5-mavzu. Aholi turmush darajasi


Download 0.76 Mb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1560373
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzuStatSirtqi

Ikkinchisi - taqsimotning nobozor usullari tufayli hosil bo’lgan bepul ovqatlanish, dam olish, bepul yoki imtiyozli tarzda xizmatlardan bahramandlik har
xil darajada bo’ladi. Ammo taqsimlashning nobozor usuli muayyan dam olish, davolanish yoki imtiyozli kvartira haqi, gaz, elektroenergiya uchun to’lovlarni belgilash iste’molchilarning hammasi uchun bir xil tarzda bepul bo’lganidan, ular taqsimotda tenglikni hosil etadi.
Umuman daromadlardagi tengsizlik tabiiy bir hol bo’lib, daromadi ozlarni yaxshi ishlab pul topishga undaydi.
Kambag’allik shunday holatki, banday vaziyatda inson o’zining asosiy ehtiyojlarini qondirish imkoniga ega bo’lmaydi. Aholi va oilalarning bu qatlami pul mablag’lari, mulk va boshqa resurslar bilan nisbatan kam ta’minlanganligi sababli ularning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari past darajada qondirilgan bo’ladi.
Statistika amaliyotida kambag’allikni tavsiflash maqsadida quyidagi usullar qo’llaniladi: statistik usul, ya’ni daromad darajasi bo’yicha aholi taqsimotini aniqlash; normativ usul, ya’ni me’yordagi iste’mol savatchasini hisoblab chiqish.
Birinchi usulda tegishli hukumat tashkilotlari mamlakat bo’yicha har bir kishi va oilaning o’rtacha daromadlarini aniqlab chiqadi. Aynan shu o’rtacha kambag’allik chegarasi deb yuritilib, undan past daromad darajasiga ega bo’lganlar kambag’allar, yuqori daromadlilar esa nisbatan boylar deb yuritiladi. Masalan, ayrim davlatlarda kambag’allik chegarasi mazkur mamlakat bo’yicha o’rtacha daromaddan ikki baravar kam bo’lgan daromad deb taxmin qilishsa, boshqalarida esa u o’rtacha daromadning 2/3 qismiga teng kelishi lozim deb hisoblanadi. Biroq aksariyat ko’pchilik mamlakatlarda, shu jumladan O’zbekistonda ham boshqa usul
- normativ usul qabul qilingan.
Normativ usulda kabag’allik darajasi o’z tarkibiga eng zarur bo’lgan oziq- ovqatlar, iste’mol buyumlari va xizmatlar to’plamidan iborat bo’lgan eng kam
«iste’mol savati» qiymati asosida aniqlaadi. U quyidagicha hisoblanadi: dastlab oziq-ovqat mahsulotlari to’plamining qiymati so’ngra oila byudjeti ma’lumotlari asosida kam ta’minlangan oilalarning umumiy xarajatlarida nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlarning salmog’i aniqlanadi. Bu salmoq eng arzon narxlarda eng kam iste’mol savati qiymatida hisoblanib boshlang’ich hisob-kitoblarga qo’shiladi.
Iste’mol savatining qiymat ifodasi eng kam iste’mol byudjeti deb ataladi. Eng kam iste’mol byudjetiga yoki ko’pincha uning ma’lum bir qismiga (masalan 50% ga) mos keluvchi daromad kambag’allik chegarasi (KCh) hisoblanadi. Davlat kabag’allik chegarasidan past darajada yashovchi aholiga ma’lum miqdorda pulli va moddiy yordam ko’rsatadi. Aslida ham ijtimoiy himoyalashning barcha asosiy choralari aholining aynan shu toifasiga, shuningdek, ish haqi, nafaqalar, pensiyalar, stipendiyalarning eng kam miqdorini belgilashga qaratilgan.
Kambag’allikning vaqt bo’yicha o’zgarishi qator indekslarni hisoblash yordamida aniqlanadi: kambag’allik indeksi; kambag’allikning chuqurlashuvi yoki sayyozlashuv indeksi; kambag’allikning keskinlashuv indeksi.
Kambag’allik indeksi (Jk) joriy davrdagi kabag’allik koeffitsenti (Kk| ) ni, bazis davrdagi kambag’allik koeffitsienti (Kko )ga bo’lish yordamida hisoblanadi.


; ; ;
Bu erda,
KChPA0 va KChPA1 - kabag’allik chegarasidan past daromadga ega bo’lgan aholi soni (bazis va joriy davrlarda)
- bazis va joriy davrlarda aholining o’rtacha soni.
Agar Jk > 1 bo’lsa, u holda kambag’allik darajasi o’sish tomonga, Jk < 1 bo’lsa pasayishi tomonga moyil bo’lgan. Agar Jk = 1 bo’lsa, u holda kambag’allik darajasi o’zgarmagan bo’ladi.
Daromadlar tengsizligi bor joyda kambag’allik muammosi hamisha mavjud bo’ladi. Agar aholini kambag’allik chegarasiga qarab tabaqalasak, u holda ularning har xil qatlamlari paydo bo’ladi. Bu qatlamlarni shartli ravishda quyidagi ijtimoiy guruhlarga bo’lish mumkin: o’ta boylar (O’B); boylar (B); o’rta hollar (O’H); kambag’allar (K); o’ta kambag’allar (O’K).
Kambag’allikning chuqurlashib yoki sayyozlashib borayotganini tavsiflovchi indeksini hisoblash uchun dastlab mazkur guruhlar bo’yicha bazis va joriy davrlar uchun struktura (tarkibiy) nisbiy miqdorlari hisoblanadi. So’ngra bu nisbiy miqdorlar bir biri bilan taqqoslanadi. (2-jadval)
Agar,

bo’lsa, u holda kambag’allik chuqurlashib borayotganligidan dalolat beradi.
Chunki jamiyatda o’ta boylar qatlamidan tortib, to o’ta kambag’allar qatlamigacha kambag’allashish holati sodir bo’ladi.

2-jadval


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling