5-ma`ruza si dasturlash tilida kiritish-chiqarish funktsiyalari va operatorlari


Ma`lumotlarni  kiritish funktsiyalari


Download 210.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana08.01.2022
Hajmi210.08 Kb.
#237947
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-Maruza-1

Ma`lumotlarni  kiritish funktsiyalari 

Si  da  bir  nechta  kiritish  funktsiyalari  bor.  Ularning  ayrimlari  malumotlarni 

fayldan, ayrimlari esa malumotlarni klaviaturadan kiritishni tashkil qiladi. 

 

scanf funktsiyasi

Scanf  klaviaturadan  kiritishda  asosiy  bo’lib  hisoblanadi.  Uning  yozilish 

formati quyidagicha: 

scanf(“format satri”,,,…); 




format satrida formatlash belgilari ishlatiladi. %d – butun son kiritish uchun, %f – 

haqiqiy tipdagi sonlarni kiritish uchun, %s – satrli o’zgaruvchilarni kiritish uchun va 

hokazo. 

Scanf  da  format  satridan  so’ng  o’zgaruvchilarning  o’zi  emas,  ularning 

adreslari yoziladi. Masalan, 

scanf(“%d %d”,&a,&b); 

ushbu buyruq orqali klaviaturadan 2 ta butun son bir-biridan bo’sh joy (probel) bilan 

ajratilgan holda kiritiladi. U sonlarning birinchisi a ga, ikkinchisi b ga o’zlashtiriladi. 

Umuman aytganda, birinchi son bilan ikkinchi son orasida istalgancha probel, 

tabulyatsiya  belgisi  qo’yilishi  yoki  birinchi  son  kiritilgandan  so’ng  Enter  bosilib, 

keyingi satrda ikkinchi o’zgaruvchi qiymati kiritilishi mumkin. 

Agar oldin yozilgan scanf funktsiyasini 

Scanf(“%d, %d”,&a,&b); 

kabi  yozsak  yoki  formatlar  o’rtasida  vergul  belgisini  qo’ysak,  klaviaturadan 

kiritilayotgan  paytda  ham  birinchi  va  ikkinchi  son  o’rtasida  vergul  belgisi  qo’yib 

kiritish kerak. 

Agar klaviaturadan simvollar satrini kiritmoqchi bo’lsak va bu satrni massiv 

misoli sifatida olsak, scanf ni quyidagicha yozamiz: 

Char name[30]; 

scanf(“%s”,name); 

bu  erda  name  simvollar  massivi  bo’lgani  uchun  uning  qiymati  massiv  adresidir. 

Shuning  uchun  Scanf  funktsiyasida  name  oldida  &  belgisi  qo’yilmaydi.  Bu  erda 

simvollar  ketma-ketligini  kiritayotganda  ular  orasida  “  ”  (bo’sh  joy)  belgisi 

bo’lmasligi kerak. Agar kiritilayotgan simvollar ketma-ketligida bo’sh joy qo’yilsa, 

name o’zgaruvchisiga shu bo’sh joygacha bo’lgan simvollar qabul qilinadi, xolos. 


Download 210.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling