozimki, o‘simliklarning organik moddalari tarkibiga azot faqatgina ammoniy azoti, nitrat ionlari holida kirishi tufayli o’simliklar to’lonidan yutilgan moddalar ammiakkacha qaytarilishi lozim. Bu jarayon ikki bosqichdan iborat:

l.N itratning nitritgacha (NO3-  NO2-2 ) qaytarilishi. Bu jarayon nitratreduktaza


fermenti ishtirokida ikkita elektronning ko‘chirilishi bilan boradi NO3 Nitratreduktaza indutsirlanuvshi ferment bo‘lib, hujayraga NO3- ionlarining kirishiga javoban sintezlanadi. Shuningdek, ushbu ferment organik birikmalar va sitokininga nisbatan ham sintezlanishi mumkin. U elektronlarni NADH moddasidan NO3- birikmasiga ko‘chiruvchi ikkita subbirlikdan iborat. Bu subbirliklar tarkibida gem - va molibden tutuvchi flavoproteindan iborat bo‘lib mol. massasi 200 - 300 kDa.
2. Nitritning ammiakgacha qaytarilishi (NO2-2  NH4+). Ushbu jarayon nitritreduktaza fermenti ishtirokida borib, oltita elektronning ko‘chirilishi bilan ro‘y beradi. N itritreduktaza nisbatan kichik molekulali oqsil bo‘lib, o ‘zida 600 dona atrofida aminokislotalar tutadi va uning mol.massasi 60-70 kDa.
Ildizda aminlanish va qayta aminlanishi hisobiga 25 xildan ortiq azotli birikmalar hosil bo‘ladi. Nitratlar asosan ildiz va barglarda.
O’simlik hujayralari asosan azotni uchta fraktsiyasini tutadi. Bular anorganik azot (NH4+va NO3-), kichik molekulali organik birikmalar (aminokislatalar, amidlar va azot asoslari) va yuqori molekulali azotli birikmalar (oqsillar, nuklein kislotalar).
O ’simliklardagi mavjud azotning 80-95% oqsillarga, —10% nuklein kislotalarga va 5% aminokislotalar va amidlar hissasiga to ‘g ‘ri keladi. o’simlikning vegetativ qismlaridagi azotning ko‘p qismi fermentlar tarkibida b o ‘lsa, urug‘larda zaxira oqsillar tarkibida bo’ladi. Azot shuningdek, fosfolipidlar, koenzimlar, xlorofillar, fitogormonlar (auksin, sitokinin) va boshqa birikm alar tarkibiga kiradi.

Tuproqda azot yetishm asa o ‘simliklarning o ‘sishi sekinlashadi va uning barglari m aydalashib sarg‘ayadi. Shuningdek, gul va tugunlar to'kiladi. Azotning o'sim lik lar uchun o ‘ta yetishmasligi uning qurib qolishiga olib keladi.


Fosfor. Ushbu element ham azot kabi o‘simliklar mineral oziqlanishida asosiy o‘rinlardan birini tutadi.
Yerning haydaladigan qism ida fosforning miqdori juda kam-bir gektar maydon hisobiga 2 ,3 -4 ,4 t atrofida (P2O5 hisobida). Buning 2/3 qismi ortofosfat kislotasining (H3PO4) mineral tuzlariga 1/3 qismi esa organik birikmalar (organik qoldiqlar, gumus, fitat va boshq.) hissasiga to‘g‘ri keladi. Fitatlar organik fosforning yarmisini tashkil qilishi mumkin. Uning asosiy qismi tuproqdagi o ‘simliklar va hayvonlar qoldig‘ida, chirindi va minerallar tarkibida hamda tuproq eritmasida bo’ladi. Tuproqda o ‘simlik o ‘zlashtiradigan fosfor ju d a kam -0,3% . Fosforning tabiatdagi manbasi bu apatitdir [Ca5 (RO4)z CaF]. Ular asosida bir qancha fosforli o‘g‘itlar olinadi. Fosforning o ‘simliklar uchun o ‘zlashtirilishi mumkin bo’lgan formalari Ca(H2PO4)2 va Ca3(PO4)2 hisoblanadi.
O’sim liklar fosforning ayrim organik form alarini-fitin, qandli fosfatlarni kam O’zlashtirishi mumkin. Tuproq eritmasidagi fosforning miqdori 0,1-1 mg/1 atrofida. Tuproqdan o ‘simlik ildizlariga fosfor PO4- anioni holida o’ladi va shu holatda hujayradagi organik moddalar tarkibiga kiradi. o’simlik to ‘qimalaridagi fosforning miqdori, quruq og’lrlikga nisbatan 0,2-1,3% .
Kaliy. O’simlik quruq og‘irligining 0,5-1,2% kaliydan iboratdir. o’simlikka u K+ ionlari holida o ‘tadi. Kaliyning hujayradagi miqdori 100-1000 baravar ko‘pdir. U boshqa kationlarning barchasidan ko‘pdir. Tuproqdagi kaliyning miqdori fosforga nisbatan 8-40 baravar, azotga nisbatan 5-50 baravar ko‘pdir. Kaliy tuproqda minerallarning kristal panjarasi holatida, kolloid zarrachalarida ion almashuvchi va ion almashmovchi holatida organik qoldiqlarda, mikroorganizmlarda va tuproq eritmasining mineral tuzi holatida bo’lishi mumkin.
O’simliklar uchun eng yaxshi kaliyli oziq bu umumiy kaliyning 0 ,5-2% ni tashkil qiluvchi kaliyning eruvchan tuzlari tashkil qiladi. Uzoq vaqtlar o‘simlik kuli kaliyli oziq sifatida qo’llanilgan. Kaliy ayniqsa yosh to ‘qimalarda o ‘zining yuqori faolligiga ega bo’lib, deyarli organik birikmalar tarkibiga kirmaydi. U erkin yoki adsorbsiyalangan holatda bo‘ladi. Kaliy o ‘simlikning qari organlaridan yosh organlarga ko‘chish qobiliyatiga, y a ’ni reutilizatsiyalanish xususiyatiga ega. Kaliyning ko‘p qismi (-8 0 % ) vakuolada, qolgan qismi esa sitoplazmada kolloid moddalar bilan bog‘langan (20%) holatda b o ‘lib va ularga bevosita ta 's ir etadi. Kaliy yomg‘ir suvlari bilan qisman yuvilishi mumkin.
O’simlik hujayralarining turgor holati ham ulardagi K+ ionlarining miqdoriga bevosita bog’liqdir. Kaliy xloroplast va mitoxondriyalarning oqsillari bilan bog’lanadi. Shu tufayli uning taqchilligida bu organoidlarning tuzilishi buziladi. Barg og’izchalarining dinamik ochilib yopilishi K+ ionlariga bog’liq. Yorug’likda K+ ionlarining miqdori 4 -5 barobar ko’payadi. Bu esa o‘z navbatida tutashtiruvchi hujayralarga suvning kirishiga sabab bo’ladi hamda hujayraning turgor holatini ta ’minlaydi va Og’izchalar ochiladi. Kechqurun turgor bosim kamayib og‘ izcha yopiladi.
Kaliy elementi o ‘simliklarga suvning yutilishi va uning tashiluvi uchun xizmat qiladi. Adabiyotlar m a’lumotlariga qaraganda o ‘simlik tanasidagi suvning pastki harakatlantiruvchi ildiz bosimining 3/4 qismi shirada kaliy ionlarining mavjudligiga bog’liq.

Download 20.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling