5-ma’ruza. Yormabob donlarga gidrotermik ishlov berish usullari reja


Infraqizil nur bilan sovuq konditsiyalash va quritish


Download 19.28 Kb.
bet3/3
Sana31.10.2023
Hajmi19.28 Kb.
#1735502
1   2   3
Bog'liq
5-Ma\'ruza

Infraqizil nur bilan sovuq konditsiyalash va quritish
«GOLFETTO» italyan firmasi grechixa va no‘xat donlarini infraqizil nur bilan quritish chizmasini taklif qiladi.
Taklif qilingan usul donni bug‘ bilan namlashning ilg‘or usullardandir, chunki donni bug‘lash uchun maxsus moslama yordamida bug‘ hosil qilish kerak. Donni sovuq konditsiyalash sistemasida MP+SP1/150 va CSU-150 shneki sovuq suv bilan qisqa vaqt ichida hajmi 1 tn bo‘lgan xambadagi don dimlanadi. RFP/40 yordamida barqarorlashtirilib, me’yorlovchi tarozi orqali namlangan don oqimi

infraqizil nur bilan qurituvchi arparatga yuboriladi. Quritilgan don sovutish kolonkasiga tushirilib, harorati pasaytiriladi va chizma asosida asosiy oqimga yuboriladi.
Donni sovutish – gidrotermik ishlov berish jarayonidagi oxirgi – to‘rtinchi operatsiya hisoblanadi. Donning harorati baland bo‘lsa, unga uskunalarda ishlov berib sovitiladi.
Don massasiga gidrotermik ishlov berilgandan so‘ng uni avtomat tarozida tortib, oqlash bo‘limiga yuboriladi: gidrotermik ishlov berishdan oldin va so‘ng tarozida namlik tafovuti aniqlanadi.
Gidrotermik ishlov berish donning ustki qismini tozalash va ishlov berish operatsiyalari bilan navbatma – navbat olib boriladigan un tortish texnologiyasidan farqli ravishda yorma texnologiyasidagi gidrotermik ishlov berish oxirgi operatsiya hisoblanadi va u donni oqlash bo‘limiga o‘tkazishdan oldin amalga oshiriladi. YOrmabop donning fizik xususiyatlari, shakli, anatomik tuzilishdagi katta farqni hisobga olganda, yormabop donni qayta ishlov berishga tayyorlashning texnologik jarayoni «qoida» ga asosan tuzilgan chizmada amalga oshiriladi. Garchi yagona tamoyillardan foydalanilsada, har bir texnologiya alohida tuziladi. YOrmabop donlarning barchasiga emas, faqat bir qismiga gidrotermik ishlov beriladi. Masalan, texnologik chizmaga ko‘ra, bug‘lash, quritish va sovitish usuli bilan grechixa, suli va no‘xatga ishlov beriladi. Bug‘doy va makkajo‘xoriga gidrotermik ishlov berishning sovuq usuldagi texnologiyasi bo‘yicha bir marta qo‘llash va namlash bilan ishlov beriladi. YOrmabop don tarkibida bug‘doy va javdar bug‘doyga nisbatan ko‘p miqdordagi aralashmalar, jumladan qiyin ajraladigan aralashmalar bo‘ladi. Masalan, grechixa tarkibidagi yovvoyi turp urug‘lari, sholida – kesakcha, organik moddalar aralashmasi bo‘lgan loy tuproq ko‘rinishidagi mineral aralashmalar donni qiyin ajraladigan aralashmalardan tozalash uchun mahsus asbob – uskunalar va maxsus usullardan foydalaniladi. Masalan, grechixani separatsiyalashda uchburchak shaklli elakdan foydalaniladi. Bunda grechixaning shakli elak teshigining shakli bilan bir xil bo‘lsa, grechixa elakdan o‘tadi, aralashmalar esa elakda qoladi. Bo‘linadigan kesim atrofidagi tasvirlangan aylana diametri bo‘yicha diametri 2 mm bo‘lgan katta grechixaning variatsiyasida fraksiyalarga bo‘lib tozalashda bu usul ko‘proq samara beradi. Bunda don 2 – 3 fraksiyaga bo‘linadi, keyin ularning har birini yovvoyi o‘tlarning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda separatsiyalanadi. YOrmabop donlarning qayta ishlov berishga tayyorlash tajribasi, yormabop don partiyasi tarkibida oz miqdorda aralashmalar borligini ko‘rsatadi, o‘rtacha fraksiyada – qiyin ajraladigan aralashmalarning asosiy qismi, kichik fraksiyada esa yovvoyi o‘tli, shu jumladan mineral aralashmalar bo‘ladi. 9 – rasmda grechixani yorma ajratuvchi turli texnologik chizmalardagi va BRU rassevlaridan foydalanib donni uch yoki ikki fraksiyaga ajratib separatsiyalashning texnologik chizmasi ko‘rsatilgan. Don avvaldan uch fraksiyaga bo‘linadigan chizmada afzalroq ko‘rinadi. U BRU rassevlarida separatsiyalashning ikkinchi bosqichida teshiklari uchburchak shaklli elakdan yanada samaraliroq foydalanishga imkon beradi. SHu bilan birga, 2 – rassevning texnologik chizmasidan qo‘llash bu elaklarga tushadigan og‘irlikni kamaytirishga imkon beradi, shu bilan birga shakliga ko‘ra grechixa donidan farq qiluvchi aralashmalarning ajralishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kerak.
“B” texnologiyasiga ko‘ra qiyin ajraladigan aralashmalar ma’lum miqdorning tushishini ajratish bilan birga grechixa doni ikki fraksiyaga ajratiladi. Ikkinchi bosqichda dastlabki ikki guruh elaklarida bo‘luvchi kesimda uzunligi bo‘yicha ajralib turuvchi aralashmalar qalinligi elak teshigi kengligidan kichik bo‘lgan shuningdek mayda aralashmalar, madaniy va yovvoyi o‘simliklar urug‘lari katta samaradorlik bilan ajraladi. Yormabop donni tayyorlash texnologiyasida qo‘llanadigan yana boshqa o‘ziga xos usullar ham mavjud.


Mavzu bo’yicha nazorat savollar

1.Yorma zavodlarida qayta ishlov beriladigan don partiyalarini sakillantirish. 2.Gidrotermik ishlov berish usullari va un ishlab chiqarishdagi farqi.


3.Don massasini namlash va dimlash jarayoni.
4.Don massasini bug’lash usuli.
5.Namlangan donni quritish. Infraqizil nur bilan sovuq kondisiyalash va quritish.
Download 19.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling