puts va putchar chiqarish funktsiyalari
puts satrni ekranga chiqaradi va kursorni yangi satr boshiga o’tkazib qo’yadi.
Masalan, puts(“SAMARKAND”); deb yozsak, ekranda SAMARKAND so’zi
chiqarilib, undan keyingi chiqariladigan malumotlar yangi satr boshidan boshlanib
chiqariladi.
putchar funktsiyasi esa bitta simvolni ekranga chiqaradi, lekin kursorni
keyingi satrga o’tkazmaydi.Masalan,
putchar(‘A’); PRINTF(“
ALI”);
kabi yozsak, ekranda A ALI kabi yozuv chiqadi.
Ushbu funktsiyalardagi quyidagi farqqa e`tibor berish kerak. Agar satrni chiqaruvchi
puts funktsiyasida chop etiladigan ma`lumotlar qo’shtirnoq (“) ichiga olingan
bo’lsa, putchar funktsiyasida simvol (‘) ichiga olinayapti.
Ushbu funktsiyalarning ishlatilishi afzalligi shundan iboratki, ularda format
belgisi yo’q va bu narsa dastur yozishda dastur hajmini kamaytiradi.
Dastur yozilishi.
Dastur main() – funktsiyasidan (so’zidan) boshlanadi. Har bir operatorlar
bloki { -katta qavs belgisidan boshlanib, } –belgisi bilan tugallanadi. Bunday qavslar
ichma-ich bo’lishi mumkin.
Misollar:
Main()
{ float pi=3.14;
float s,r;
printf( “doira radiusini kirit→”);
scanf(“%f”, r);
printf(“doiraning yuzi =”);
s=pi*r*r;
printf(“%f”, s);}