5-ma’ruza Shikastlanishlar. Yumshoq to‘qima shikastlanishi va btyo bosh miya Shikastlanishi va unda btyo
Download 68 Kb.
|
5 маъруза
5-ma’ruza Shikastlanishlar. Yumshoq to‘qima shikastlanishi va BTYO Bosh miya Shikastlanishi va unda BTYO Reja:
1. SHikastlanishlarning tasnifi 2. YUmshoq to‘qimalarning SHikastlanish turlari 3. Uzoq vaqt bosilish sindromi, asosiy belgilari va unda BTYO 4.Bosh miya SHikastlanishining asosiy belgilari 5. Miya chayqalishi 6. Miya urilishi va ezilishi, belgilari, BTYO. SHikastlanish deb odam organizmiga to‘satdan turli tashqi omillar ta’siri natijasida to‘qimalarda, organlarda anatomik-funksional o‘zgarishlar vujudga kelib, maxalliy va umumiy reaksiyalar bilan davom etadigan patologik holatga aytiladi. SHikastlanishlarning quyidagi turlari ma’lum: ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan, harbiy, qasddan etkazilgan. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq SHikastlanish korxona, tashkilot v.b. ish jarayonida sodir bo‘ladi. Bunga qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq SHikastlanish ham kiradi. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan SHikastlanish korxona, tashkilot v.b. ish jarayonida sodir bo‘lmaydi. Bunga uy sharoitida, transportda, ko‘chada, sport bilan shug‘ullanganda bo‘ladigan SHikastlanishlar kiradi. Harbiy SHikastlanish esa harbiy xizmat bilan bog‘liq SHikastlanishlarni o‘z ichiga oladi. Qasddan SHikastlanishga esa o‘zgalar tomonidan ataylab etkaziladigan SHikastlanishlar kiradi. SHikats etkazadigan omillar-mexanik, fizik, kimyoviy va b. bo‘lishi mumkin. Ko‘rinishi bo‘yicha yopiq va ochiq; kelib chiqishi bo‘yicha bevosita va bilvosita SHikastlanishlar farqlanadi. YOpiq SHikastlanishlarda teri butunligi saqlanadi, teri ostidagi to‘qima va a’zolar shikatslanadi. Ochiq SHikastlanishda esa teri jarohatlanadi. Bevosita SHikastlanishda tashqi omil ta’sir etgan joyda o‘zgarishlar kuzatiladi. Bilvosita SHikastlanishda esa ta’sir joyida o‘zgarishlar bo‘lmay, boshqa joylarda o‘zgarish kuzatiladi. SHikatslovchi omil bir marta yoki uzoq vaqt atsa-sekin ta’sir etishi mumkin (o‘tkir va surunkali SHikastlanishlar). SHikastlanishlarning maxalliy belgilariga og‘riq, teri rangini va butunligini o‘zgarishi, SHikastlangan a’zo faoliyatini buzilishi va b. kiradi. Umumiy belgilarga xushdan ketish, shok, kollaps kiradi. SHikastlanish darajasi quyidagi omillarga bog‘liq: 1) shikatslovchi omilni fizikaviy tavsifi, 2)SHikastlangan to‘qimalarning anatomik-fiziologik xususiyatlari, 3) SHikastlanish vaqtida jabrlanuvchining ahvoli, 4) to‘qima va a’zolardagi patologik o‘zgarishlar va b. SHikastlanishlar kechishiga qarab: engil (ish qobiliyati yo‘qotilmaydi, o‘rtacha (ish qobiliyati vaqtincha yo‘qotiladi) va og‘ir (ish qobiliyati uzoq vaqt yo‘qotiladi) bo‘lishi mumkin. YUmshoq to‘qimalarning yopiq SHikastlanishi.
Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling