3
|
“Turon” gazetasi
|
1917-yildan 1917-yil iyuligacha nashir qilingan
|
1917-yilda Abdulla Avloniy muharrirligi ostida Toshkent shahrida haftasiga 3 marta chop etilgan. Mirmuhsin Shermuhamedov Buxoro ulamolarini tanqid qilib gaz.ning 2-sonida yozgan maqolasidan soʻng, 1917—yil iyulida nashr ishlari toʻxtatilgan. Gazeta 1917—yil 14-sentabrdan Nizomiddin Isomiddin oʻgʻli va Muhammad Amin Afandizodalarning muharrirligida yana bir qancha muddat nashr etilgan. "Turon" sahifalarida Nizomiddinqori, Muhammad Amin Afandizoda, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Shokirjon Rahimiylarning makrlalari berib borilgan. Gazetaning 15 soni Oʻzbekiston milliy kutubxonasining noyob kitoblar boʻlimida saklanadi.
|
4
|
"HURRIYAT" gazetasi
|
1917-yil 16-apreldan 1918-yil aprelgacha nashr etilgan
|
Samarqand jadidlari tomonidan nashr qilina boshlagan gazeta. Haftada 2-marta chiqib turgan. Samarqand jadidlari tomonidan tashkil etilgan "Zarafshon" shirkati kutubxonasining asosiy sarmoyasi shu gazetaga sarf qilingan. "Hurriyat" 1917— 18-yillarda Turkiston oʻlkasidagi, jumladan Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlardagi siyosiy jarayonlarni yoritishda asosiy manbalardan biri hisoblangan. "Hurriyat"da Mahmudxoʻja Behbudiy ("Buxoro voqealari", "Ittifoq kerak" va boshqalar), Abdurauf Fitrat ("Yurt qaygʻusi", "Musulmonlar gʻaflatda qolmang" va boshqalar), Hoji Muin ("Shoʻroi Islomiya va saylov", "Yordam kerak"), Saidrizo Alizoda, Saidahmad Siddiqiy, Xoʻqanboy Ab-duholiq oʻgʻli va boshqa ziyolilar oʻz maqolalari bilan muntazam qatnashib turganlar. Gazeta milliy ishlar komissarligi tomonidan 1918-yil aprelda toʻxtatil
|
5
|
“Najot” gazetasi
|
1917-yil fevral inqilobidan so’ng chiqariladi
|
Rossiyadagi 1917-yil fevral inqilobidan soʻng Turkiston oʻlkasida oʻrnatilgan muvaqqat hukumat tomonidan nashr etilgan. Jami 20 soni chiqqan. Muharriri Munavvarqori boʻlgan. "Najot" fevral inqilobi tufayli barham topgan mustabid chor tuzumini keskin tanqid qilgan, fevral inqilobiga xayrixoxdik bildirgan, "Najot"da davrning koʻzga koʻringan qalamkashlaridan Kamiy (shoir), Mahmudxoʻja Behbudiy, Xolmuhammad Oxundiy, Mirmulla Shermuhamedov, Mirmuhsin Shermuhamedov, Abdulla Avloniy, Toʻlagan Xoʻjamiyorov (Tavallo), Laziz Azizzoda, Abdulla Qodiriy, Shokirjon Rahimiy, Rauf Muzaffarov va boshqa hamkorlik qilganlar.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |