Es-xushning tiniqligi-bemor atrof-muxit, vaqt va o‘z xolatini baholay oladi, savollarga mos javob beradi.
Uyquchanlik xolati-bemor oddiy savollarga to‘g‘ri javob beradi, vaqt va turgan joyini aytib berolmaydi, uyqu tortadi.
Sopor xolati-so‘zlarga javob bermaydi, faqat bemorda og‘riqqa javob reaksiyasi mavjud.
Koma xolati-bemor ichki va tashqi qo‘zg‘atuvchilarga javob bermaydi. Ayrim asosiy reflekslargina saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin, nafas va Yurak faoliyati izdan chiqadi, asfiksiya xavfi paydo bo‘ladi, peshob tutiladi.
Xotiraning o‘zgarishi: retrograd va anterograd amneziya tarzida namoyon bo‘ladi. Retrograd amneziya- SHikastlangan zaxoti xotirani yo‘qolishi va uni qisqa vaqt davom etishi. Anterograd amneziya-xotirani SHikastlangan davrdan to to‘la tiklanguncha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yo‘qolishi.
Ko‘z soqqasining xolati: miya chayqalgan odamda odatda ko‘zlari yopiq xolatda bo‘ladi. Ko‘z olmasining noto‘g‘ri joylashishi miyani og‘ir jaroxatlanishidan darak beradi. Ko‘z olmasining muvofiqlashmagan xarakatlanishi (nitsagm) ham miyani SHikastlanganini bildiradi.
Ko‘z qorachig‘ining xolati qorachiqni qisqarishi sekinlashishi yoki yo‘qolishi miya SHikastlanganini bildiradi. Ko‘z qorachig‘ini bir tomonlama kengayishi (anizokoriya) miyaga qon quyilganda, miya ezilganda kuzatiladi. Ko‘z qorachig‘ini ikki tomonlama kengayishi va qorachiqni yorug‘likka reaksiyasini yo‘qolishi miyani ikki tomonlama bosilganligini bildiradigan noxo‘sh belgi xisoblanadi.
Bundan tashqari miya SHikastlanganda mimik mushaklarni asimmetriyasi, ensa mushaklarini rigidligi va b. belgilar kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |