Natriy. Ushbu element o‘simlik tanasida, ayniqsa sho‘rlangan tuproqlarda o‘suvchi, galofitlarda ko‘p uchraydi. Natriy elementining o‘simliklardagi o‘rni hozircha mavhumroq. Ammo madaniy o‘simliklardan qand lavlagini o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi tuproqdagi natriy miqdoriga qatiyan bog’liqdir. Natriy dengiz suvlarida juda ko‘p. Ammo dengiz suv o ‘tlari hujayralarida kaliy elementining miqdori yuqori. Chunki o‘simliklar o‘zlari uchun zarur elementlarni to‘plash xususiyatiga ega.
Nazorat savollari
1. O’simliklarda azot almashinuvi.
2. Nitratlami qaytarilishi? Amidlami hosil bo’lishi.
3. O’simliklarda fosfor almashinuvi.
4. O’simliklarda kaliy almashinuvi.
5. O’simliklardagi oltingugurtni almashinuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |