5-ma’ruza turli o’simliklardan sellyuloza olish. Reja
Download 38.37 Kb.
|
5-maruza
5-MA’RUZA TURLI O’SIMLIKLARDAN SELLYULOZA OLISH. Reja: 1. Qamish va somonni sulfat va bisulfat usulda pishirish. 2. Sellyulozani oqartirish. Somonni uzluksiz usulda pishirish. Tayanch so’z va iboralar: Qamish va somonni sulfat va bisulfat usulda pishirish Qamish va somondan sulfat hamda bisulfat usulida sellyuloza olish ustida juda ko‘p ilmiy izlanishlar olib borilgan va olib borilmoqda. Ulardan ayrimlari ishlab chiqarishga tadbiq etilgan. Qamishdan sulfat sellyuloza olish. Umumiy massaga nisbatan S02 miqdori 4,2-4,3%, jarayon davomiyligi 6 soat. Sel- lyulozaning hosil bo‘lish unumi 57%; ishqor qiyinchiliklarsiz achitqiga aylantiriladi. Qamishdan bisulfat magniy ishtirokida bisulfat seliyuloza olish. Qaynatish eritmasida S02 ning umumiy miqdori 3-3,5%. Shundan 2/3 qismi bog‘langan; harorat 160°C; damlash vaqti 1,5 soat; qaynatish vaqti 2,5-3 soat. Sellyulozaning hosil bo‘lish unumi 50-52%. Qamishdan olinadigan bisulfat sellyuloza juda iflos bo‘ladi, shuning uchun undan oqartirilmagan holatda deyarli foyda- lanilmaydi. Qamishdan bisulfat usulida sellyuloza olish uchun zaruriy harorat 155-165°C ga teng bo‘ladi. Bunda ajratilmagan sellyulozaning hosil bo‘lishi unumi 51-55%, ajratilgani esa 48- 52% ni tashkil etadi. Oqartirilgan sellyuloza unumi 45-50% ga teng bo‘lib, 1 t oqartirilgan sellyuloza uchun oltingugurt sarfi 90-100 kg ni, magniy oksidi sarfi esa 80-90 kg ni tashkil etadi. Ishqor achitqi uchun ishlatiladi. Qamishdan olingan bisulfat sellyulozadan 100% miqdorda rangli yozuv qog'ozlarni ishlab chiqarishda foydalaniladi. Somondan neytral-sulfat usulida sellyuloza olish. Massaga nisbatan % da olishda: Na2S03 - 14, Na2C03 - 4,5; harorat 130°C. Jarayon davomiyligi 1 soat; massa 30 min tindiriladi, shundan so‘ng massaning harorati 1 soat davomida 133°C gacha ko‘tariladi va 3 soat qaynatiladi. Sellyulozaning hosil bo‘lishi: oqartirilmagani 55%, oqartirilgan 48%. Oqartirish uchun uch bosqichli (X-I-G) texnologiya qo‘llaniladi. Sarf miqdori: xlor 50 kg, NaOH 30 kg. Oqlik darajasi 80-83%. Qamishdan neytral-bisulfat usulida sellyuloza olishda massaga nisbatan Na2S03 9-9,5%, Na2C03 2-2,5% sarf bo‘ladi. Sellyulozaning hosil boiish unumi 60-65%. Bu usullardan foydalanishning asosiy kamchiligi ishqomi regenerasiyalash hisoblanadi. Somondan olingan sellyuloza miqdori qamishdan olingan sellyulozaga nisbatan oz: 32% sellyuloza, 18% lignin, 23% pentozanlar, 14% geksozali gemisellyuloza, 5,9% spirt, benzolda eriydigan moddalar va 8,2% kul. Kul tarkibida kremniy ikki oksidi ko‘p. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda bug‘doy somonida qiyin gidrolizlanadigan polisaxaridlar 34...37%, oson gidrolizlanadiganlari 24% hamda kul miqdori 5,9...8,2% ni tashkil etadi. Bir yillik o‘simliklami ligninsizlantirish yog'ochga qaraganda oson. Bug‘doy somonini suyultirilgan ishqor bilan 100°C atrofida ligninsizlantirish mumkin. Somon va ishqor eritmasi 1:3:5 nisbatda tayyorlanadi. Na20 ning umumiy miqdori massaga nisbatan 11,0 ... 11,5% ni tashkil etadi. Massa 170°C da 14 min davomida pishirilganda 48...49% selluloza hosil bo‘ladi. Tarkibida 5,1 % lignin, 2,2% kul va pentozanlar uchraydi. Bunda 20,4% li toza sellyuloza olinadi. Laboratoriya sharoitida ishqor usulida somon pishirilganda reaksiya 95 va 140°C da olib boriladi. 95°C da ligninsizlantirish suv hammomida 1 % li kimyoviy stakanda olib borildi. Stakanga 150 g somon va 750 ml 4% li NaOH eritmasi solindi. Aralashma 3 yoki 6 soat davomida pishirildi, vakuum-filtrda filtrlandi, sellyuloza pH 9-9,5 gacha yuvildi. Ligninsizlantirish 140°C da 3 %li laboratoriya avtoklavida 30 min davomida olib borildi. Avtoklavga 2 / 4% li ishqor eritmasi va 400 g somon yuklandi. Sellyulozani ajratib olish yuqoridagi usulda bajarildi. Olingan sellyuloza tarkibidagi lignin, qiyin va oson gidrolizlanadigan polisaxaridlar miqdori standart usulda aniqlandi (11-jadval). Shunday qilib, 100°C da 3 soat davomida somon pishirilaganda, tarkibida 11% lignin bo'lgan sellyuloza olinadi. ll-jadval Bug‘doy somonini 4 % li NaOH eritmasida ligninsizlantirish natijasi
Somonni uzluksiz usulda pishirish (4.9- rasm). Bu usul UkrNIIB tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilmaning ishlab chiqarish quwati sutkasiga 10 tonna. Bu usulning asosiy mohiyati shundan iboratki qurilmada xomashyo uzluksiz harakatlanadi va tayyor mahsulot avtomatik ravishda tushirib olinadi. Bu usul ancha samarali hisoblanadi. Chunki ishlatiladigan qozonning devori yupqa va qora metaldan yasalgan. Bu konstruksiyani ancha arzonlashtiradi. Shu texnologiya asosida olingan yarim tayyor sellyulozaning sifat ko‘rsatkichlari 15-jadvalda keltirilgan. 15-jadvaI Somondan olingan qog'ozning makulaturadan olingan qog‘oz bilan solishtirilgan ko‘rsatkichlari
4.9-rasm. Uzluksiz usulda somondan yarim tayyor sellyuloza olishning texnologik sxemasi: 1- o‘ram ko‘rinishidagi somon; 2-somon qirqqich (ventilyator bilan); 3-quvur (maydalangan somon bilan); 4-chang chiqish joyi; 5-somonni siklonda tozalash; 6-maydalangan somonni to'plash uchun zahira bunker; 7- transportyor; 8-pishirish qurilmasi; 9-ortiqcha issiqlikni chiqaruvchi ventilyator; 10-ortiqcha pishirish eritmasini saqlash rezeivuari; 11- gidromaydalagich; 12-nasos; 13-akumullovchi rezervuar; 14-tegirmonga uzatuvchi nasos; 15-maydalash va titish tegirmoni; 16-ish rezervuari; 17-sathni bir me'yorda saqlab turuvchi quti; 18-ishga tushirish qurilmasi; 19-ortiqcha suvni to’kish uchun poddon; 20-ho‘l quti; 21-massani quyultiruvchi bo'lirn; 22-quruq quti; 23-vakuum nasos; 24-tocmi yuvish uchun suvni ajratib olish; 25-massani presslash qurilmasi; 26-yuklovchi press; 27-mahsulot tocpi; 28-1DE markali bug‘ qozoni; 29-toza suv manbai; 30-quruq modda dozatori; 31 -tayyorlangan eritma uchun rezervuar; 32- konusli tutgich; 33-chiqindi filtri; 34-aylanma suv uchun rezervuar. Qamishdan yarim tayyor sellyuloza olish. Karton ishlab chiqarish korxonalarida qamishdan yarimsellyuloza ishlab chiqariladi. Pishirish sulfat, neytral-sulfat usullarida Pandiya apparatida uzluksiz usulda olib boriladi. Bu usulda yarimseliyuloza olish uchun umumiy yormaga nisbatan 7% ishqor sarflanadi, jarayon temperaturasi 164...179°C, pisliirish vaqti 15...25 minut davom etadi. Olingan qog‘ozning fizik-mexanik ko‘rsatkichlari 16-jadvalda keltirilgan. 14-jadvaI Qamishdan olingan qog‘ozning fizik-mexanik ko‘rsatkichiari
4.10-rasmda bir yillik o‘simlik poyalaridan tayyorlangan yormani uluksiz usulda pishirish qurilmasining (Seldekor- Kamyur) sxemasi keltirilgan. Bu qurilma uch bosqichli shimdirish, yormani har xil temperaturada merserizasiyalash va vertikal qozonda oxirigacha pishirishga asoslanganligi bilan ajralib turadi. 4.10-rasm. Bir yillik o'simlik poyasini pishirishga moijallangan Seldekor - Kamyur turidagi quriima sxemasi: /—maydalangan xomashyoni berish joyi; 2—shimdirish kamerasi; 3—massani past bosimda beruvchi ta’minlagich; 4— past bosimli merserezator; 5— yuqori bosimli ta’minlagich; d—yuqori bosimli merserezator; 7—aralashtirish kondensatori; 8— kondensat uchun bak; 9— bug‘ to‘plagich; 10— suv isitgich; 11—bug‘ o‘lchagich; /2—pishirish qozoni; 13—bo‘shatgich; 14— qora ishqor baki; 15—vakuum-flltr; 16— qabul qiluvchi rezervuar; 17—balandhkni ko‘rsatkich; 18— miqdor hisoblagich. Jarayonning birinchi bosqichida shimdirish kamera 2 sida toza va ishlatilgan ishqor o‘simlik poyasiga 100°C da shimdiriladi. Merserezatorda bug‘ bilan 120°C gacha qizdirish va pishirish amalga oshiriladi. Merserlash jarayoni past bosimli merserlashdan rotasion ta’minlagich 5 orqali yuqori bosimli merserezator 6 ga 140°C da keladi va bug‘ bilan pishirish qozoniga o‘tadi. Yuqori bosimli merserator pishirish qozoni 12 ga bevosita ulangan. Massa shu temperaturada qozonga yuklanadi. Bu yerda u jarayon vaqti tugaguncha saqlanadi. Pishirish vaqtining davomiyligi massa sathini boshqarish orqali amalga oshiriladi. Qozonning sig‘imi 60 m3, ustki qismining diametri 2,3 m, pastkisi esa 2,5 m, balandligi 15 m. Qozon ichidagi temperaturani bir me’yorda saqlab turish uchun qozon qobig‘iga bug‘ berib turiladi. Bo‘shatuvchi diskli qurilma yordamida massa rezervuar 16 ga bo‘shatiladi. So‘ngra yuvish uchun vakuum-filtr 15 ga beriladi. Sholipoyadan yarim tayyor sellyuloza olish. Sholipoyadan olingan sellyulozada mayda tolalar ko‘p (40 % gacha). Bu ma’lum darajada qog‘ozning sifatini oshiradi. Sholipoyadan oqartirib olingan sellyuloza sof holda va yog‘och sellyulozasi bilan aralashtirilib, asosan, yozuv, bosma, matbaa va rasm qog'ozlari olishda ishlatiladi. Sholipoya sellyulozasi davriy va uzluksiz usulda Pandiya yoki Seldekor-Kamyur apparatlarida pishiriladi. Quyida sholipoyaning kimyoviy tarkibi keltirilgan, %:
Sellyuloza 44 Lignin 22 Pentozanlar 11 Suvda erigan moddalar 4 Smola, yog‘ va vosk(mum) moddalar 5 Kul miqdori 14 Sellyuloza va ligninni ajratib olishni tezlashtirish maqsadida sholipoyani mayda kukunga aylantiriladi hamda ferment (Eyxoniya fermenti) qo‘shib, 70...80°C da ishlov beriladi Download 38.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling