ANEMIYALAR
Anemiya (kamqonlik)— hajm birligidagi qonda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdori kamayib ketishi bilan ta'riflanadigan kasallikdir. Bunda to'qimalarga kislorod yetkazib berish jarayoni izdan chiqadi. Anemiyalarning sabablari, xuddi klinik ko'rinishlari singari, juda har xil. Biroq, anemiyaning hamma turlarini uchta asosiy guruhga bo'lish mumkin.I. Postgemorragik anemiya.
O'tkir (masalan, travmadan keyin boshlanadigan) anemiya; Surunkali (me'da-ichak yo'li, ayollar jinsiy organlari shikastlanganida boshlanadigan) anemiya.
II. Gemolitik anemiya
Eritrotsitlar tuzilishida tug'ilishdan o'zgarishlar borligiga aloqador anemiyalar.
1) Immun tabiatli gemolitik anemiya:
a) izoimmun anemiya — chaqaloqdarning posttransfuzion, gemolitik kasalligi;
b) autoimmun anemiya — idiopatik (birlamchi) anemiya;
v) dori preparatlari ta'siriga aloqador anemiya.
2) Eritrotsitlarning mexanik tarzda zararlanishiga aloqador anemiya:
a) mikroangiopatik anemiya: trombotsitlar va trombotsitopenik purpura, QKTIQ-sindromi
(DVS-sindrom);
b) yurak qopqog'lari protezlanganida boshlanadigan (kardial) anemiya;
v) infeksion anemiya (masalan, bezgakda bo'ladigan anemiya).
Eritrotsitlar tuzilishida tug'ilishdan o'zgarishlar borligiga aloqador (irsiy) anemiyalar:
1) eritrotsitlar sitoskeleti membranalarining buzilishi (eritrotsitlar membranopatiyasi,
sferotsitoz);
2) eritrotsitlar fermentlari tanqisligi (eritrotsitlar fermentopatiyasi);
3) gemoglobin sintezining buzilishi (gemoglobinopatiyalar).
III. Eritropoez izdan chiqishi tufayli boshlanadigan anemiyalar.
A. Boshlang'ich qon hujayralari proliferatsiyasi va tabaqalanishining izdan chiqishi:
1) aplastik anemiya;
2) eritrotsitlar sof aplaziyasi;
3) buyrak yetishmovchiligida uchraydigan anemiya; 3) endokrin buzilishlarda uchraydigan
anemiya.
B. Eritrotsitlar proliferatsiyasi va yetilishining izdan chiqishi:
1) DNK sintezida nuqson bo'lishi: vitamin V12 va folat kislota tanqisligi yoki yetarlicha
o'zlashtirilmasligi (megaloblastik anemiya);
2) gemoglobin sintezidagi nuqsonlar:
a) gem sintezining buzilishi - temir yetishmasligidan bo'ladigan anemiya,
b) globin sintezining buzilishi — talassemiya.
3) noma'lum sabablarga aloqador anemiya:
a) sideroblastik anemiya, surunkali infeksiyalarda uchraydigan anemiya,
b) ko'mik infiltratsiyasiga aloqador miyeloftiz anemiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |