5-ma’ruza. Tolali optik aloqqa tizimlarida optik kanallarni zichlashtirish usullari


Download 48.95 Kb.
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi48.95 Kb.
#1838217
  1   2   3
Bog'liq
5-ma’ruza


5-ma’ruza. Tolali optik aloqqa tizimlarida optik kanallarni zichlashtirish usullari.
Reja:

  1. Tolali optik aloqa tizimi liniyasini zichlashtirish usullari.

  2. Vaqt bo‘yicha zichlashtirish.

  3. Chastota bo‘yicha zichlashtirish.

  4. To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirish.


Kalit so‘zlar: zichlashtirish, vaqt, chastota, to‘lqin uzunligi.
1.Tolali optik aloqa tizimi liniyasini zichlashtirish usullari

TOAT liniyalarini quyidagi zichlashtirish usullari mavjud: vaqt bo‘yicha, chastota va tÿlqin uzunligi bo‘yicha.


Vaqt bo‘yicha zichlashtirish. Bu usulda bir necha informatsion oqimlarni bitta oqimga birlashtirish nazarda tutiladi. Birlashtirish elektrik signallar va optik signallar darajasida amalga oshirilishi mumkin. Elektrik signallar darajasida vaqt bo‘yicha zichlashtirilgan TOAT liniya traktining tuzilish sxemasi 1.1-rasmda ko‘rsatilgan .


1.1-rasm. Elektrik signallar darajasida vaqt bo‘yicha zichlashtirilgan
TOATning liniya trakti.

A va V kirishdan tushayotgan elektrik signallarning ikki qism impulslari (N manba bo‘lishi mumkin) birlashtiruvchi qurilma (BQ) yordamida vaqt bÿyicha aniq ketma-ketlikka ega guruhli signalga birlashtiriladi. Guruhli signal optik uzatgich OUz da optik tashuvchini modulyatsiyalaydi. Optik nurlanish OT bo‘ylab tarqaladi va optik qabul qilgich OQq da qaytadan elektr signaliga o‘zgartiriladi. So‘ng bu signal ajratuvchi qurilma (AQ) yordamida A1 va V1 chiqishlariga beriladigan impulslarga ajratiladi.


O ptik va raqamli oqimlarni birlashtirish sxemasi 1.2–rasmda ko‘rsatilgan.

1.2-rasm. Optik signallar darajasida vaqt bo‘yicha zichlashtirilgan


TOATning liniya trakti.
N manbadan elektrik raqamli oqimlar N optik uzatgich OUz ga tushadi. OUz da elektr signallar optik signallarga o‘zgartiriladi. Optik signallarni birlashtirishdan oldin ularni Δt;2Δt;3Δt;...( N -1) Δt ga kechikishi ro‘y beradi. Bunday kechikishdan keyin optik siljitgich (OS) chiqishida optik impulslar ketma-ketligiga ega bo‘lamiz. Qabyl qilishda bunga teskari jarayon amalga oshiriladi.
Vaqt bo‘yicha zichlashtirishda qisqa (10-9S va undan kichik) yorug‘lik impulslarini uzatish talab etiladi. Lekin subnanosekundli impulslarni uzatish TOAT uzatib qabul qiluvchi apparaturalarining optoelektron qurilmalarining oxirgi imkoniyatiga yaqin bo‘lgan tezkorligiga juda yuqori talablar qo‘yadi. Bundan tashqari optik tolaning dispersiya xususiyatlari tufayli uzatish tezligi, o‘tkazish oralig‘i ham chegaralangan.
Vaqt bo‘yicha zichlashtirishning asosiy afzalligi bu OT o‘tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish koeffitsientining ortishi va to‘liq optik aloqa tarmoqlarini yaratish imkoniyatining mavjudligi hisoblanadi.

Download 48.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling