5-mashg’ulot. Himoyalangan joylarda ko’chat yetishtirishga oid hisoblashlar


rasm. Bodring urug‘larini ko`rinishi va unib chiqqan maysalari


Download 0.9 Mb.
bet2/3
Sana03.11.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1743870
1   2   3
Bog'liq
8-amaliyHimoya

rasm. Bodring urug‘larini ko`rinishi va unib chiqqan maysalari


Topshiriqni bajarishda oldin 1 ga ochiq erga maysalarni etishtirish uchun parnik romlariga yoki issiqxona maydoniga talabi (m2 da) aniqlanadi. Chiqqan sonni ochiq erga rejalashtirilgan ekish maydoniga ko ‘paytirilganda, maysalarni etishtirish uchun talab qilinadigan umumiy himoyalangan y er maydonni beradi.


Himoyalangan erning yuza birligidan chiqadigan ko ‘chatni, o ‘simliklarni pikirovka qilishda ajartib beriladigan oziqlanish maydoniga qarab aniqlanadi. U o ‘simliklarni biologik xususiyatlari va ko‘chatni yoshiga bog‘liq. Pikirovka qilishda quyidagi oziqlanish maydoni qo ‘llaniladi: karam uchun 5x5, 6x6, 7x7 sm, pomidor uchun 6x6, 7x7 va 8x8 sm, qalampir uchun 4x5 va 5x5 sm, baqlajon uchun 5x5 va 6x6 sm. Tuvakli ko ‘chatlarni oziqlanish maydoni tuvakchalarning kattaligiga bog ‘liq.
Himoyalangan yer maydoni ochiq maydonining 1 gektarga talab qilinadigan ko‘chatlar soniga qarab aniqlanadi (1-jadval). Masalan ertagi karamning ochiq maydonga ekish sxemasi 70x30 sm (2100sm2). Bir gektarga (10000 m2) talab qilinadigan ko ‘chatlar soni 47,6 ming donani tashkil qiladi. Himoyalangan er maydonining 1 m2 ertagi karam ko ‘chatlarining chiqish soni oziqlanish maydoni 5x5 sm = 25 sm2 teng bo ‘lganda 400 donani tashkil qiladi. Agar ochiq maydonning bir gektardagi ko‘chatlar sonini ( 47,6 ming dona) bir ko‘chatning oziqlanish maydoniga taqsim qilsa, ko ‘chat etishtirish uchun qancha himoyalangan er maydoni talab qilinishi aniqlanadi.
Ko ‘chatga bo ‘lgan talab odatda o ‘simlikning o ‘sishi qalinligidan ko ‘chatlaridan nobud bo ‘lishi va qayta ekin zaruriyatini hisobga olgan 5 - 10 % ziyod bo ‘ladi. O ’zbekistonda ko ’chat usuli o ’simlikni o ’stirish davrining qisqarishi tufayli oqbosh karam ni bir jo y d a ikki marta, pom idor tezpishar navlarini esa takroriy ekin sifatida yetishtirishga imkoniyat beradi. Ammo ko’chat o ’stirish inshootlarini qurish va o'stirishga aloqador k o ’p m ehnat xarajatlarini talab etadi. 1000 dona ko’chat tannarxi juda yuqori: ko’chatxonalarda 2-3 so ’m, isitilgan yerda 3-5 so’m, issiqxonalarda 6-10 so’m, pam iklarda 15-20 so’mni tashkil etmoqda. Ko'chatni dalaga o’tkazishda ildiz sistem asining kuchli zararlanishi uning o ’sishi hamda rivojlanishiga salbiy ta ’sir etadi. Bunday holda o ’simlikning nisbatan chuqur bo ’lm agan ildiz sistemasi o’q ildizsiz rivojlanadi, bunda o’sim likning noqulay sharoit va kasalliklar, ayniqsa viruslarga nisbatan chidamsizligiga qaramay ko’chat usuli iqtisodiy jihatdan o’zini oqlaydi, sabzavotchilikda keng qo’llaniladi. Ayrim hollarda esa bu usulsiz ish yurmaydi. O ’stirishning ko’chatli yoki ko’chatsiz usulini, ko’chat yetishtirish usul va texnologiyasini mulohazali tanlash sabzavotchilik iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Ekiladigan maydon hajmiga ko’ra urug’larni ekish qo’lda yoki ekish seyalkalari yordamida bajariladi. Maysazorga urug’lar qo’lda sochma yoki qatorlab ekiladi. Qatorlab ekilganda tuproq tekislanadi va bir oz zichlanadi, so’ng planka (yog’ochli) marker (xashkash) bilan chuqurligi 1-1,5 sm li jo’yaklar olinadi. Bu jo’yaklarga bir-biridan 0,5-1 sm oraliqda urug’lar terib chiqiladi. Urug’lar ustiga mayda oziq aralashma g’alvir orqali o’tkazilib 0,5-1 sm qalinlikda ko’miladi. Marker izlariga ekilganda urug’larni xaskashning orqa tomoni bilan ko’mish mumkin.
Ochiq yerda ko’chatlarni yetishtirishda urug’larni ekish muddatlari uni dalaga o’tqazish muddatlari, yetirishtirish davomiyligi va foydalaniladigan inshootlarning turlariga ko’ra aniqlanadi. Urug’ni ekish me’yorlari ularni yirikligi, o’simliklarni oziqlanish maydoni va ko’chatlarni yetishtirish usullariga bog’liq (10-jadval).

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling