5-mashg‘ulot: qishloq xo‘jalik hayvonlarini bonitirovka qilish. Darsning maqsadi
Sigirlar ekstereri va konstitutsiyasini baholash shkalasi
Download 31.89 Kb.
|
Amaliy 5 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sigirlar klassi quyidagi kompleks belgilar bo‘yicha aniqlanadi
Sigirlar ekstereri va konstitutsiyasini baholash shkalasi
Sigirlar konstitutsiyasi va ekstereri 3-5 yoshida, buqalarniki har yili 5 yoshga qadar baholanadi. Naslchilik xo‘jaliklarida baholash 100 balli shkalada o‘tkaziladi. Yosh mollar umumiy ko‘rinishi va rivojlanishi 5 balli shkalada baholanadi: a’lo-5, yaxshi-4, qoniqarli-3, qoniqarsiz-2. Sigirlar klassi quyidagi kompleks belgilar bo‘yicha aniqlanadi: tirik massa, konstitutsiya va eksterer, sutdorlik, zotdorligi va kelib chiqishi (genotipi), pushtdorlik qobliyati. Buqalar klassi-tirik massa, konstitutsiya va eksterer, o‘z mahsuldorligi va avlodining sifatini bahosi, zotdorligi va kelib chiqishi bo‘yicha aniqlanadi. Kompleks belgilari bo‘yicha baholashda tirik massasiga 35 ball, konstitutsiya va ekstererga-20 ball, o‘z mahsuldorligiga-10 ball va genotipiga -35 ball beriladi. Otlarni nasldorlik qiymatiga ko‘rsatkichlari kompleksiga asosan baholash, qaysi sinfga mansubligini aniqlash ularni bonitirovka qilish deyiladi. Instruksiyaga binoan bonitirovka sentyabr-oktyabr oylarida o‘tkaziladi. Bunda otlarning kelib chiqishi bilan tipikligi, tana o‘lchamlari, ekstereri, ish qobiliyati va bolalarning sifatiga qarab har bir ko‘rsatkich 10 ballik sistema asosida baholanadi. Birinchi bonitirovka 1,5-3,5 yoshida, ikkinchisi kelib chiqishi, tana o‘lchamlari, ekstereri va ish qobiliyatiga qarab 3,5-7,5 oralig‘ida va uchinchi bonitirovka 7,5 yoshdan o‘tgandan keyin o‘tkazilib, bunda bolalarning sifat ko‘rsatkichi ham qo‘shiladi. Bundan tashqari har yili 6-7 oylik qulunlarni ekstereri va rivojlanishi bo‘yicha bonitirovka qilish maqsadga muvofiqdir. Bonitirovkachi-zootexnik har bir bonitirovka qilingan ot uchun shaxsiy blankalar to‘ldiradi, xo‘jalik uchun bonitirovka yakunlari vedomostini tuzadi. Nasldor otlar bonitirovka yakuni bo‘yicha quyidagi elita, birinchi va ikkinchi sinflarga bo‘linadi. Zotlarning kelib chiqishi va tipikligi ularni tabiiy holda ko‘rib chiqish zotdorlik hujjatlari asosida aniqlanadi. Otlarning zotdorligi va duragaylarning kelib chiqishi haqida xujjatlar bo‘lmasa, ekstereriga, tipikligiga, ish qobiliyatiga, tamg‘alariga qarab va shu otning kelib chiqishini biladigan kishilarning ma’lumotlariga asoslanib aniqlanadi. Zotda ifodalangan ma’qul tipni baholashda bonitirovkachi-zootexnik har bir zotning xususiyatini va shu zotga bo‘lgan talabni hisobga olishi kerak. To‘rtinchi bo‘g‘inga yoki toza zotga o‘tkazish uchun duragay ot tana o‘lchamlari va ish qobiliyati bo‘yicha elita va birinchi sinf talabiga javob berishi kerak. Download 31.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling