5-ma’ruza. Tolali optik aloqqa tizimlarida optik kanallarni zichlashtirish usullari


Download 48.95 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2024
Hajmi48.95 Kb.
#1838217
1   2   3
Bog'liq
5-ma’ruza

Chastota bo‘yicha zichlashtirish. Chastota bo‘yicha zichlashtiriladigan TOAT liniyalarida turli axborot manbalarining boshlang‘ich signallariga aniq chastota oraliqlari ajratiladi. Bu holda guruhli liniya signallarini xosil qilish uchun yaqin joylashgan stabil optik tashuvchilar talab qilinadi. Biroq, ayniqsa yuqori tezlikli modulyatsiyalashda yarim o‘tkazgich lazerlarning nurlanish liniyalarining nostabilligi qo‘shni kanallarning ishchi to‘lqin uzunliklari orasida spektr bo‘yicha oraliqlarini informatsion signal oraliqlaridan bir necha marta oshib ketishiga olib keladi. Shuning uchun TOATda spektral yaqin joylashgan kanallarni xosil qilish uchun turli manbalarning turli tashuvchilaridan emas, balki optik tashuvchilarni surish yordamida bitta manbaning turli tashuvchilaridan foydalaniladi.
Guruxli signallarni shakllanish sxemasi 1.3-rasmda tasvirlangan.
Qator ƒ1, ƒ2,..., ƒn tashuvchilardan iborat optik nurlanishlar lazer nurlanish manbai (NM) chiqishidan analizator A1 ga tushadi. So‘ng chorak to‘lqinli λ/4 prizmadan o‘tib birinchi kanalning F1 filtriga uzatiladi.
Bu filtr birinchi kanalning ƒ1 optik tashuvchisini OM1 optik modulyatoriga o‘tkazadi va bu yerda u axborot manbaidan berilgan signal bilan modulyatsiyalanadi.
ƒ1, ƒ2,..., ƒn1, dan tashhari) chastotali optik nurlanish filtrdan aks etib, u ham A1 analizatorga qaytadi. Yo‘li bo‘ylab u ikkinchi marta chorak to‘lqinli λ/4 prizmadan o‘tib, A2 analizatorga tushadi. OM1 optik modulyatorda informatsion signal bilan modulyatsiyalangan birinchi kanalning optik tashuvchisi ko‘zgudan aks etib, A1 analizatorga qaytadi.


1.3-rasm. Chastota bo‘yicha (geterodinli) zichlashtirishda guruhli optik


signallarning shakllanish sxemasi

Ikki martalab chorak to‘lqinli λ/4 prizmadan o‘tgan optik signalning qutblanish yuzasi boshlang‘ich tebranishning qutblanish yuzasiga nisbatan π/2 ga buriladi.


Natijada yorug‘lik to‘plami prizmada bir tomonga yo‘naladi va undan chiqadi. So‘ng umumiy signal A2 analizatorga tushadi va jarayon qaytariladi, faqatgina farqi bunda ƒ2 chastotali optik nurlanish modulyatsiyalanadi. Shu tarzda optik liniya traktida uzatiladigan optik guruhli signal shakllanadi. Qator modulyatsiyalangan optik tashuvchilardan iborat qabul qilinadigan optik guruhli signal, A1 analizatorga kelib tushadi, so‘ng esa chorak to‘lqinli λ/4 prizma va birinchi kanalning F1 filtri orqali o‘tgach optik siljitgichga (OS) beriladi (1.4-rasm), F1 filtri ƒ1 chastotali optik signallarni o‘tkazadi, boshqa chastotali signallar aks etib, A2 ga kelib tushadi. ƒ1 chastotali modulyatsiyalangan optik tashuvchi OS da ko‘payadi, so‘ng ƒor oraliq chastota OF oraliq filtri yordamida ajratib olinadi va FD fotodetektorga beriladi. FD chiqishida elektr axborot signali shakllanadi. Shu tarzda boshqa signallarni qabul qilish amalga oshiriladi.


1.4-rasm. Chastota bo‘yicha (geterodinli) zichlashtirishda guruhli optik


cignallarni qabul qilish sxemasi

Chastota bo‘yicha zichlashtirish usulining afzalligi shundaki, signallarni bunday qabul qilish hisobiga regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi 200 km gacha uzayadi va optik tolaning o‘tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish koeffitsienti ortadi.


Bu usulning kamchiligi shundaki, bunda qutblanishi saqlanadigan optik uzatish va qabul qilish traktlari, shuningdek bir qator qo‘shimcha qurilmalar, chastota surgichlar, optik ventillar, qutblanish nazoratgichlari, optik kuchaytirgichlar va boshqa qurilmalar talab etiladi. Bu TOATni murakkablashtiradi va narxini oshiradi.

Download 48.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling